Dars turi: yangi bilim, koʻnikma, malakalarni shakllantiruvchi dars.
Dars metodi: suhbat, tushuntirish, analiz-sintez, ta’limiy oʻyin.
Dars jihozi: darslik, ragʻbatlantirish uchun kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediali ilovalar.
Darsning borishi:
-
I.Tashkiliy qism.
-
Uy vazifasini tekshirish.
-
Yangi mavzu bayoni.
Tutuq belgisi soʻz ma’nosini farqlashdagi ahamiyatini taqqoslash usulida tushuntirish.
“Soʻz juftlarini davom ettir” oʻyini. Oʻquvchilarga san’at – sanat, qal’a – qala singari soʻzlar berilib, shunday soʻz juftlari tuzishni davom ettirish va ularning ma’nosini sharhlash topshiriladi. Berilgan soʻz juftlarini belgilangan miqdorda (masalan, 10−15 ta soʻz jufti) yetkazgan oʻquvchi gʻolib deb topiladi. Bu oʻyin sinf oʻquvchilarini guruhlarga ajratib, sinf doskasida ham bajartirilishi mumkin. Qatordagi har bir oʻquvchi doskaga chiqib, bir soʻzni jufti bilan yozadi, ikkinchi oʻquvchi shu tartibda Oʻyinni davom ettiradi.
sa’va sava
she’r sher
qal’a qala
sur’at surat
da’vo davo
Shu soʻzlarga oʻquvchilar diqqati jalb qilinib, bir necha oʻquvchiga oʻqitiladi. Tutuq belgili soʻzlarni toʻgʻri oʻqishni mashq qildiradi. Soʻzdagi tutuq belgisi oldida kelgan unli tovushni choʻziqroq aytilishini va tutuq belgisidan oldin kelgan undosh tovushni keyin kelgan unli tovushdan ajratib aytilishi uqtiriladi.
Ustun shaklida berilgan soʻzlarni oʻzaro taqqoslab, ma’nosidagi farqni aniqlang.
-
Sa’va soʻzi nimani bildiradi?
-
Sava deganda nimani tushunasiz?
Siz she ‘r nimaligini bilasiz. Koʻp she’rlarni yodlagansiz.
Sher soʻzi nimani bildiradi? kabi savollar beriladi. Oʻqituvchi oʻquvchilar javobini umumlashtiradi, tutuq belgisini qoʻymay xatoga yoʻl qoʻyilsa, soʻz butunlay boshqa ma’no anglatishi tushuntiriladi. Oʻquvchilar shu soʻzlar ishtirokida bir necha gaplar tuzadilar.
-
Mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash.
55-mashqni bajarish orqali tutuq belgisidan oldin kelgan undoshni keyin kelgan unlidan ajratib aytilishini takrorlaydilar hamda tutuq belgili boʻgʻinning tagiga chizadilar. Sur’at, Jur’at, Tal’at, San’at, qal’a, qat’iy, mash’al.
Bu mashq uchun multimediali ilova tayyorlangan.
55-mashqdagi soʻzlar tutuq belgisisiz beriladi. Oʻquvchi tutuq belgisini toʻgʻri joylashtirishi kerak.
Bolajonlar, berilgan soʻzlarga tutuq belgisini qoʻying.
Surat, Jurat, Talat, Sanat, qala, qatiy, mashal.
Soʻzlarni oʻqing. Tutuq belgisidan oldin kelgan undoshni keyin kelgan unlidan ajratib ayting.
Soʻzlarni koʻchiring. Tutuq belgili boʻgʻinning tagiga chizing.
|
56-mashqni bajarish orqali tutuq belgisidan oldin kelgan unlini choʻziqroq aytilishini takrorlaydilar hamda tutuq belgili boʻgʻinning tagiga chizadilar.
Ra’no, ba’zi, va’da, ma’no, ma’qul, sa’va, ta’zim, ta’lim, e’lon.
Bu mashq uchun multimediali ilova tayyorlangan.
56-mashqdagi soʻzlar beriladi. Oʻquvchi chiziqchani toʻgʻri joylashtirib, soʻzlarni boʻgʻinga boʻlishi kerak.
Chiziqchadan foydalanib, soʻzlarni boʻgʻinlarga boʻling.
Ra’-no, ba’-zi, va’-da, ma’-no, ma’-qul, sa’-va, ta’-zim, ta’-lim, e’-lon.
Tutuq belgisidan oldin kelgan unlini choʻziqroq aytib, soʻzlarni oʻqing.
