Toshkent−2015 Tuzuv ch i-muallifla r: Umida Masharipova, Mashrabxon Umarova, Dilnoza Baynazarova, Manzura Nabiyeva Taqrizchila r



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə6/17
tarix14.07.2018
ölçüsü1,52 Mb.
#56744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

O‘quvchilarga shu so‘zlar ishtirok etgan gap tuzish topshirig‘i beriladi. Tuzilgan gaplardagi h va x undoshlarining talaffuzi va so‘z ma’nolarini farqlashlari tahlil qilinib xulosa qilinadi. Bu harfning biri oʻrnida ikkinchisini ishlatib boʻlmasligi tushuntiriladi.
скругленный прямоугольник 10
скругленный прямоугольник 9
IV. Mavzuni mustahkamlash.

Darslik bilan ishlash.

46-mashq.Topishmoqlarni oʻqib javoblarini toping.

  1. Qoʻshaloq tovoq,

Ichi toʻla yogʻ.


y

o

n



o

q


  1. Bir qop un,

Ichida ustun.

j

i

y

d

a


47-mashqdagi tartibsiz berilgan gaplarni rasm asosida tartiblash.

Oʻquvchilar rasmlarni koʻrib, gaplarni oʻqiydilar.



  • Birinchi rasmda nima tasvirlangan? (Xurshidning avtobusda oyna oldida oʻtirgani.)

  • 2-rasmda-chi? (Avtobusga bir ayolning chiqayotgani.)

  • Xurshid nima qildi? (Xurshid oʻrnidan turib ayolga joy berdi.)

  • Ayol nima dedi?

Mashqning keyingi topshirigʻi oʻqitiladi.Oʻquvchilar gaplarni oʻqib, avval birinchi rasmga oid ikkinchi gapni, keyin ikkinchi rasmga oid gaplarni aniqlaydilar.

  • Matn nechta qismdan tuzilgan ekan? (Matn ikki qismdan tuzilgan.)

Bir gap bilan javob bering:

  • Xurshid nima qildi?

Oʻquvchilar oxirgi savolga javob beradilar.

Matn mazmuniga mos sarlavhalar toptiriladi: «Aqlli bola», «Xurshid — odobli bola», «Ayol rahmat aytdi». Oʻqituvchi sarlavhalardan birini tanlab qoʻyib, avval birinchi qismga oid gapni xatboshidan boshlab, keyin ikkinchi qismga oid gaplarni xatboshidan boshlab matnni yozishni tushuntiradi. Oʻquvchilar matnni mustaqil yozadilar.

Bu mashq multimediali ilovadan foydalanib bajartiriladi.


Rasmlarga qarang.

Topshiriqdan soʻng 47-mashqdagi 1-rasm hamda biroz vaqtdan keyin 2-rasm namoyish etiladi va ekranda turadi.

Gaplarni oʻqing. Rasmlar ostida quyidagi matn beriladi:

Avtobusga bir ayol chiqdi. Xurshid avtobusda oyna oldida oʻtirgan edi.

Xurshid darrov oʻrnidan turdi va ayolga joy berdi.

Bolajonlar, rasmlarga qarab, gaplarni tegishli joylarga qo‘ying.

Bir gap bilan javob bering:


  • Xurshid nima qildi?

Topshiriq berilgach, oʻquvchi 1-rasm ostiga 2-gapni, 2-rasm ostiga esa 1−3-gaplarni joylashtirsa toʻgʻri bajargan boʻladi, aksi boʻlsa “Oʻylab koʻring” degan ovoz beriladi.

48-mashq uchun multimediali ilova.

48-mashqdagi soʻzlar beriladi. Soʻzlarni ostiga 2 ta bir xil geometrik shakl ichiga x va h harflari yozilgan boʻladi. Oʻquvchilar shu harflardan foydalanib, nuqtalar oʻrniga mosini qoʻyadilar.

Tushirib qoldirilgan x va h harflarining mosini nuqtalar oʻrniga qoʻying.



Me.nat, .alol, ta.ta, .avo, .ushyor, .osil.

Keyingi tugmasi bosilgach, oʻquvchilar nuqtalar oʻrniga mazmunga mos soʻzlarni qoʻyishlari kerak.

Salqin ..., halol ..., moʻl ..., taxta ..., hushyor ...

Nuqtalar oʻrniga qoʻyish uchun soʻzlar: mehnat, havo, koʻprik, hosil, oʻquvchi.

