Darsda faol ishtirok etgan oʻquvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish.
Oʻquvchilarga uchta mazmundagi gap tuzish topshirig‘i beriladi. 110 - DARS
Dars mavzusi: Gapdagi tinish belgilarning vazifasi (247–249-mashqlar).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: gapdagi tinish belgilarning vazifasi haqida tushuncha berish, tinish belgilar ustida ishlash.
Tarbiyaviy: shirinsoʻzlikka oʻrgatish, muomala odobi haqida fikrlar bildirish.
Rivojlantiruvchi: gapni gap hosil qilmagan soʻzlardan farqlash koʻnikmasini rivojlantirish.
Dars turi: yangi bilim, koʻnikma, malakalarni shakllantiruvchi dars.
Dars metodi: suhbat, tushuntirish, ta’limiy oʻyin, savol-javob.
Dars jihozi: darslik, ragʻbatlantirish uchun kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimedia ilovalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Uy vazifasini tekshirish.
Oʻquvchilarga uchta mazmundagi gap tuzish berilganligi aytiladi, tuzilgan gaplar soʻraladi. Gap oxiriga qanday tinish belgisi qoʻyilganligi soʻraladi.
Yangi mavzu bayoni.
24-mashq. Oʻqing. Koʻchiring.
Vatan nima? Vatan – biz tug‘ilib oʻsgan yurt. Ona Vatan soʻzi naqadar aziz!
Gapning boshi va oxirini qanday belgiladingiz?
Vatan haqida gap tuzing yoki maqol ayting.
Bizning Vatanimiz buyuk va qudratli. Vatani borning – baxti bor. Vataning tinch − sen tinch.
Suhbat asnosida darslikdagi qoida tanishtiriladi.
Darslik bilan ishlash.
248-mashq. Mashq sharti asosida bajariladi.
“Gapdon”ta’limiy oʻyini orqali oʻquvchilar gap tuzishga, tinish belgilarni toʻg‘ri qoʻyishga oʻrgatiladi.
Bunda oʻqituvchi biror buyum yoʻki narsani koʻrsatadi va oʻquvchilarga narsaga bogʻliq darak, soʻroq, his-hayajon mazmunidagi gaplar tuzish topshirigʻi beriladi.
Masalan, gul koʻrsatiladi.
Men bogʻimizga gul ekdim .(Nuqta)
Sen bugun Sevaraning tug‘ilgan kuniga gul olib borasanmi? (Soʻroq)
Oh,gul hidi naqadar yoqimli! (Undov)
Ekranda she’r matni beriladi, soʻng audio yozuv eshittiriladi. She’r tinish belgilarsiz berilib, matn ostida tegishli tinish belgilarini oʻquvchilar she’rni ifodali oʻqilishiga koʻra qoʻyishlari kerak. Ajib sir
Darsda faol ishtirok etgan oʻquvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifaberish.249-mashq. 116 - DARS
Dars mavzusi: Gapning asosi. Gapda soʻzlarning bogʻlanishi (256–258-mashqlar).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: nutqdan gapni ajratish va uni yozma shakllantirish koʻnikmasini oʻstirish; gap kim (kimlar) va nima (nimalar)haqida aytilganini va ular haqida nima deyilganini bildirgan soʻzlarni aniqlash koʻnikmasini shakllantirish.
Tarbiyaviy: oʻquvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash; darsda oʻquvchilarning faol ishtirok etishlarini ta’minlash.
Rivojlantiruvchi:o‘quvchilarning yozma nutqini o‘stirish.
Dars turi: yangi tushuncha beruvchi, bilim, koʻnikma, malakalarni shakllantiruvchi dars.
Dars metodi: muammoli metod, suhbat metodi, analiz-sintez metodi.
Dars jihozi:mavzuga oid rasmlar, savolli kartochkalar, tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Uy vazifasini tekshirish.
Uy vazifasi aniqlanadi. 255-mashq shartiga koʻra tekshiriladi. Matnni gaplarga boʻlish va gapni tahlil qilish mashqi suhbat asosida oʻtkaziladi.
Matn nima haqida ekan?
(Tugʻilgan kun haqida).
Matnda nechta gap bor?
(Toʻrtta gap bor.)
Birinchi gap kimlar haqida ekan?
(Goʻzalning dugonalari haqida.)
Gapda ular haqida nima deyilgan?
Shu tarzda savol-javob oʻtkazilib, gap kim yoki kimlar haqida ekanligi aniqlanadi.
256-mashqni tushuntirishda oʻqituvchi suhbat usulidan foydalanadi. Oʻqituvchi mashq sharti bilan oʻquvchilarni tanishtiradi.
Mashq matni oʻqitilib, gaplarning chegarasi aniqlanadi. Matndagi birinchi gap ustida quydagicha tahlil amalga oshiriladi:
Birinchi gap kimlar haqida aytilgan? (Odamlar haqida)
Shu soʻz tagiga bitta chiziq chiziladi.