Soʻzlarni koʻchiring. Tutuq belgisi qoʻyilgan boʻgʻinning tagiga chizing.
|
V. Darsga yakun yasash va baholash.
-
Bu darsda siz nimalarni bilib oldingiz?
-
Tutuq belgisi qanday vazifani bajaradi?
-
Tutuq belgisidan oldin kelgan undosh qanday talaffuz qilinadi?
-
Tutuq belgisidan oldin kelgan unli qanday talaffuz qilinadi?
Oʻquvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi topshiriqlarni bajarish darajasiga koʻra oʻqituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy baholar e’lon qilinadi va faol, bilimdon oʻquvchilar ragʻbatlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish. 57-mashq.
37 - DARS
Dars mavzusi: Boʻgʻin − soʻzning qismi (73−76-mashqlar).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: soʻzning talaffuzda boʻlinadigan qismi boʻlgan boʻgʻin haqida oʻquvchilar tasavvuriga aniqlik kiritish; boʻgʻinlardan soʻz tuzilishi; soʻzdagi boʻgʻinlar sonini unli tovushlar soniga qarab ajratish koʻnikmasini oʻstirish.
Tarbiyaviy: oila a’zolariga hurmat va mehr hissini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: imloviy savodxonligini oshirish.
Dars turi: bilim, koʻnikma, malakalarni shakllantiruvchi dars.
Dars metodi: suhbat, analiz-sintez, tushuntirish, ta’limiy oʻyin.
Dars jihozi: darslik, ragʻbatlantirish uchun kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediali ilovalar.
Darsning borishi:
-
Tashkiliy qism.
-
Uyga vazifani tekshirish.
72-mashq berilgan sharti asosida tekshiriladi. Oʻquv qurollari nomlari alifbo tartibida yozilishi tekshiriladi va eng chiroyli yozgan oʻquvchilarning ishlari namuna sifatida koʻrsatilib ragʻbatlantiriladi. Oʻquvchilardan “Zanjir” usulida alifboni yoddan soʻraladi.
“Alifboni bilasizmi?” ta’limiy oʻyini.
Oʻyinni o‘tkazish tartibi quyidagicha: oʻqituvchi oʻquvchilarga alifbodagi harflardan biri yozilgan tarqatma beradi. Oʻquvchilar shu harfdan boshlanadigan soʻz topib, topgan soʻzlaridagi harflarni alifbodagi tartib raqamini yozishlari kerak. Oʻqituvchi vaqt tugagach ishni yigʻib oladi va topshiriqni tekshirib, gʻolib oʻquvchi aniqlanadi.
Namuna:
-
Yangi mavzu bayoni.
73-mashq. Soʻzning talaffuzda boʻlinadigan qismi boʻlgan boʻgʻin ustida ishlash.
-
Oʻng va chap tomonda nimalar berilgan?
-
bilgan, el, til
biladi
|
da, la,
A, zi, za
Bogʻ, bon
|
Aziza, bogʻbon, dala
Til bilgan el biladi.
O‘quvchilar 73-mashqda berilgan boʻgʻinlardan soʻz tuzib doskaga yozadilar; soʻzlardan gap tuzadilar va quyidagi savollarga javob beradilar:
-
Boʻgʻinlardan nima tuzilar ekan? (Soʻz.)
-
Soʻzlardan nima tuzilar ekan? (Gap.)
-
Gapning qismi − soʻz, soʻzning qismi nima? (Boʻgʻin.)
-
Soʻzda nechta boʻgʻin borligini qanday bilamiz? (Soʻzdagi unlilar soniga koʻra bilamiz.)
Soʻzlarning boʻgʻin tahlili asosida oʻquvchilar soʻzda nechta unli boʻlsa shuncha boʻgʻinga ajralishini kuzatadilar va quyidagi qoida chiqariladi. Har bir boʻgʻinda unli tovush boʻladi. Soʻzda nechta unli tovush boʻlsa, shuncha boʻgʻin boʻladi: bol, ba-hor, bax-ti-yor, bor.
Bu mashq uchun multimediali ilova tayyorlangan.
73-mashqdagi topshiriq humo qushi qanotlarini ochib turgan holda tasvirlanadi. Oʻng qanotida soʻzlar, chap qanotida esa boʻgʻinlar beriladi.
bilgan, el, til,
biladi
|
da, la
A, zi, za
bogʻ, bon
|
Humo qushi: − Oʻng va chap qanotimda nimalar berilgan?
Humo qushi: − Oʻng qanotimdagi soʻzlardan gap hosil qiling.
Til bilgan, el biladi.
Humo qushi: − Chap qanotimdagi boʻgʻinlardan soʻz hosil qiling.