Salqin havo, halol mehnat, moʻl hosil, taxta koʻprik, hushyor oʻquvchi.


“Oʻrnini top” ta’limiy oʻyinidan foydalanib x va h harfli soʻzlarni toʻgʻri yozish koʻnikmasi mustahkamlanadi. Oʻqituvchi magnitli doskaga soʻzlar yozilgan koʻrgazmani iladi, oʻquvchilar soʻzlarni koʻrgazmaning tegishli joyga husnixat asosida marker bilan yozishlari talab etiladi. Topshiriq bajarilgach, oʻquvchilarni mavzuni qay darajada oʻzlashtirganliklarini aniqlash bilan birga husnixat malakalari nazorat qilinadi.



V. Darsga yakun yasash va baholash.

Dars jarayonida faol qatnashgan oʻquvchilar ragʻbatlantirilib, baholanadi.



VI. Uyga vazifa berish.

49-mashq. Gaplarni oʻqib, tushirib qoldirilgan h harfini nuqtalar oʻrniga qoʻyish va koʻchirib yozish.

23 - DARS

Dars mavzusi. Matnni savollar yordamida ogʻzaki va yozma qayta hikoyalash (bayon; 50-mashq).

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: matnni qismlar boʻlish, har bir qismni xatboshidan boshlab yozish koʻnikmasini oʻstirish.

Tarbiyaviy: odob-axloq qoidalariga doim amal qilish koʻnikmasini shakllantirish.

Rivojlantiruvchi: ogʻzaki va yozma qayta hikoyalashga oʻrgatish.

Dars turi: yangi bilim, koʻnikma, malakalarni shakllantiruvchi dars.

Dars metodi: suhbat, tushuntirish, ta’limiy oʻyinlari.

Dars jihozi: darslik, ragʻbatlantirish uchun kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediali ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  2. Uy vazifasini tekshirish.

  3. Yangi mavzu bayoni:

Matn ustida ishlash.

50-mashq. Bu darsda oʻquvchilar darslikda berilgan matnni oʻqib, savollar asosida qayta hikoyalashga, imloviy tayyorgarlikdan soʻng shu matnni yozishga oʻrganadilar.

1. Matnni oʻqituvchi (yoki oʻquvchilardan biri) ifodali oʻqib beradi. Matn yuzasidan suhbat oʻtkaziladi:



  • Bolalar qayerdan kelayotgan edilar?

  • Ular nimani koʻrib qolishdi?

Oʻquvchilardan bir-ikkitasi oʻqib gapirib beradi.

  • Ular buzoqni qanday ushlashdi?

Matnning ikkinchi qismini oʻquvchilardan biri oʻqiydi va gapirib beradi.

  • Kim bolalarga rahmat aytdi?

Oʻquvchilardan biri oʻqib javob beradi.

2. Matnni savollar asosida qayta hikoya qilish. Matnga berilgan savollar doskaga yozib qoʻyiladi. Matnni oʻquvchilarning oʻzlari oʻqishlari va savollarga javob berishlari tushuntiriladi. Matnni oʻqituvchi yana oʻqib beradi.

1.Bolalar nimani koʻrib qolishdi?

2.Ular nima qilishdi?

3.Kim bolalarga minnatdorchilik bildirdi?

Matnga sarlavha tanlash. Oʻquvchilar matn mazmunidan kelib chiqib, birgalikda «Epchil bolalar», «Buzoq va bolalar», «Davron aka minnatdor boʻldi», «Davron aka rahmat aytdi» kabi sarlavhalarni tanlashlari mumkin.



  1. Mavzuni mustahkamlash.

Sarlavhani qoʻyib, uch qismli matnni yozish.

1. Imlo ustida ishlash.



Rahmat, yugurib, epchillik, Davron kabi soʻzlarning yozilishi tushuntiriladi va doskaga yozib qoʻyiladi.

2. Kitobni yoptirib, matnni yozish yoʻlini tushuntirish.

Sarlavhalardan biri tanlanadi va sanadan keyingi qatorga yozdiriladi. Oʻquvchilar avval birinchi savolni oʻqiydilar, javoblarini xatboshidan boshlab yozadilar va yozganlarini tekshiradilar (oldin doskadan birinchi savolni oʻqiydilar, keyin yozgan javoblarini boʻgʻinlab oʻqib tekshiradilar, yoʻl qoʻygan xatolarini toʻgʻrilaydilar). Ikkinchi va uchinchi savollarga javoblar ham shu tartibda yozib tekshiriladi. Zarur oʻrinlarda oʻqituvchi ayrim oʻquvchilarga yordam beradi.

50-mashq matni ustida multimediali ilova vositasida ishlash mumkin.



50-mashq matni asosida animatsiya namoyish etiladi va matni oʻqib beriladi.

  • Qanday bolalar haqida hikoya qilinyapti?

Namoyish va matnning mazmuni eshitilgach, keyingi tugmasi bosilganda tasvir oʻrnida mashq matni paydo boʻladi. Savollar beriladi, qisqa vaqt oʻtgach, shu savolga javob boʻladigan gapning rangi oʻzgaradi. 3 ta savolga berilgan javob asosida matnda 3 ta xatboshi hosil boʻladi.

  1. Bolalar nimani koʻrib qolishdi?

  2. Ular nima qilishdi?

  3. Kim bolalarga minnatdorchilik bildirdi?

Hikoyani yozing.






  1. Darsga yakun yasash va baholash.

O‘quvchilarning yangi mavzu yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida quydagi savollar bilan murojaat qilinadi:

  • Bugun darsda nima ishlar qildik?

  • Bu darsda siz nimalarni bilib oldingiz?

  1. Uyga vazifa berish.

51-mashq uchun tayyorlangan multimediali ilova uy vazifasini tushuntirish maqsadida yoki keyingi 21-darsda foydalaniladi. Ushbu interaktiv oʻyinda soʻzlarni oʻzaro bogʻlanishi, ya’ni soʻz birikmasi tushunchasi amaliy shakllantiriladi.


51-mashqdagi soʻzlar ikki ustunda yoziladi. Oʻquvchi birinchi ustundagi soʻzlarning mazmuniga koʻra ikkinchi ustundagi soʻzga chiziq bilan tutashtirishlari talab etiladi.

kпрямая со стрелкой 6eng

прямая со стрелкой 6


xalq

cпрямая со стрелкой 3прямая со стрелкой 6hevar




ish

sпрямая со стрелкой 4ergak




qiz

sпрямая со стрелкой 5ersuv




chegarachi

rejali




dala

mпрямая со стрелкой 7ehnatsevar




dehqon

mehmondoʻst




shaftoli

Topshiriq bajarilgach, hosil boʻlgan soʻz birikmalari bir satr boʻlib yoziladi:

Mehmondoʻst xalq, rejali ish, sergak chegarachi, chevar qiz, keng dala,



Tovushlar va harflar yuzasidan

mustahkamlash mashqlari

Doirada berilgan harflar asosida soʻz tuz” oʻyini. Oʻquvchilarda doira ichida 8 ta harf taqdim etiladi. Oʻquvchilar shu harflar ishtirokida soʻzlar hosil qiladilar. Belgilangan vaqtda koʻp soʻz hosil qilgan oʻquvchilar yoki guruh gʻolib sanaladi. Bu oʻyinni, ayniqsa, unli va undosh tovushlarni oʻrgangandan keyin oʻtkazish maqsadga muvofiq boʻladi. Agar oʻquvchilar e’tiboriga a, u, b, z, f, s, t harflari berilgan boʻlsa, ular bu harflarni qatnashtirib, bu, sab, tuz, aft, saf, bas kabi soʻzlar hosil qiladilar.

Domino” oʻyinini quyidagicha oʻtkazish mumkin. Bir oʻquvchi soʻz aytadi, shu soʻz qaysi tovush bilan tugasa, shu tovush bilan boshlangan soʻzni boshqa oʻquvchi aytishi kerak. Bu oʻyin shu tarzda davom ettiriladi. Namuna: ishla – adolatli – insofli – ilmli – inson – nargiz – zafar – rostgo‘y – yilnoma – anor – rubob.

Soʻzlar koʻzguda” oʻyini. Oʻquvchilarga chapdan oʻngga va oʻngdan chapga oʻqisa boʻladigan soʻzlarni topish vazifasi beriladi: fan – naf, nok – kon, ayiq qiya, omma ammo…



Tarqatma materiallar.

№ 1

Nuqtalar oʻrniga x yoki h harflardan mosini qoʻyib koʻchiring.

.at, sha.ar, ta.ta, .alq, be.i, .oʻroz.



№ 2

Topishmoqni oʻqing. Javobini toping va yozing.
Oʻzim silliq tayoqman,

Keksalarga yoqaman.

(…)


№ 3
She’rni oʻqing. Tushirilgan harflarni qoʻyib koʻchiring.
.andalak pishdi, moʻl boʻldi,

.avo aynib, …oʻl boʻldi.

.olvadayin mazzasi,

.il-.il, qoʻlma-qoʻl boʻldi.


№ 4
Oʻqing. Soʻz oʻrtasida bir harf qoʻyib, soʻz hosil qiling.



Zirak – zi.rak, koʻmak – koʻ.mak, pana – pan. a, pat – pa.t, sut – su.t, tana – tan.a.



24 - DARS
Dars mavzusi: Tovushlar va harflar yuzasidan mustahkamlash mashqlari.

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: ayrim harflarning yozilishi haqidagi koʻnikmalarni oʻstirish, toʻgʻri va xatosiz chiroyli yozish koʻnikmasini oshirish.

Tarbiyaviy: oʻquvchilar zehnini oshirish, topqirlikka oʻrgatish. Rivojlantiruvchi: oʻgʻzaki va yozma nitqni rivojlantirish.

Dars turi: o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlovchi dars.

Dars metodi: suhbat, tushunchalar tahlili, ta’limiy oʻyin.

Dars jihozi: darslik, ragʻbatlantirish uchun kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, boshqotirma.

Darsning borishi:

  1. I.Tashkiliy qism:

  2. II.Uy vazifasini tekshirish.

Tushunchalar tahlili” metodi. 1-topshiriq tarqatma tarzida boʻlib, har bir partadagi ikki nafar oʻquvchi birgalikda bajaradilar. Buning uchun oʻquvchilar berilgan qoidalarni oʻqib, ularni toʻgʻri yoki notoʻgʻriligini aniqlab tegishlicha belgi qoʻyib chiqadilar.



Qoidalar

Toʻgʻri

Notoʻgʻri

1

Tovushlarni talaffuz qilamiz va eshitamiz.

+




2

Gapdagi har bir soʻz bosh harf bilan yoziladi.




+

3

Oʻzbek tilida 6ta harf birikmasi bor.




+

4

Undosh tovushlar boʻgʻin hosil qiladi.




+

5

Oʻzbek tilida 30ta tovush bor.

+







Jami:

5 ball




1-topshiriq boʻyicha oʻquvchilar javoblari tinglanib xulosa qilinadi.



  1. Mavzuni mustahkamlash.

2-Topshiriq.“Rasmli diktant” oʻtkaziladi. Oʻquvchilar ekranda koʻrgan rasmdagi kuz ne’matlari boʻlgan mevalar nomini daftarlariga yozadilar. Oʻquvchilar yozib boʻlgach, ekranda tekshirish uchun soʻzlar koʻrsatiladi. Oʻquvchilar oʻzlari yoʻl qoʻygan xato va kamchiliklarini aniqlaydilar. Ushbu topshiriqlar slaydlar orqali namoyish etiladi. Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar ushtida tushuntirish ishlari olib boriladi.

Rasmli diktant

Oʻzingizni tekshiring



Qovun, tarvuz, olma, nok, olxoʻri, limon.



3-Topshiriq. “Boshqotirma”

Ushbu boshqotirma multimediali ilova asosida bajariladi. Raqamlangan soʻzlarning birinchi harflarini tartib raqamida joylashtirib hikmatli soʻz topiladi.



(Yoki ushbu koʻrinishdagi jadval asosida ham bajarish mumkin.)

овал 3овал 5овал 22овал 11овал 15

овал 13овал 20овал 9овал 18овал 80

овал 90овал 94овал 96овал 98

овал 88овал 92





1

2

3

4

5

-

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

K

i

t

o

b

-

b

i

l

i

m

b

u

l

o



i



  1. Darsga yakun yasash va baholash.

Darsda faol qatnashgan oʻquvchilar ragʻbarlantiriladi va baholanadi.

  1. Uyga vazifa berish.

O’quvchilarga uyda 3−4 gapdan iborat hikoya tuzib kelish vazifasi beriladi.

25 – DARS
Darsning mavzusi: Tutuq belgisi (‘) (55−56-mashqlar).

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: tutuq belgisi soʻzdagi unli tovushdan oldingi undosh tovushni shu undosh tovushdan ajratib aytilishini, unlidan keyin kelib, shu unli tovushni choʻziqroq aytilishini bildirishini tushuntirish.

Tarbiyaviy: oʻquvchilarni tartib-intizomga , odobga o‘rgatish.

Rivojlantiruvchi: tutuq belgili soʻzlarni taqqoslash orqali soʻzlarning ma’nosini farqlashga xizmat qilishini oʻrgatish.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin