Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Jinoyat-protsessual muddatlar



Yüklə 1 Mb.
səhifə200/262
tarix26.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#125848
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   262
04.11.17.ЖПХ дарслик

Jinoyat-protsessual muddatlarning quyidagi xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin:

  1. faqat Jinoyat-protsessual kodeksida yoki unga muvofiq jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan shaxslar tomonidan belgilanadi va ular tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. Jinoyat-protsessual kodeksining 8-bo‘limi normalari bevosita protsessual muddatlar va chiqimlarni tartibga soladi;

  2. huquq institutlaridan biri bo‘lib, Jinoyat-protsessual kodeksiga asoslanadi va umummajburiy tusga ega;

  3. jinoyat-protsessual munosabatlarning boshlanishi, tamomlanishi va o‘zgarishiga asos bo‘ladi;

  4. to‘xtatilishi, tamomlanishi, uzaytirilishi, tiklanishi va hisoblanishining rasmiy yuridik tartibi o‘rnatilgan;

  5. ular vositasida jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining vazifalari ro‘yobga chiqariladi;

  6. protsessual harakat (harakatsizlik)lar va ularning ketma-ketligi, uzluksizligi hamda izchilligi ta’minlanadi.

Jinoyat haqidagi xabar bo‘yicha qaror qabul qilish muddati Jinoyat-protsessual kodeksi 329-moddasi 3-qismiga muvofiq, odatda, mumkin bo‘lgan eng uzoq muddatga – 10 sutkagacha uzaytiriladi, Jinoyat-protsessual kodeksining 329-moddasida nazarda tutilgan yakuniy qaror esa ko‘pincha ko‘rsatilgan muddat tugagan kunda qabul qilinadi. Bu nafaqat keyingi tergovni qiyinlashtiradi, balki jabrlanuvchini jinoyat bilan buzilgan huquqlar va erkinliklarni sud yo‘li bilan himoya qilish uchun odil sudlovdan o‘z vaqtida foydalanish imkoniyatidan mahrum etadi.



“Ayblanayotgan shaxs oqilona muddat ichida ishi sudda ko‘rilishi yoki ozod qilib yuborilish huquqiga ega”.
1966-yilgi “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi Xalqaro Paktning 9-moddasi.



“Bolani ushlab turish, hibsga olish yoki qamoqda saqlash faqat noiloj chora sifatida va mumkin qadar qisqa vaqt mobaynida qo‘llanilishi lozim”

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   262




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin