Toshkent−2015 Tuzuv ch i-muallifla r: Umida Masharipova, Mashrabxon Umarova, Dilnoza Baynazarova, Manzura Nabiyeva Taqrizchila r



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə12/17
tarix14.07.2018
ölçüsü1,52 Mb.
#56744
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17


Boshqotirmaning javobi quyidagicha boʻladi.

u

r

u






b

o

sh

o

q




x

a

m

i

r




прямая со стрелкой 93


прямая со стрелкой 282











прямая со стрелкой 281





прямая со стрелкой 280








прямая со стрелкой 279





прямая со стрелкой 283














y

e

r




m

a

y

s

a




u

n




n

o

n


Oʻqituvchi kesma harflarni stol ustiga qoʻyadi, oʻquvchilar kataklar oʻrniga mos harfni qoʻyib soʻzlarni oʻqiydi. Bu soʻzlar qanday soʻroqqa javob boʻlishini aytadi. Ularni daftarlariga yozadilar.

Oʻqituvchi topshiriqni toʻgʻri bajargan oʻquvchini chapak chalib ragʻbatlantiradi.

Yod yozuv diktanti. Nonni uvol qilmang!

Tarqatmali materiallar bilan ishlash.


№ 1

Savollarga javob bering. Topshiriqni bajaring.

1. Shaxs-narsa nomini bildirgan soʻzlar qanday soʻroqlarga javob boʻladi?

2. Kim? Soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlarga misollar ayting.

3. Nima? Soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlarga misollar ayting.


№2

Savollarga javob bering. Misollar keltiring.

Koʻp narsa va shaxsni nomini bildirgan soʻzlar qanday soʻroqqa javob boʻladi?

Kimlar?

Nimalar?

Oʻquvchilar

darslar

bolalar

kitoblar

yigitlar

oʻyinchoqlar



№3

Savolga javob bering. Javobingizni yozing. Kim? Nima? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlarning tagiga chizing.

Yigʻlayotgan bolaga koʻzingiz tushdi deylik, nimalarni his etasiz?

№4

Oʻqing. Koʻchiring. Kimlar? Nimalar? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlarning tagiga chizing.

Farzandlar, qarindoshlar, oshna - ogʻayni, qoʻshnilar va men bilan bir vaqtlar doʻstlik qilgan barcha odamlarni davlat-u ne‘mat martabasiga erishganimda unutmadim, hadlarini ado etdim.

Amir Temur.


V. Darsga yakun yasash va baholash.

Oʻquvchilarning darsda ishtirokiga koʻra baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish.

152-mashq shartiga koʻra bajariladi.



66 – DARS
Dars mavzusi: Yaqin ma’noli soʻzlar bilan tanishtirish, oʻrganilganlarni mustahkamlash (158−161-mashqlar).

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: yaqin ma’noli soʻzlar haqida oʻquvchilarga tushuncha berish; oʻrni almashtirib berilgan soʻzlardan gap tuzish; soʻzlarga soʻroq bera olish koʻnikmasini oʻstirish.

Tarbiyaviy: oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Ulardagi vatan haqidagi tushunchalarini boyitib, uni koʻz qorachigʻiday asrab-avaylash lozimligini tushuntirish;

Rivojlantiruvchi: oʻquvchilarni ijodiy fikrlashga oʻrgatish.

Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni mustahkamlash dars.

Dars metodi: guruhlarda ishlash, ta’limiy oʻyin, “Dumaloq stol” metodi

Dars jihozi: mavzuga oid rasmlar, A-3 format, tarqatma materiallar.

Darsning borishi.

  1. Tashkiliy qism.

  2. Uy vazifasini tekshirish.

Oʻqituvchi uy vazifasini aniqlaydi. Uy vazifasini toʻgʻri va chiroyli yozgan oʻquvchini “Balli” , “Ofarin” soʻzlari bilan ragʻbatlantiradi. 157-mashqda soʻroqlar oʻrniga mazmuniga mos soʻzlarni qoʻyib, gaplarni koʻchirib, shaxslarni bildirgan soʻzlarning tagiga chizib kelish vazifasi topshirilgan edi. Oʻquvchilar bir-birlarining daftarlarini almashtirib, uy vazifasini tekshiradilar.

Oʻtilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida oʻqituvchi ijodiy diktant oʻtkazadi.

Ijodiy diktant.

1. Yuz, bet, chehra soʻzlari ishtirokida bittadan gap tuzib yozing.

2. Yaqin ma’noli soʻzlarga uchta misol topib, boʻginlarga ajratib yozing

3. Yurt, katta,chiroyli soʻzlariga yaqin ma’noli soʻzlar topib yozing.
скругленный прямоугольник 235

скругленный прямоугольник 92
III. Yangi mavzuning bayoni.

Oʻqituvchi qushlar in qurayotgan, bolalar qushlarga uya yasayotgan rasmlarni koʻrsatib savol beradi.

  • Rasmda nimalarni koʻrayapsiz? (Qushlarni)

Rasmga qarab gap tuzing.

Oʻquvchilar rasm asosida gap tuzadilar.

  1. Qushlar bahorda in quradi.

  2. Bolalar qushlarga uya yasaydi.

Oʻqituvchi oʻquvchilarning diqqatini gapdagi yaqin ma’noli soʻzlarga qaratadi. In va uya yaqin ma’noli soʻzlardir. Yaqin ma’ otiriladi

Oʻqituvchi “Dumaloq stol” metodi orqali 158-mashqni bajartiradi. Oʻquvchilar guruhlarga boʻlinadi, oʻqituvchi har bir guruhga topshiriq beradi. Oʻquvchilar oʻz javoblarini yozib, boshqa oʻquvchiga uzatadi. Javoblar muhokama qilinib, xatolari bartaraf etilgach, oʻquvchilardaftarlarigayozadilar.

Guruhlar uchun topshiriq:

Qavs ichida berilgan yaqin ma’noli soʻzlardan mazmunga mosini qoʻying.

1-guruh: Daraxt (bargi, yaprogʻi) bilan koʻrkam, odam (ishi, mehnati) bilan koʻrkam.

2-guruh: Daryo suvini (bahor, koʻklam) toshirar, odam qadrini (ish, mehnat) oshirar.

3-guruh: Duo bilan (el, xalq) koʻkarar, yomgʻir bilan (yer, zamin) koʻkarar.

4-guruh: Koʻrkam fasl ( koʻklam, bahor)

Namuna: Daraxt yaprogʻi bilan koʻrkam, odam mehnati bilan koʻrkam.

Oʻquvchilar maqollarni daftarlariga yozadilar.

IV.Mavzuni mustahkamlash.

Oʻqituvchi 159-mashqni bajarishda “Mozaika” usulidan foydalanadi.

Guruhlarga oʻqituvchi tomonidan konvertga solingan soʻzlar qirqimi tarqatadi. Vaqt belgilanadi. Har bir guruh soʻzlardan gap tuzadilar, soʻng taqdimot uchun sardorlarga soʻz beriladi.Qaysi guruh vazifani aniq, toʻgʻri bajarsa oʻsha guruh gʻolib ekanligi oʻqituvchi tomonidan aytib, izohlanadi.

1-guruh: Ingliz, astoydil, Sanobar, oʻrganmoqda, tilini.

2-guruh: Oʻqiydi, u, koʻp, ham, adabiyotlarni, qoʻshimcha.

3-guruh: ingliz, suhbatlashaaadi, tilida, bemalol:

4-guruh: dugonalari, oʻrnak, ham, olishmoqda, undan.

Oʻquvchilar tuzgan gaplarini yozib, shaxs nomini bildirgan soʻzlarga soʻroq beradilar.

160-mashqni bajarishda oʻqituvchi oʻquvchilarning diqqatini mevalar va sabzavotlar rasmiga qaratadi. Bu mashq uyadosh soʻzlar haqida amaliy tarzda ma’lumot berishga xizmat qiladi.

Siz nimalarning rasmini koʻrayapsiz?(Mevalar, poliz ekinlari va sabzavotlarning rasmini koʻrayapmiz.)

  • Mevalar qayerda pishadi? (Bogʻda mevalar pishadi.)

  • Polizda nima yetishtiriladi? (Polizda qovun, tarvuz yetishtiriladi.)

  • Bogʻ bilan polizning farqini bilib oldingizmi? Bogʻda mevali daraxtlar oʻsadi. Polizda esa poliz ekinlari yetishtiriladi.

Javoblarini oʻquvchilar daftarlariga yozadilar.

V. Darsga yakun yasash va baholash.

Darsda qanday yangilikni bilib oldingiz? Dars sizga yoqdimi? Oʻquvchilarning javoblari toʻldirilib, xulosa qilinadi. Oʻquvchilarning darsda ishtirokiga koʻra baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish. 161-mashq.

161-mashq shartiga koʻra bajariladi.
67 - DARS
Dars mavzusi: Kishilarning ismi va familiyasida bosh harf (162–164-mashqlar).

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: ism va familiyasini bosh harf bilan yozish koʻnikmasini shakllantirish.

Tarbiyaviy: oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: oʻquvchilar nitqni yangi soʻzlar bilan boyitish.

Dars turi: yangi bilim, koʻnikmalarini shakllantiruvchi dars.

Dars metodi: savol-javob, guruhlash, aqliy hujum, ta’limiy oʻyinlar.

Dars jihozi: darslik, tarqatma materiallar(testlar, kartochkalar), rasmli plakatlar.

Darsning borishi:

I .Tashkiliy qism.

II. Uy vazifasini tekshirish.

161-mashqning shartiga koʻra bajarganligiga qarab ragʻbatlantiradi.. Kim? yoki nima? soʻroqlariga javob boʻlgan mazmunga mos soʻzni nuqtalar oʻrniga qoʻyib, gaplarni koʻchiradi. Gapni bosh harf bilan boshlashni unutmasligi yodga olinadi.

(Kim?) Duradgor stol, stul, rom yasaydi. (Kim?) Soatsoz soatlarni tuzatadi. Yaylovda (nima?) poda oʻtlaydi. Bogʻda (nima?) bulbul sayraydi.

Tekshirish uchun soʻzlar: duradgor, poda, soatsoz, bulbul.
скругленный прямоугольник 91

скругленный прямоугольник 90

III. Yangi mavzu bayoni.

Oʻqituvchi sinfimizdan kim?, kimlar? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlarni topa olamizmi? savoli bilan yangi mavzuni boshlaydi. Oʻquvchilar bola, qiz, oʻquvchi, muallim, ustoz, oʻquvchilar, Dilbar, Zuhra kabi soʻzlarni topadilar. Oʻqituvchi oʻquvchilarga shaxs (kishi) ekanini, shaxsni bildirgan soʻzlar kim? kimlar? soʻrogʻiga javob boʻlishini eslatiladi.

Har bir ota-ona farzandi tugʻilganda ism qoʻyadi. Salima, Ra’no, Akrom…. Ismlar kishilarga atab qoʻyiladi.Shuning uchun kishilarning ismi, familiyasi bosh harflar bilan yoziladi.

Qoida oʻquvchilarga oʻqitiladi: Kishilarning ismi va familiyasi bosh harf bilan boshlanadi.

Zanjir” soʻz oʻyini. Oʻqituvchi oʻyin qoidasi bilan oʻquvchilarni tanishtiradi.

Oʻyin sharti aytilgan soʻzning oxirgi tovushi qaysi harf boʻlsa shu harf bilan boshlanadigan kishilar ismidan soʻz topish kerakligini tushuntiradi.

Salima (A)

Asal (L)

Lola (A)

Anvar (R)

IV.Mavzuni mustahkamlash.

Oʻqituvchi 162-mashq matnini oʻquvchilarga oʻqib beradi.

Xalqimiz azal-azaldan san’atning barcha turlarini qadrlab kelgan. Ayniqsa, mumtoz musiqa va qoʻshiqlarimiz, raqs san’atimizga alohida mehr qoʻygan.

Yunus Rajabiy, Halima Nosirova, Komiljon Otaniyozov, Ma’murjon Uzoqov, Turgʻun Alimatov, Mukarrama Turgʻunboyeva, Tamaraxonim kabi koʻplab san’atkorlarimizni e’zozlaganlar. Oʻzbek san’atkorlari nafaqat yurtimiz, balki dunyo xalqlari hurmatiga ham sazovor boʻlganlar.

Oʻquvchilar bilan mashq matni boʻyicha suhbat oʻtkazadi.

  • Oʻzbek san’atini dunyoga tanitganlardan kimlarni bilib oldingiz?

Yunus Rajabiy, Halima Nosirova, Komiljon Otaniyozov, Ma’murjon Uzoqov, Turgʻun Alimatov, Mukarrama Turgʻunboyeva, Tamaraxonim kabi koʻplab san’atkorlarimizni bilib oldik. Bu insonlar oʻzbek san’atini butun dunyoga tanitishga oʻz hissasini qoʻshganlar.

Oʻquvchilar san’atkorlarning ismi va familiyasini doskaga yozib, bosh harflarning tagiga chizadilar.

Namuna:

Yunus Rajabiy, Halima Nosirova, Komiljon Otaniyozov, Ma’murjon Uzoqov, Turgʻun Alimatov, Mukarrama Turgʻunboyeva, Tamaraxonim.

Oʻqituvchi darsda mumtoz qoʻshiqlardan namuna esnittirishi mumkin.

Multimediali ilova asosida mashqni bajartirish mumkin.

Darslik varagʻi ochiladi bir betida 162-mashq matni, ikkinchi betida esa mavzuga mos videolavha namoyish etiladi. Namoyish tugagach, matnli bet ekranda qoladi.

San’atkorlarning ismi va familiyasini yozib olinadi. Bosh harflarning tagiga chizish topshirigʻi beriladi.

Darslik bilan ishlash.

Oʻqituvchi Vatan himoyachilari tasvirlangan rasmlarni doskaga ilib qoʻyadi va quyidagi savollarni beradi.

  • Rasmda kimlarni koʻryapsiz?

(Rasmda Vatan himoyachilarini koʻryapmiz.)

  • Vatan himoyachilari deganda nimani tushunasiz?

(Vatanimizni himoya qiladigan yigitlarni tushunamiz.)

  • Vatanimiz himoyachilarining vazifasi nimadan iborat?

(Qurolli kuchlarimiz xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini qoʻriqlaydi.)

  • Biz qachon “Vatanimiz himoyachilari kuni” ni nishonlaymiz?

(14-yanvar- Vatan himoyachilari kuni.)

Oʻqituvchi Vatan himoyachilariga atab oʻquvchilardan she’rlar soʻraydi.

Darslikdagi 163-mashqning sharti va matni oʻquvchilarga oʻqitiladi.

Qurolli kuchlarimiz jonajon Oʻzbekistonimizning qoʻriqchilaridir. Ular xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlaydilar. Akalarim Elshod va Durbek harbiy xizmatdalar.

Oʻquvchilar mashq matnini koʻchirib yozadilar va qaysi soʻzlar bosh harf bilan yozilganligiga e’tibor beradilar.

Oʻquvchilar bilan ishlash.

Quyidagi ish turlarini oʻquvchilar soniga koʻra taqsimlab berish mumkin. Ijodiy diktant.14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan oʻqituvchi doskaga “Bobo, dada, aka, uka” soʻzlarini yozib qoʻyadi.

Doskada yozib qoʻyilgan aziz insonlaringizga 2−3 ta gapli bayram tabrigingizni yozing, topshirigʻi beriladi.

Namuna: Men dadamni juda-juda yaxshi koʻraman. Bayramga atab tabriknoma yasadim. Sovgʻam dadamga yoqdi.

Multimediali ilova asosida mashqni bajartirish mumkin.




Test

  1. Shaxs va narsalar nomini bildirgan soʻzlar qanday soʻroqqa javob boʻladi?

A) Kim? Nima?

B) Nima qildi? Nima qiladi?

D) Qanday? Qanaqa?

2. Berilgan gapdan nima? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzni toping.

Qishda qor koʻp yogʻdi.

A) qishda

B) yogʻdi

D) qor

3. Kim? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlar qatorini toping.

A) Baroq, it, kitob

B) oshpaz, tikuvchi, bogʻbon

D) Nilufar, Toshkent, Elbek

4. Berilgan gapdan kimlar? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzni toping.

Oʻquvchilar qalamdonda yozuv qurollarini saqlaydilar.

A) qurollarini

B) oʻquvchilar

D) saqlaydilar

5 Berlgan gaplardan nimalar? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzni toping.

Zargarlar nafis taqinchoqlar yasaydilar.

A) taqinchoqlar

B) zargarlar

D) yasaydilar



Tarqatmali materiallar bilan ishlash.


№ 1

Oʻqing. Shoirlar ism-familiyasini yozib oling. Bosh harflarning tagiga chizing.

Biz Ilyos Muslim, Quddus Muhammadiy, Zafar Diyor, Anvar Obidjon she’rlarini sevib oʻqiymiz. Ular bolalarga atab juda ajoyib she’rlar yozganlar.


№2

Oʻqing. Koʻchiring. Qaysi soʻzlar bosh harf bilan yozilgan? Nega shundayligini tushuntiring.

Sanjar Azizov – sinfimiz sardori. Temur Roʻzimetov unga yordam beradi. Lola Habibullayeva, Dilnoza Turdiyevalar gullarga qaraydilar.


№3

5 ta sinfdoshingizning ism-familiyalarini yozing.


4

Ismlarni yozib, ularning yozilishini yodda tuting.

Abdulla, Arofat, Bashorat, Guli, Oydin, Nodir, Shuhrat, Munavvar, Shavkat, Mahbuba.


V. Darsga yakun yasash va baholash.

Darsda qanday yangilikni bilib oldingiz? Dars sizga yoqdimi? Oʻquvchilarning javoblari toʻldirilib, xulosa qilinadi. Oʻquvchilarning darsda ishtirokiga koʻra baholanadi.

VI. Uyga vazifa. 164 - mashq uchun tavsiya.

Oʻqituvchi 164 - mashqni “Aql charxi “ ta’limiy oʻyini orqali tushuntiradi.

Doskaga Muhabbat, Bahrom, Nilufar, Ahror, Davron, E’tibor, Vohid, Hilola, Ravshan kabi kishilar ismini yozadi. Oʻyin sharti boʻyicha oʻquvchilar kishilar ismini eslab qolib, yoddan yozib berishlari kerak. Qaysi oʻquvchi topshiriqni toʻgʻri bajarsa, ragʻbat kartochkasi bilan ragʻbatlantiradi.

Oʻqituvchi bu oʻyindan keyingi darsda foydalanishi ham mumkin.

Multimediali ilova asosida mashqni bajarish.

Ekranda notbuk tasviri, monitorda kishilar ismi beriladi. Nuqtalar oʻrniga klaviaturadan kerakli harflarni qoʻyib, ismlarni toʻldirishlari kerak.

Oʻquvchilar tushirib qoldirilgan harflarni nuqtalar oʻrniga mosini qoʻyib, ismlarni oʻqiydilar. Ismlarning toʻgʻri yozilishiga axamiyat qaratadilar.
Qoʻyish uchun soʻzlar:Muhab.at, Ba.rom, N.lufar, A.ror, D.vron, E.tibor, Vohi., H.lola, R.vshan, Qud.us, Obi.jon, Tem.r, Habibu.la, Munav.ar
Muhabbat, Bahrom, Nilufar, Ahror, Davron, E’tibor, Vohid, Hilola, Ravshan, Quddus, Obidjon, Temur, Habibulla, Munavvar


73 - DARS

Darsning mavzusi: Rasmlar va berilgan reja yordamida hikoya tuzish (173−174-mashqlar).

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: rasmlar va berilgan reja asosida hikoya tuzishga oʻrgatish; rasmlar va reja yordamida ogʻzaki hikoya tuzish, matnni berilgan rejaga mos qismlarga boʻlish va har bir boʻlimni xatboshidan yozish koʻnikmasini oʻstirish.

Tarbiyaviy: oʻquvchilarda qiyin ahvolda qolgan qushlar, jonivorlarga gʻamxoʻrlikni tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: oʻquvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini, savodli yozish koʻnikmasini rivojlantirish.

Dars turi: nazorat darsi.

Dars metodi: suhbat, tushuntirish.

Dars jihozi: tarqatma materiallar, yil fasllari tasvirlangan plakatlar, qushlar rasmi.

Darsning borishi:

I .Tashkiliy qism.

II.Uy vazifasini tekshirish.

скругленный прямоугольник 88

скругленный прямоугольник 87

III.Yangi mavzu bayoni.

Rasm ustida ishlash.

