Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


-yilgi “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyaning 37-moddasi b bandi



Yüklə 1 Mb.
səhifə201/262
tarix26.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#125848
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   262
04.11.17.ЖПХ дарслик

1989-yilgi “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyaning 37-moddasi b bandi.

Jinoyat protsessida muddatlar xususiyatiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:


1) jinoyat ishini yuritish bilan bog‘liq tashkiliy muddatlar – protsessni yuritayotgan organlar faoliyatini tashkillashtirishni ta’minlovchi muddatlar (tergovchi ishni tergov qilish rejasida, chaqiruv qog‘ozida, topshiriqda belgilagan tergov harakatlarining muddatlari protsessual muddatlar hisoblanmaydi, ular faqat tashkiliy ahamiyat kasb etadi);
2) protsessual muddatlar – jinoyat protsessi ishtirokchilari huquqlarini ta’minlovchi muddatlar. Huquqiy xususiyatga ega bo‘lgan muddatlargina protsessual muddatlar deb e’tirof etiladi.
O‘z navbatida protsessual muddatlarni quyidagicha tasniflash mumkin:
a) mazmuniga ko‘ra: qat’iy, muqobil va shartli muddatlar;
b) belgilanishiga ko‘ra: Jinoyat-protsessual kodeksida bevosita ko‘rsatilgan; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud belgilagan muddatlar;
d) kafolat yo‘nalishiga qarab: jinoyat ishi qo‘zg‘atishning muqarrarligini; jinoyatlarning dastlabki tergovi va sud muhokamasining tezligini; dastlabki tergovda qonunlarga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratini; dastlabki tergovda qonunlarga rioya etilishi ustidan sud nazoratini; jinoiy sud ishlarini yuritish sohasidagi xalqaro hamkorlikka oid protsessual huquqlarni kafolatlaydigan muddatlar;
e) maqsadiga ko‘ra: jinoyat ishini yuritishga mas’ul shaxslar faoliyatini tashkillashtirishga qaratilgan hamda taraflarning huquq va qonuniy manfaatlarini taminlashga qaratilgan muddatlar;
f) tartibga solish uslubiga ko‘ra: davriy va darhol muddatlar;
g) vazifasiga ko‘ra: muayyan harakatni amalga oshirishga; undan saqlanishga qaratilgan muddatlar;
h) subyektga taalluqligiga ko‘ra: jinoyat ish yuritishga mas’ul shaxslar uchun; protsessning boshqa ishtirokchilari uchun belgilangan muddatlar;
i) protsessual bosqichlarga taalluqliligiga ko‘ra: jinoyat ishini qo‘zg‘atish bosqichidagi; dastlabki tergov bosqichidagi; jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash bosqichidagi; sud muhokamasi bosqichidagi; hukm, ajrim va qarorlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish hamda ijro etishga oid bir qancha protsessual bosqichlarga taalluqli bo‘lgan (shu jumladan, alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritishga oid) muddatlar.



“Odil sudlovni ta’minlash muddatlarining uzayib ketayotganligi insonlarning oqilona muddatlarda sud muhokamasiga bo‘lgan huquqlarining buzilishiga olib keladi”.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   262




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin