Iqtisodiy ob’ekt – bu yon-atrofdan zaxiralar oladigan va ularni o’z faoliyati
mahsulotlariga aylantiradigan barqaror rasmiy ijtimoiy tuzilmadir.
Iqtisodiy ob’ektning muhit bilan o’zaro ta’siri natijasida turli xil o’zgarishlar
yuz beradi. Bu o’zgarishlar bir-birigi o’ta qarama-qarshi ikki shaklga ega bo’lishi
mumkin. Bular: degradatsiya (iqtisodiy ob’ektning murakkablashuvi, axborotning
jamlanishi), ya’ni iqtisodiy ob’ektning emirilishi hamda rivojlanishi. Bundan
tashqari, iqtisodiy ob’ekt va muhit o’rtasida vaqtinchalik muvozanat ham bo’lishi
mumkin, shu tufayli iqtisodiy ob’ekt bir qancha muddat o’zgarmay qoladi yoki faqat
teskari o’zgarishlarga uchraydi. Ob’ektda bu o’zgarishlar boshqarish zururiyatini
yuzaga keltiradi. Boshqacha qilib aytganda, maqsadga yo’naltirilgan ta’sir ko’rsatadi.
Boshqarish muhim funktsiya bo’lib, usiz hech bir iqtisodiy ob’ekt maqsadga
yo’naltirilgan faoliyat yurita olmaydi. Boshqarishning maqsadi raqobat kurashida
ob’etni saqlab qolish, ko’proq foyda olish, muayyan bozorlarga chiqish va
hokazolardir.
Boshqarish aniq bir iqtisodiy ob’ektlarning o’ziga xosligi va boshqarish
maqsadlariga bog’liq holda ularni barqarorlashtirish, sifat belgilarini saqlash, muhit
bilan iqtisodiy muvozanatni ushlash, iqtisodiy ob’ektni takomillashtirishni va u yoki
bu foydali samaraga erishishni ta’minlashga imkon beradi.
Iqtisodiy ob’ektni tizim sifatida ko’radigan bo’lsak, u quyidagi elementlardan
tashkil topgan bo’ladi.
1.
Boshqaruvchi sub’ekt
2.
Boshqariluvchi ob’ekt
Bu elementlar o’rtasidagi aloqa xam katta ahamiyatga ega. Iqtisodiy ob’ekt deb
ishlab chiqarish korxonasini olsak (aktsionerlik jamiyati, firmalar, kichik korxonalar
va hokazo), boshqaruvchi sub’ektga bu ishlab chiqarish korxonalarining rahbar
organlari, bo’linmalari kiradi (direktor, bo’lim boshliqlari va hokazo). Boshqariluvchi
ob’ektga esa korxona tsexlari, ishlab chiqarish bo’limlari misol bo’ladi. Agar
boshqaruvchi sub’ektdan ma’lum bir ma’lumot boshqariluvchi ob’ektga yo’naltirilsa,
bu aloqa «to’g’ri aloqa» deyiladi. Korxona miqyosida bunga reja va turli xil
ko’rsatmalar qarorlar misol bo’lishi mumkin. Agar aksincha, ma’lumotlar
boshqariluvchi ob’ektdan boshqarish sub’ektiga yo’naltirilsa, «teskari aloqa»
deyiladi. Bunga ishlab chiqarilgan maxsulotlar miqdori va xokazo misol bo’la oladi.
4.4-