Dala, Aziza, bogʻbon.
|
Darslik bilan ishlash.
74-mashqning sharti oʻqitiladi. She’r matni yuzasidan suhbat oʻtkaziladi. Suhbatda oila a’zolariga hurmat va mehr hissini shakllantirishga e’tibor qaratiladi.
Dadam, ukam, men, oyim,
Soʻzlashamiz muloyim.
Shirinsoʻzlik qoidamiz,
Shod, ahil oilamiz.
Faxriddin Hayit
Ikkinchi qatordagi soʻzlarni boʻgʻinlarga boʻlib, chiziqcha bilan ajratib yozish aytiladi.
Bu mashq uchun tayyorlangan multimediali ilova 75-mashq topshirigʻini ham oʻzida mujassamlashtirgan.
74-mashqdagi she’r ekranda ovozli tarzda namoyish etiladi.
She’r matnidagi soʻzlarning boʻgʻinlar soniga koʻra jadvalga joylashtirish topshirigʻi beriladi.
1 boʻgʻinli
|
2 boʻgʻinli
|
3 boʻgʻinli
|
4 boʻgʻinli
|
men
shod
|
da-dam
u-kam
o-yim
a-hil
|
mu-lo-yim.
|
o-i-la-miz
soʻz-la-sha-miz
shi-rin-soʻz-lik
qo-i-da-miz
|
|
75-mashqning shartini multimediali ilovadan tashqari quyidagi ish turlaridan foydalangan holda bajartirish mumkin.
-
Doskaga oldindan bir, ikki va uch boʻgʻinli soʻzlar yozib qoʻyiladi:
Doʻstlik, oila, vatan, ona, nok, kuz, fasl, tok, olcha, olma, shaftoli, olxoʻri.
Oʻquvchilar soʻzlarni oʻqib, necha boʻgʻinli ekanini aniqlaydilar va birinchi qatorga bir boʻgʻinli, ikkinchi qatorga ikki boʻgʻinli va uchinchi qatorga uch boʻgʻinli soʻzlarni yozadilar. Unli harflarning tagiga chizadilar. So‘zlarning bo‘g‘inga bo‘linishi yuzasidan olgan bilimlari savollar asosida umumlashtiradi.
-
Soʻzda nechta boʻgʻin boʻlishi mumkin?
(Bir, ikki, uch va undan koʻp boʻladi.)
-
Soʻzda nechta boʻgʻin borligini qanday bilamiz?
(Oʻquvchilar bu savolga javob berishlari uchun birinchi qatorga yozgan bir boʻgʻinli soʻzlarini oʻqishi, nechta unli va nechta boʻgʻin borligini qiyoslab aytishni tavsiya qilish maqsadga muvofiq. Shunga oʻxshash taqqoslash ikki va uch boʻgʻinli soʻzlar asosida ham oʻtkaziladi.)
Soʻzda nechta unli harf boʻlsa shuncha boʻgʻin boʻladi. Xulosa chiqariladi: soʻzda nechta unli boʻlsa, shuncha boʻgʻin boʻladi.
“Xato qilma” ta’limiy oʻyini oʻtkaziladi. Oʻqituvchi biror narsani yoki uning rasmini koʻrsatadi. Oʻquvchilar uning nomini aytadilar va soʻz nechta boʻgʻinli boʻlsa, oʻsha son yozilgan kartochkani koʻrsatadilar.
Namuna:
(Olmaxon rasmi koʻrsatiladi.)
Olmaxon deb rasmdagi hayvon nomi aytiladi va 3 ta boʻgʻin borligi uchun 3 soni koʻrsatiladi.
IV. Mavzuni mustahkamlash.
76-mashq. Soʻzlarni boʻgʻinlarga boʻlib, chiziqcha bilan ajratib yozish aytiladi. Uch boʻgʻinli soʻzlarning tagiga chizdiriladi. She’r ifodali oʻqitiladi va she’r matni ustida ishlanadi.
76-mashq matni ovozli oʻqish jarayonida paydo boʻladi. She’r matni ostida chiziqcha belgisidan foydalanib, soʻzlar boʻgʻinlarga chiziqcha bilan ajratiladi.
Oʻzbekiston – ona yurt,
Dunyoda durdona yurt.
Xalqi tanti, mehnatkash,
Doʻstlikda yagona yurt.
Habib Rahmat
|
V. Darsga yakun yasash va baholash.
-
Darsda nimalarni oʻrgandingiz?
-
Boʻgʻin nima?
-
Boʻgʻin nimalardan tuziladi?
Oʻquvchilar bilganlaricha javob beradilar. Oʻqituvchi oʻquvchilar bajargan ishlari asosida xulosalaydi.
VI. Uyga vazifa berish.
77-mashq. Bittadan boʻgʻin qoʻshib, soʻzlar tuzib kelish kerakligi aytiladi.
38 – DARS
Dars mavzusi: Soʻzlarni boʻgʻinga boʻlish (78–82-mashqlar).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: soʻzlarning bir satrga sigʻmay qolgan qismini ikkinchi satrga boʻgʻinlab koʻchirishga oʻrgatish. Boʻgʻinga boʻlinmaydigan (bir boʻgʻinli soʻzlar bir yoʻlda yozilishi) soʻzlar boʻgʻinlab koʻchirilmasligi, soʻz boshida va soʻz oxirida keladigan bir unlidan iborat boʻgʻinlar satrda yolgʻiz qoldirilmasligi haqida bilim berish.
Tarbiyaviy: mehnat haqidagi maqollarni oʻrgatish orqali oʻquvchilarni mehnatsevarlikka, tirishqoqlikka oʻrgatish.
Rivojlantiruvchi: oʻquvchilarning imloviy savodxonligini oshirish.
Dars turi: yangi bilim, koʻnikma, malakalarni shakllantiruvchi dars.
Dars metodi: suhbat, analiz, sintez, tushuntirish, ta’limiy oʻyinlar.
Dars jihozi: darslik, ragʻbatlantirish uchun kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimediali ilovalar.
Darsning borishi:
-
Tashkiliy qism.
-
Uyga vazifani tekshirish.
“Keyingi boʻgʻinni top” oʻyini oʻtkaziladi. Oʻquvchilarga berilgan boʻgʻinlar ishtirokida soʻz tuzish kerakligi tushuntiriladi. Qaysi oʻquvchi koʻp soʻz tuzsa , gʻolib boʻladi.
Masalan, bo, boʻ, joʻ, ni, lo, sa, mu, no, hu, ko…
-
Bola, bobo, bozor, bodom, ...
-
Boʻgin, bo‘ri, boʻliq, boʻzchi, ...
-
Joʻja, joʻra, joʻxori, joʻna, ...
-
Nima, nizom, nido, nihol, ...
-
Lola, lochin, lobar, lozim, ...
-
Savob, sarob, sadaqa, salom, ...
77-mashq. 37-darsning multimediali ilovasida 4-topshiriq sifatida berilgan boʻlib, oʻquvchining bilimi tekshiriladi.
77-mashq matnida bitta boʻgʻini tushirib qoldirilgan soʻzlar beriladi. Oʻquvchilar bittadan boʻgʻin qoʻshib, soʻz tuzishlari lozim. Tuzgan soʻzlarini boʻgʻinlarga boʻladilar.
Oʻquvchilar hosil qilishlari mumkin boʻlgan soʻzlar:
Anor (chinor), anjir (zanjir), uzum, gilos (gilam), oʻrik, (koʻrik, koʻprik), olxoʻri, shaftoli.
;
|
-
Yangi mavzu bayoni:
Darslik bilan ishlash.
78-mashq. Mehnat haqidagi maqol oʻqitiladi.
Halol mehnat − yaxshi odat, berar senga saodat.
Soʻzlarni boʻgʻinlarga boʻlib, chiziqcha bilan yozish kerakligi va ikki boʻgʻinli soʻzlarning tagiga chizish lozimligi aytiladi. Mashqdagi boʻgʻinga ajratilgan soʻzlarni tahlil qilish asosida oʻquvchilar boʻgʻin bir unli tovushdan, bir unli va bir undosh tovushdan bir unli hamda bir necha undosh tovushdan tuzilishini bilib kuzatadilar. Qoida ustida ishlanadi.
Boʻgʻin bir unli tovushdan tuziladi: o-na, a-ka, sa-o-dat.
Boʻgʻin bir unli va bir undosh tovushdan tuziladi: bo-la, lo-la, ol-ma.
Boʻgʻin bir unli va bir necha undosh tovushdan tuziladi: mak-tab, sinf, dars-lik.
79-mashq doskada bajartiriladi. Mashqdagi soʻzlar bir boʻgʻinli, ikki boʻgʻinli, uch boʻgʻinli soʻzlarni uch ustun shaklida yozish aytiladi.
1 boʻgʻinli
|
2 boʻginli
|
3 boʻgʻinli
|
doʻst
sinf
|
doʻstlik sinfdosh kitob
|
kitobxon paxtakor paxtazor
|
Oʻquvchilar a-nor, u-zum, ol-xoʻ-ri kabi soʻzlarni boʻgʻinlab aytadilar, boʻgʻin nechta tovushdan tuzilganini, har bir boʻgʻinda bir unli tovush va ikki-uch undosh tovush borligini aytadilar. Tuzgan soʻzlarini boʻgʻinlarga boʻlib, chiziqcha bilan yozadilar va unli harf tagiga chizadilar.
Tarqatmali materiallar bilan ishlash.
№ 1
Bir, ikki, uch boʻgʻinli soʻzlar topib, ustun shaklida yozing.
Non oʻr-dak ka-ma-lak
----------- ----------- -----------
----------- ----------- ----------
|
№2
Avval bir boʻgʻinli, keyin ikki, uch boʻgʻinli soʻzlarni yozing.
Karam, qush, olma, olxoʻri, kapalak, sut.
|
№ 3
Bittadan boʻgin qoʻshib, soʻz tuzing va yozing.
...hi, ...choq, ...tab, dugo… Gʻay…
|
№ 4
Oʻng tomonda va chap tomonda nimalar berilgan?
qisqa, umri,
yolgʻonning.
|
qa not
ta roq
va zi fa
|
Soʻzlardan gap tuzing va yozing. Boʻgʻinlardan soʻz tuzing va ularni yozing.
|
Tarqatma materiallar ustida ishlamayotgan oʻquvchilar bilan “Zanjir” ta’limiy oʻyini oʻtkaziladi. Oʻtkazilish tartibi quyidagicha:
Oʻqituvchi dastlab bir soʻz aytadi, oʻquvchilar bu soʻz qaysi harf bilan tugagan boʻlsa, shu harf bilan boshlanuvchi soʻzni topib, unli, undosh tovushlar va boʻgʻin sonini ham aytadilar. Soʻz oʻyini shu tariqa davom etadi.
Namuna: Zilola – 3 ta unli tovush, 3 ta undosh tovush va 3 boʻgʻin
1-variant: ayiq, qalpoq, qalam, maktab…
2-variant: gul, lola, ajoyib, bahor…
3-variant: soat, tabib, bulbul, lazzat…
Bu oʻyin oʻquvchilarga so‘zlarni fonetik tahlil qilishga oʻrgatadi.
Darslik bilan ishlash.
80-mashq. Gapdagi soʻzlarni boʻgʻinlarga boʻlib, chiziqcha bilan yoziladi.
O-tam ta-niq-li fer-mer. U zot-dor si-gir-lar-ni bo-qa-di.
81-mashq matni o‘quvchilarga oʻqitiladi. Mashq matni yuzasidan suhbat oʻtkaziladi va topshirigʻi bajartiriladi.
V. Darsga yakun yasash va baholash.
-
Soʻzda nechta boʻgʻin borligini qanday bilamiz? Misollar bilan isbotlang.
VI. Uyga vazifa berish. 82-mashq.
39 - DARS
Dars mavzusi: Boʻgʻin koʻchirish (83−86-mashqlar).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: oʻquvchilarni soʻzni boʻgʻinlab koʻchirish qoidalari bilan tanishtirish, soʻzning bir qatorga sigʻmay qolgan qismini keyingi qatorga boʻgʻinlab koʻchirish koʻnikmasini shakllantirish.
Tarbiyaviy:oʻquvchilarni odobli, tartibli bo‘lishga, ularni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga oʻrgatish.
Rivojlantiruvchi: imloviy savodxonligini oshirish.
Dars turi: yangi bilim, koʻnikma, malakalarni shakllantiruvchi dars.
Dars metodi: suhbat, tushuntirish, ta’limiy oʻyin.
Dars jihozi: darslik, ragʻbatlantirish uchun kartochkalar, kesma harflar, rebuslar, mavzuga mos rasmlar, multimediali ilovalar.
Darsning borishi:
-
Tashkiliy qism.
-
Uy vazifasini tekshirish.
Oʻquvchilarning bilimlarini mustahkamlash va tekshirish maqsadida savollar beriladi.
Uyga berilgan 82-mashqdagi she’riy topishmoqni javobini topishga qaysi soʻzlar yordam berdi?
-
Soʻzdagi boʻgʻin soni soʻzdagi qaysi tovush soniga mos boʻladi?
-
To-la, ol-cha, da-la soʻzlaridagi boʻgʻinlar qanday tovushdan tuzilgan?
-
Tutuq belgisi boʻlgan soʻzlar boʻgʻinga qanday ajratiladi?
-
Dostları ilə paylaş: |