S elementini oling va uni tartib raqamini aniqlang.
Tartib raqamini 2ga ko’paytiring.
Natijaga 3ni qo’shing
Chiqqan sonni 7ga bo’ling.
Oxirdagi natija qaysi element tartib raqamiga to’g’ri kelishini toping va elektron konfiguratsiyasini yozing.
1
2
3
4
Suving qattiqligini aniqlashga oid masalalar 1 – masala.Agar 0,25 l suvda 16,20 mg kalsiy gidrokarbonat, 2,92 mg magniy gidrokarbonat, 11,1 mg kalsiy xlorid va 9,5 mg magniy xlorid bo’lsa suvning umumiy qattiqligini (mmol/l, gradus) aniqlang. Yechish. Suvning bir daraja qattiqligi 100 l suvdagi 1 g CaO ning bo’lishiga to’g’ri keladi. Boshqa metallar miqdori CaO ekvivalent miqdoriga nisbatan hisoblanadi. Qattiqligi 4 mol/l gacha bo’lgan suvni yumshoq, 12,0 mol/l dan yuqorisini juda qattiq suv hisoblanadi. 1 l suvdagi ikki zaryadli ionlarga nisbatan umumiy qattiqlikni hisoblash quyidagicha olib boriladi. Qat = m1/M1V + m2/M2V + m3/M3V m1, m2, m3 – suvdagi ikki zaryadli metallar kationlari massalari, mg; M1, M2, M3 – metallar kationlarining ekvivalent molyar massalari; V – suv hajmi, l. M/2(Ca(HCO3)2)=Mr/2=162,11/2=81,05; M/2(CaCl2)=Mr/2=110,99/2=55,49 g/mol. M/2(Mg(HCO3)2)=Mr/2=146,34/2=73,17; M/2(MgCl2)=Mr/2=95,21/2=47,60 g/mol. Agar bir daraja qattiqlik 0,357 mmol ikki zaryadli metall kationlari miqdoriga to’g’ri kelsa, unda suv namunasi umumiy qattiqligi darajalarda aniqlansa: 2,56/0,357=7,17º. Bu suv namunasi nisbatan yumshoq hisoblanadi.
Yakunlash va uyga vazifa berish: 5 daqiqa
- Suvning qattiqligi nima?
- Suvning qattiqligi nech xil bo’ladi?
- Suvning muvaqqat (gidrokarbonat) qattiqligini aniqlash.Magniy gidrokarbonatli 0,1 l suv namunasini titrlashda 7,2· 103l 0,14 n. HCl eritmasi sarflangan bo’lsa, bu suvning vaqtinchalik (muvaqqat) qattiqligini aniqlang.
- Muvaqqat va doimiy qattiqlikni uni yo’qotish uchun sarflangan reagentlar miqdori bo’yicha aniqlash. Suvning umumiy qattiqligini yo’qotish uchun ohak-sodali usul bo’yicha 50 l suvga 7,4 g Ca(OH)2 va 5,3 g Na2CO3 qo’shilgan. Suvning muvaqqat va doimiy qattiqligini aniqlang.
E’tiboringiz
uchun rahmat!
Dostları ilə paylaş: |