Odamlar haqida nima deyilgan? (keltirdilar)
Bu soʻz tagiga ikkita chiziq chiziladi.
Ikkinchi va uchinchi gaplar kimlar haqida aytilgan va ular haqida nima deyilgan?
Shu tarzda tahlil qilinadi.
Odamlar choʻlga suv keltirdilar.Paxtakorlar u yerlarga paxta ekishdi.Bogʻbonlar mevazor bogʻlar yaratishdi. Multimediali ilova asosida mashqni bajarish.
Mavzuni tushuntirish quyidagicha tashkil etiladi:
Gapning asosini belgilash uchun ushbu gaplar oʻqiladi. Ekranda quyidagi gaplar ovozli yozuv bilan birga hosil boʻladi.
Oʻquvchi mehnatni sevadi.
Mehnat kishini ulugʻlaydi.
Avval soʻroq berib gap kim? yoki nima? haqida aytilganini topamiz: shunda soʻroq soʻzlar ekranda paydo boʻlib, kim? soʻrogʻi oʻquvchi soʻzining oldida (qavs ichiga), nima? soʻrogʻi esa mehnat soʻzining oldida (qavs ichiga) oʻtadi. (Kim?) oʻquvchi, (nima?) mehnat so‘zlarining tagiga bitta chiziq chizib belgilaymiz. Keyin soʻroq berib u haqida nima deyilganini bildirgan soʻzni topamiz: (nima qiladi?) sevadi; (nima qiladi?) ulugʻlaydi va ularning tagiga ikkita chiziq chizib belgilaymiz. Soʻzlar tagigi chiziq chiziladi.
Gap kim yoki nima haqida (kim soʻzi aytilganda ekrandagi oʻquvchi soʻzi toʻqlashib yiriklashadi, nima soʻzi aytilganda mehnat soʻzi toʻqlashib yiriklashadi) aytilganini bildirgan soʻz bilan ular haqida nima deyilganini bildirgan soʻz (shu oʻrinda sevadi va ulugʻlaydi soʻzlari toʻqlashib yiriklashadi) gapning asosiy mazmunini bildiradi. Bu gapning asosi boʻladi.
Qoida soʻngida ekranda quyidagi koʻrinish hosil boʻladi:
(Kim?) Oʻquvchi mehnatni (nima qiladi?) sevadi.
(Nima?) Mehnat kishini (nima qiladi?) ulugʻlaydi.
Sevadi, ulugʻlaydi soʻzlari ostiga ikki toʻgʻri chiziq chiziladi.
Multimediali ilova asosida 256-mashqni bajartirish.
Ekranda 256-mashq matni beriladi. Birinchi topshiriq gapning chegarasini aniqlash boʻlganligi uchun matn ostiga geometrik shakl ichida nuqta belgisi beriladi.
Oʻqib, gaplarning chegarasi aniqlanadi.
odamlar choʻlga suv keltirdilar paxtakorlar u yerga paxta ekishdi bogʻbonlar mevazor bogʻlar yaratishdi
1-vazifa bajarilganda matn quyidagi koʻrinishda boʻladi:
Odamlar choʻlga suv keltirdilar. Paxtakorlar u yerga paxta ekishdi. Bogʻbonlar mevazor bogʻlar yaratishdi.
Shu koʻrinish hosil boʻlgach, mashqning ikkinchi topshirigʻi uchun bir toʻgʻri va ikki toʻgʻri chiziq beriladi. Oʻquvchi gaplarning ega va kesimini topishlari va egani ostiga bir chiziq, kesimni ostiga ikki chiziqni joylashtirishlari kerak.
Aziz oʻquvchilar, birinchi gap kimlar haqida aytilgan? Shu soʻz tagiga bitta chiziqni qoʻying. Odamlar haqida nima deyilgan? Bu soʻz tagiga ikkita chiziqni qoʻying. Ikkinchi va uchunchi gaplar kimlar haqida aytilgan va ular haqida nima deyilganini aniqlab, birinchi gapdagi kabi chiziqlar bilan belgilang.
O‘quvchi vazifani tushunmasa, oʻqituvchi topshiriqni yana qayta eshitish imkonini beradi.
Odamlar choʻlga suv keltirdilar. Paxtakorlar u yerga paxta ekishdi. Bogʻbonlar mevazor bogʻlar yaratishdi.
Keltirdilar, ekishdi, yaratishdisoʻzlari ostiga ikki to‘g‘ri chiziq chiziladi.
Mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlashda oʻqituvchi “Notoʻgʻri jumla” ta’limiy oʻyinidan foydalanadi. Oʻqituvchi darsga Bogʻda mehnat qilayotgan oʻquvchilar tavirlangan rasmni olib kiradi. Oʻquvchilarga rasmni koʻrsatib, diqqat bilan kuzatishlarini soʻraydi. Oʻqituvchi rasm asosida quyidagicha hikoya tuzadi.
Mehnatsevar bolalar
Oʻquvchilar maktab hovlisiga gilos koʻchatini oʻtqazdilar. Gilos mart oyida oppoq gulladi. Nigora bogʻda koptogini yoʻqotib qoʻydi. Atrofga yoqimli hid tarqaldi. Gilos may oyida pishadi. Yosh bogʻbonlar mehnatlari mevasidan yeydilar.
Hikoyadagi notoʻgʻri jumla oʻquvchilarga toptiriladi.
Nigora bogʻda koptogini yoʻqotib qoʻydi. Notoʻgʻri jumlani togʻri topgan oʻquvchiga ragʻbat kartochkasi beriladi.
Mashq sharti bilan oʻquvchilar tanishtiriladi. Mashq matni oʻquvchilarga
oʻqitiladi.
Oʻquvchilar maktab hovlisiga gilos koʻchatini oʻtqazdilar. Gilos mart oyida oppoq gulladi. Atrofga yoqimli hid tarqaldi. Gilosmay oyida pishadi. Yosh bogʻbonlar mehnatlari mevasidan yeydilar.
Matnni oʻquvchilar daftarlariga koʻchirib yozadilar. Har bir gapdan shu gap kimlar yoki nima haqida aytilganini va ular haqida nima deyilganini bildirgan soʻzlarni aniqlab, tagiga chizadilar.
Multimediali ilova asosida mashqni bajarish.
Ekranda 257-mashq matni beriladi. Oʻquvchilar nuqtalar oʻrniga soʻzlarni qoʻygach, gaplarning asosini topib tegishli chiziqlarni qoʻyishlari kerak.
Mazmuniga mos soʻzlarni nuqtalar oʻrniga qoʻyib, gaplarni toʻldiring.
Oʻquvchilar maktab hovlisiga gilos koʻchatini … . Mart oyida … oppoq gulladi. Atrofga yoqimli … . tarqaldi. Gilos may oyida … . Yosh … mehnatlari mevasidan yeydilar.
Qoʻyish uchun soʻzlar: oʻtqazdilar, gilos, pishadi, hid, bogʻbonlar.
Har bir gapni asosini aniqlang va ularning tagiga bir chiziq chizing.
Oʻquvchilar maktab hovlisiga gilos koʻchatini oʻtqazdilar. Mart oyida gilos oppoq gulladi. Atrofga yoqimli hidtarqaldi. Gilos may oyida pishadi. Yosh bogʻbonlar mehnatlari mevasidan yeydilar.
Matndagi qoraytirilgan soʻzlar ostiga ikki to‘g‘ri chiziq chiziladi.
Tarqatmali materiallar bilan ishlash.
№ 1
Berilgan soʻroqlar oʻrniga mos soʻzlarni topib gap tuzing.
Qanday? kimlar? nima qilmoqdalar?
Kim? qanday? nimalar? nima qildi?
Namuna:
Quvnoq bolalar kuylamoqdalar.
Sarvar chiroyli gullar terdi.
№ 2
Gapda oʻzaro bogʻlangan soʻzlarni aniqlang.
Sanobar darsdan soʻng uy ishlarida onasiga yordamlashdi.
№ 3
Gapning asosini topib tagiga chizing.
Har xil kapalaklar chiroyli gullarga qoʻndilar.
V. Darsga yakun yasash va baholash.
Gapning asosini qanday aniqlash va belgilash kerakligi haqidagi oʻquvchilarning yakuniy xulosalari soʻraladi.
Oʻquvchilarning javoblari toʻldirilib, darsga yakun yasaladi. Darsda faol ishtirok etgan oʻquvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. 258-mashq. 117 – DARS Dars mavzusi: Gapda soʻzlarning oʻzaro bogʻlanishini aniqlash.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: gapda soʻzlarning bogʻlanishi haqidagi tasavvurni shakllantirish.
Oʻqituvchi 259-mashqda oʻquvchilar diqqatini toʻplash maqsadida “Xatosini top” ta’limiy oʻyinidan foydalanishi mumkin. Buning uchun doskaga (yoki slayd orqali) tipratikan haqidagi matn notoʻgʻri yozib qoʻyiladi. Oʻquvchilarga matnni avval yaxshilab oʻqish topshirigʻi beriladi.
Qishda tipratikanlar shox-shabba tagida keldi.
Mana bahor ham uygʻondi. Ona tabiatturdi. Tipratikanlar qish uyqusidan uxlaydi.
Oʻquvchilar oʻqituvchi tomonidan ataylab yoʻl qoʻyilgan xatoni topishadi. Matndagi gaplarni oʻz oʻrniga qoʻyib, daftarlariga koʻchirib yozadilar. Darsda faol qatnashgan oʻquvchilar ragʻbatlantiriladi.
Har bir gapning asosi (mazmuni)ni bildirgan soʻzlarni aniqlab, tagiga chizadilar.
Ekranda soʻzlar beriladi. Oʻquvchilar shu soʻzlardan gap tuzishlari kerak. Buning uchun soʻroq soʻzlar oʻrniga soʻroqqa javob boʻladigan soʻzlarni qoʻyib gap hosil qilinadi. Soʻzlar oʻqiladi. Berilgan soʻzlar nimani bildiradi? Shu soʻzlardan gap hosil boʻlishi uchun nima qilish kerak? Soʻroqlarga javob boʻlgan soʻzlar ishtirokida gaplar tuzdiriladi.
keldi, zumrad, oʻlkamizga, bahor.
mevali, bogʻda, gulladi, daraxtlar.
Qayerga?, qanday?, nima?, nima qildi?
Qanday?, nimalar?, qayerda?, nima qildi?
Quyidagi gaplar hosil qilingach, navbatdagi topshiriqni bajaradilar. Buning uchun gap ostida chiziqlar beriladi. Oʻquvchi gapni egasini topib ostiga bir chiziqni, kesimni topib ikki chiziqni qoʻyishi lozim. Topshiriq toʻgʻri bajarilsa, “Barakalla” yoki “Toʻgʻri”, aksi boʻlsa “Oʻylab koʻring” ovozi eshitiladi.
Har bir gapning asosini aniqlang va ularning tagiga tegishli chiziqni qoʻying.
Oʻlkamizga zumrad bahorkeldi.
Mevali daraxtlar bogʻda gulladi.
Qoraytirilgan soʻzlar ostiga to‘g‘ri ikki chiziq chiziladi.
Mavzuni mustahkamlash.
260-mashq. “Oʻz oʻrnini top” ta’limiy oʻyinidan foydalanib ushbu mashqni bajarish mumkin. Buning uchun oʻqituvchi ikki xil matematik shakldan foydalanib, shakllar ichiga mashqdagi soʻzlar yozib qoʻyiladi. Oʻquvchilar avval shakllarni ikki guruhga ajratib oladilar va shakllar ichidagi soʻzlardan gap tuzadilar.
sevadi, juda, yer, mehnatni.
yaxshi, yerdan, olinadi, hosil.
Mashq asosida savol-javob oʻtkaziladi.
1. Berilgan soʻzlar nimani bildiradi?
2. Shu soʻzlardan gap hosil boʻlishi uchun nima qilish kerak?
(Gap hosil qilish uchun soʻzlar mazmun jihatidan oʻzaro bogʻlanadi.)
Mashqda nimalar yozilgan? (Soʻzlar.)
Nima uchun bu soʻzlar gap hosil qilmadi. (Soʻzlar oʻzaro bogʻlanmagan.)
Soʻzlardan gap hosil qilish uchun nima qilamiz? (Avval gap kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan soʻzlarni topib, shu soʻzlarga soʻroq berib, u haqida nima deyilganini bildirgan soʻzlarni topamiz, mazmunan bogʻlangan soʻzlardan gap tuzamiz.)
Masalan, birinchi gap yer haqida aytilgan. Nima? yer. Yer haqida nima deyilgan? Yer nima qiladi? Yer sevadi. Yer nimani sevadi? (Mehnatni.) Yer mehnatni sevadi. Yer mehnatni juda sevadi. Ikkinchi gap ham shunday yoʻl bilan tahlil qilinadi.
Darslikdagi qoida oʻquvchilar bilan birgalikda keltirib chiqiladi.
Bu topshiriq yangi mavzuni tushuntirish uchun moʻljallangan. Shuning uchun qoida tushuntirilishi jarayonida animatsiya bajariladi.
Aziz o‘quvchilar, soʻzlar mazmun jihatdan oʻzaro bogʻlanib, gap hosil qiladi. Gapda soʻzlarning oʻzaro bogʻlanishini aniqlash uchun avval gapning asosi aniqlanadi.
Issiqsevar qushlar bahorda qaytadi.
Nimalar? qushlar (savollar berilganda shu savolga javob boʻluvchi soʻzlar rangi toʻqlashib, ostiga ega boʻlsa bir, kesim boʻlsa ikki chiziq chizilib qoladi) nima qiladi? qaytadi.
Qushlar soʻzidan mazmunan unga bogʻlangan soʻzga soʻroq beriladi: qanday? issiqsevar qushlar. Qaytadi soʻzidan mazmunan unga bogʻlangan soʻzga soʻroq beriladi: qachon? bahorda qaytadi.
Ekranda quyidagilar tahlil jarayonida hosil boʻladi: