Dars mavzusi: Shaxs va narsa belgisini bildirgan soʻzlar (215–218-mashqlar).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: oʻquvchilarga shaxs va narsa belgisini bildirgan soʻzlar haqida, hamda ularning soʻroqlari, gapdagi vazifasi haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy:ona-Vatanga mehr muhabbat ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: oʻquvchilarning ogʻzaki va yozma nitqni oʻstirish va oʻz fikrini toʻgʻri ifoda etish malakasini shakllantirish, husnixat qoidalari asosida chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.
Dars turi:yangi bilim, koʻnikmalarni shakllantiruvchi dars.
Dars metodi: muammoli metod, suhbat metodi, “Sinkveyn” ta‘limiy oʻyin.
Dars jihozi: mavzuga oid rasmlar, savolli kartochkalar, tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Uy vazifasini tekshirish.
Uy vazifasini tekshirish uchun “Tez aytish musobaqasi” nomli ta’limiy oʻyin oʻtkaziladi. Buning uchun sinf oʻquvchilari uch guruhga boʻlinadi. Oʻqituvchi tarqatmali tez aytishlardan namunalar beradi. Guruhdan bir oʻquvchi chiqib tanlagan tez aytishni bir nafasda uch marotaba aytishi kerak, guruh ishtirokchisi ayta olmasa guruhning boshqa ishtirokchishi chiqib aytishi mumkin. Eng yaxshi tez aytuvchi oʻquvchilar guruhi aniqlanib ragʻbatlantiriladi.
5. Eshik oldida buloq, buloqdan suv ichar uloq, uloqcham uzun quloq.
Yangi mavzuning bayoni.
215-mashqni bajarishda oʻqituvchi “Soʻzda soʻz” ta’limiy oʻyinidan foydalanadi. Bu oʻyin darslikdagi rasm asosida tashkil etiladi.
Guruhlarga A-4 hajmdagi qogʻoz tarqatiladi. Oʻquvchilar avval rasmdagi narsalar nomini bir daqiqa ichida ustun shaklida yozib chiqishlari kerak. Soʻng topilgan soʻzlarning belgilarini topishlari zarur. Belgilangan vaqtda eng koʻp soʻz topgan guruh gʻolib hisoblanadi va ragʻbatlantiriladi.
Namuna:
1-guruh:
yoʻl - keng
avtobus-katta
……….-……..
2-guruh:
bino-baland
daraxt-yam-yashil
……..-………
3-guruh:
koʻcha- keng
yoʻlak- tor
…….-……..
Oʻqituvchi darslikdagi 215-mashqni tushuntirish uchun ushbu suhbatdan foydalanishi mumkin.Rasmga qarang.
Rasmda nima tasvirlangan?
(Rasmda shahar koʻrinishi tasvirlangan.)
Rasmda nimalarni koʻryapsiz?
(Oʻquvchilar narsalar nomini birma-bir aytadilar soʻng doskaga yozadilar.)
Namuna: Bino, koʻcha, daraxt, avtobus, ...
Narsalarning belgisini ayting.
Qanday bino?
(Katta, hashamatli bino.)
Qanday koʻcha?
(Keng, ozoda koʻcha.)
Qanaqa daraxt?
(Yashil, serbarg daraxt.)
Oʻquvchilar javoblarini daftarlariga yozishadi.
215-mashq asosida quyidagi qoida kelib chiqadi:
Shaxs va narsaning belgisini bildirgan soʻzlar qanday?, qanaqa? soʻroqlariga javob boʻladi. Qanaqa? − yashil koʻrkam daraxt. Qanday? − katta hashamatli bino.
Mavzuni mustahkamlash.
Mavzuni mustahkamlashda 216-mashqdagi topishmoqdan foydalaniladi. Topishmoq oʻquvchilarga oʻqib beriladi va javobi toptiriladi.
Topishmoq asosida savol-javob daqiqasi oʻtkaziladi.
Topishmoq nima haqida ekan?
(Handalak haqida.)
Handalakning usti qanday ekan?
(Yoʻ1-yoʻl, sariq, koʻk.)
Uning hidi-chi?
(Oʻtkir.)
Boʻyi qanday ekan?
(Past ekan.)
Yoʻl-yoʻl rangi (qanaqa?) sariq, ko’k; hidi (qanaqa?) o ’tkir; bo’yi (qanday?) past.
Handalak haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Topishmoq matni koʻchiriladi. Handalakning belgisini bildirgan soʻzlar aniqlanib, tagiga toʻlqinli chiziq chiziladi.
Multimediali ilova asosida mashqni bajarish mumkin.
Ekranda 216-mashq matni quyidagi tarzda beriladi.
Usti (qanday?), (qanaqa?), (qanaqa?),
Beqasamga oʻxshaydi.
Shirinligi til yorar,
Hidi (qanaqa?), boʻyi (qanday?).
Qoʻyish uchun soʻzlar: oʻtkir, sariq, yoʻl-yoʻl, past, koʻk
Topishmoq matni ostida soʻroqlar oʻrniga qoʻyilishi kerak boʻlgan soʻzlar beriladi. Oʻquvchilar shu soʻzlarni toʻgʻri qoʻysalar topishmoq matni hosil boʻladi.
Topishmoqni javobini topish uchun tarvuz va handalak rasmlari beriladi. Oʻquvchilar topishmoq javobini toʻgʻri topsalar “Barakalla” degan soʻzi yangraydi.
Shaxs koʻrsatiladi, belgisini bildirgan soʻzlar ustida ishlash.
Osmonda uchta katta yulduzlarda buyuk allomalarimiz Alisher Navoiy, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur rasmlari beriladi. Mayda yulduzlarda shu uch alloma haqida gap beriladi. Oʻquvchilar berilgan gap ichidan shu allomalarga xos xislatlarini topib, mayda yulduzchali soʻzlarni shu alloma rasmi yoniga qoʻyadilar. Javob toʻgʻri boʻlsa, yulduzcha katta rasmli yulduz yoniga oʻtadi. Aksi boʻlsa “Oylab koʻring” soʻzi jaranglaydi va yulduzcha joyida qoladi.
Berilgan gaplar oʻqiladi va gap kim haqidaligi aniqlanadi. Buning uchun qaysi soʻzlar ularni topishga yordam bergan boʻlsa, shu soʻzlarni allomalarning rasmlari yoniga joylanadi. Bu topshiriqni bajarishda oʻquvchilarga oʻqish va odobnoma darslarida oʻrganganlari yordam beradi.
U inson saxiy, tadbirli vainsonparvar mutaffakir boʻlgan.
U inson talabchan, irodali va adolatli boʻlgan.
U inson iste’dodli, vatanparvar va epchil boʻlgan.
1-gapdagi qoraytirilgan soʻzlar Alisher Navoiyga tegishli, 2-gap Amir Temurga, 3-gap Mirzo Boburga tegishli.
Darslik bilan ishlash.
217-mashq “Meni tushun”ta’limiy oʻyini orqali bajartiriladi. Bunda oʻqituvchi stol ustiga hayvonlarning rasmini teskari qilib qoʻyadi. Sinfdan bir oʻquvchi doskaga chiqib rasmni oladi. Oʻquvchi hayvon rasmini koʻrsatmasdan shunday ta’riflashi kerakki, qolgan oʻquvchilar qaysi hayvon haqida gap borayotganini darrov tushunib javob beradilar yoki uni ovozsiz harakatlar yordamida ham koʻrsatib berishlari mumkin.
Namuna:
Uning dumi chiroyli, oʻzi ayyor, oʻrmonda yashaydi. (Tulki)
Uning qulogʻi uzun, dumi kalta.Terisi yozda kulrang, qishda oq rangda boʻladi. (Quyon)
Javoblar tinglanib quyidagi suhbat amalga oshiriladi:
Gap quyon haqida ekanini topishingizda sizga qaysi soʻzlar yordam berdi?
Qulogʻi uzun, dumi kalta, yozda kulrang, qishda oq rangsoʻzlari yordam berdi.
Bu soʻzlar nimani bildiradi? Bu soʻzlar quyonning belgisini bildiradi.
Bu so ‘zlar qanday soʻroqqa javob boʻldi? Qanday? soʻrogʻiga javob boʻldi.
Tarqatmali materiallar bilan ishlash.
№ 1
Oʻqing. Koʻchiring. Narsalar belgisini bildirgan soʻzlarning tagiga chizing. Ularga soʻroq bering.
Osti sariq, usti sariq,
Shirin, totli, ichi tariq. (Anjir)
№2
Oʻqing. Koʻchiring. Qanday soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlarning tagiga chizing.
Shirin soʻzga hamma – katta ham, kichik ham eriydi. Shirin va ezgu soʻzlar oqib turgan zilol suvga oʻxshaydi. Zilol suv qayerda oqib tursa, u yerda anvoyi chechaklar unib chiqadi.
Koʻklam soʻziga yaqin ma’nodosh boʻlgan qaysi soʻz bilan almashtirish mumkinligini topish uchun “Sinkveyn” metodidan foydalaniladi.
Bu metodni quyidagicha amalga oshirish mumkin.
Namuna:
Nima?
koʻklam
Qanday?
goʻzal
koʻrkam
Nima qildl?
keldi
yoydi
boshlandi
Gap
goʻzal
koʻrkam koʻklam
oʻlkamizga
keldi
Ma’nodosh soʻz
bahor
94 – DARS Dars mavzusi: Qanday?, qanaqa? soʻroqlariga javob boʻlgan soʻzlar. Qarama - qarshi ma'noli soʻzlarni kuzatish (230–233-mashqlar).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: matndagi narsalarning belgisini bildirgan soʻzlarni aniqlash, oʻquvchilarni qarama-qarshi ma’noli soʻzlar bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy:tabiatni muhofaza qilish insonning burchi ekanligi, tabiatga toʻgʻri munosabatda boʻlishni oʻquvchilar ongiga singdirish.
Rivojlantiruvchi:o‘quvchilarni erkin fikrlashga oʻrgatish.
Dars turi: yangi bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantiruvchi dars.
Dars metodi:muammoli metod, suhbat metodi, koʻrgazmalilik, tarmoqlash metodi, ta‘limiy oʻyin.
Dars jihozi: mavzuga oid rasmlar, savolli kartochkalar, tarqatma materiallar. Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Uy vazifasini tekshirish.
Oʻtilgan mavzuni mustahkamlashda oʻqituvchi “Ha va yoʻq” ta’limiy oʻyinidan foydalanib, Oʻqituvchi tomonidan beriladigan savollarga oʻquvchilar bir soʻz bilan “Ha” yoki “Yoʻq” deb javob berishlari kerak.
Namuna:
1. Shaxs va narsaning belgisini bildirgan soʻzlar qanday?, qanaqa? soʻrogʻiga javob boʻladi. Javob: Ha
2. Shaxs va narsaning nomini bildirgan soʻzlar qanday?, qancha? soʻrogʻiga javob boʻladi. Javob: Yoʻq
3. Shaxs va narsaning harakatini bildirgan soʻzlar nima qildi? soʻrogʻiga javob boʻladi. Javob: Ha
Yangi mavzu bayoni.
Oʻqituvchi 230-mashqdagi soʻzlarni bulutlar shaklidagi varaqlarga yozib, doskaga osadi. Oʻquvchilar avval nima? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlarni aniqlab, doskaning bir tomoniga ustun shaklida ilib chiqadilar. Soʻng shu soʻzlarga mos nima qildi? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlarni topib yoniga iladilar, qolgan soʻzlarni gapning ma’nosiga qarab joylab chiqadilar
Namuna:
Bahor ________ keldi.
Shamol ________ esdi.
Quyosh ________ qizdirdi.
Maysa ________ koʻkardi. Oʻquvchilar suhbat orqali mashq qaysi fasl haqida ekanligini aniqlaydi, ular hikoyaga sarlavha topadilar
Matnda nechta gap bor? Matnda toʻrtta gap bor.
Birinchi gap nima haqida ekan? Bahor fasli haqida
Ikkinchi gap-chi? Yoqimli shamol haqida
Quyidagi matn “hosil boʻladi.
Bahor
Goʻzal bahor keldi. Yoqimli shamol esdi. Quyosh kuchli qizdirdi. Maysa koʻm-koʻk koʻkardi.
Multimediali ilova asosida mashqni bajartirish mumkin.
230-mashq topshirigʻi beriladi. Oʻquvchilar soʻroqlar oʻrniga qoʻyish uchun berilgan soʻzlardan foydalanib gaplar tuzishlari kerak. Soʻzlarni soʻroqlar oʻrniga olib borishganda soʻz toʻgʻri topilgan boʻlsa soʻroq oʻrniga soʻz paydo boʻladi, aksi boʻlsa soʻz joyiga qaytib “Oʻylab koʻring” soʻzi eshitiladi.
Oʻqituvchi oʻquvchilarga topshiriqni to‘g‘ri bajarishlariga erishish uchun avval ularni qarama-qarshi ma‘noli soʻzlar bilan amaliy tanishtiradi. Shu maqsadda ikki narsa belgisiga koʻra taqqoslanadi.
Soʻng 232-mashq shartiga koʻra bajariladi Shartga ko‘ra o‘quvchilar mashqdagi boshqotirmani bajardilar va rasmga qarab maqol tuzishlari kerak bo‘ladi.
Koʻz qoʻrqoq, qoʻl botir.
Oʻqituvchi oʻquvchilarga shunga oʻxshash boshqotirmalar tayyorlab kelishlarini aytadi.
Namuna: Otdan baland, itdan past. (Egar)
Narsalarning belgisini bildirgan soʻzlar orasida qarama-qarshi ma‘noli soʻzlar bor. Masalan:issiq-sovuq, qattiq-yumshoq.
Tarqatmali materiallar bilan ishlash.
№ 1
Ikki narsani bir-biriga qiyoslab, gaplar tuzing va yozing.
Shakar (qanday?) shirin, tuz (qanday?) …
Yoz (qanday?) issiq, qish esa (qanday?) …
№2
Oʻqing. Yod oling. Ajratilgan soʻzlarga soʻroq bering.
Bir tomoni keng oʻtloq,
Bir tomoni qorli togʻ!
Goʻzal va nurli makon,
Mening aziz qishlogʻm. S. Barnoyev.
№3 Oʻqing. Ajratilgan soʻzlarga soʻroq bering.
Adab yaxshilik bilan yomonlikning farqini bilish, foyda bilan zarar orasidagi tafovutni anglashdir. Adab vositasida kishi oʻzini yomon xislatlardan davolaydi, turli ayblardan poklaydi, xulqini chiroyli fazilatlar bilan bezaydi.
Savol-javob orqali dars yakunlanadi. Darsda faol ishtirok etgan oʻquvchilar baholanadi.
Uyga vazifaberish. 233-mashq.
Ikkita uy hayvonini tanlang. Ularning belgilarini qiyoslab yozing. Belgini bildirgan soʻzlarning tagiga chizing.
(Qanday?) Oppoq, qoʻrqoq, epchil, quloqlari uzun quyon.
(Qanday?) Ziyrak, aqlli, qoʻrqmas it. Shaxs va narsaning sanoq va tartibini bildirgan soʻzlar 2-sinfda shaxs va narsaning sanogʻi va tartibini bildirgan soʻzlar haqida boshlangʻich ma’lumot beriladi. Oʻquvchilarda qancha?, nechta? yoki nechanchi? Soʻroqlariga javob boʻlgan soʻzlarni soʻroq berib aniqlay olish, narsalar sanogʻini bildirgan soʻzlarga qancha? yoki nechta? soʻrogʻini, joylashish tartibini bildirgan soʻzlarga nechanchi? soʻrogʻini bera olish koʻnikmasi hosil qilinadi.
Nechta?, qancha? yoki nechanchi? soʻroqlariga javob boʻlgan bunday soʻzlar otga bogʻlanib, ularning sanogʻi yoki tartibini ifodalashi amaliy oʻzlashtiriladi va keyingi sinflarda sonning soʻz turkumi sifatida oʻrganishga oʻquvchilar tayyorlanadi.
Son bir xildagi shaxs va narsalarning miqdorini, sanogʻini yoki joylashish tartibini ifodalaydigan mustaqil soʻzlardir.
Son otga bogʻlanib, ot ifodalagan shaxs va narsaning miqdoriy belgisini koʻrsatadi. Masalan, oʻnta oʻquvchi, beshta sinf.
Son otga bogʻlanmagan holda ham ishlatilishi mumkin. Bunday paytda mavhum miqdorni ifodalaydi. Hisob amallarida miqdor aniq shaxs va narsalarga bogʻlab ifodalanmaydi. Masalan, oʻn uchga toʻrtni qoʻshsak, oʻn yetti boʻladi.