Oʻqituvchi toʻrt xil rangdagi doirachalarni stol ustiga qoʻyadi. Doirachalar soni oʻquvchilar soni bilan teng boʻlishi kerak.

Oʻquvchilar doirachalarni olib rangiga qarab, toʻrtta guruhga boʻlinadi. Guruhlar fasllar nomi bilan nomlanadi.

1-guruh: Qish

2-guruh: Bahor

3-guruh:Yoz

4-guruh: Kuz

Oʻqituvchi guruhlarga 4 ta faslda qushlarning hayoti haqida soʻzlab berish topshirigʻini beradi. Guruh sardorlariga taqdimot uchun soʻz beradi va ragʻbatlantiradi.

Oʻqituvchi har bir guruhga oldindan tayyorlab qoʻygan, qushlarga yordam berayotgan bolalar haqidagi rasmni tarqatadi va topshiriq beradi.

      • Rasmda nimalarni koʻrayapsiz?

Bir-biringiz bilan gaplashmagan holda rasm atrofiga koʻrgan narsalaringizni yozib chiqing.

Oʻquvchilar topshiriqni bajargach, yozganlarini muhokama qiladilar. Oʻqituvchi darslikda berilgan rejani doskaga yozadi.

      • Siz nima haqida hikoya tuzdingiz?

Birinchi rasmni e’tibor bilan yana koʻring va birinchi rejani oʻqing. Hikoyaning birinchi qismini (matnning boshlanishini) tuzing. Qizcha va bolaga ism qoʻying.

Ikkinchi rasmni koʻring va ikkinchi rejani oʻqing. Ikkinchi rasmni koʻrib gapirib bering. Bu hikoyaning asosiy qismi (matnning asosiy qismi) boʻladi.

Uchinchi rejani oʻqing va uchinchi rasmni koʻring. Hikoyaning uchinchi qismini (matnning xulosa qismini) tuzing.

Oʻqituvchi oʻquvchilar e’tiborini hikoya qismlarining oʻzaro bogʻlanishiga qaratadi:

  1. Ikkinchi qism qaysi gap bilan tugadi?

  2. Uchinchi boʻlimni qaysi gap bilan boshlash mumkin?

  3. Uchinchi qismni qaysi gap bilan tugatsak yaxshi boʻladi?

Oʻquvchilar rejaga mos boʻlgan uch qismli oʻz matnlarini tuzadilar. Matnga sarlavha qoʻyadilar va xatboshiga rioya qilib yozadilar.

Reja:

1. Aka-singil holsiz yotgan qushchani koʻrib qoldilar.

2. Ular qushchani uyda parvarish qilishdi.

3. Qushchani uchirib yuborishdi.

Qushcha

Qish fasli edi. Elyor va uning singlisi Nilufar bogʻda aylanib yurishardi. Ular qor ustida holsiz yotgan qushchani koʻrib qoldilar. Nilufar qushchani qoʻliga oldi. Aka-singil uni uyga olib keldilar. Qushchani yaxshi parvarish qildilar. Bahor keldi. Kunlar isidi. Ular qushchani uchirib yuborishdi.

IV.Mavzuni mustahkamlash.

Multimediali ilova asosida mashqni bajartirish mumkin.

Ekranda 173-mashqdagi rasmlar beriladi.

Rasmlarni kuzating. Berilgan reja asosida uch boʻlimli ogʻzaki hikoya tuzing.

Reja tartibi bilan oʻqilganda, uchta rasm ketma-ket kattalashib, joyiga qaytadi.

Rejadan foydalanib, ushbu matnni qaychi yordamida uch qismga boʻling.

Matn ostiga qaychi rasmi beriladi. Matn tasmaga yoziladi. Qaychi kursor vazifasini bajarishi kerak. Bola matnni toʻgʻri qismga ajratganda, birinchi boʻlakdagi tasma yoʻqolib, ikkinchi boʻlak xatboshiga oʻtadi. Bola ikkinchi boʻlakni kesgach, ikkinchi boʻlakdagi tasma yoʻqoladi va uchinchi boʻlak ham xatboshiga oʻtgach, uchinchi boʻlakdagi tasma ham yoʻqoladi. Bola topshiriqni toʻgʻri bajarsa “Toʻgʻri”, aksi boʻlsa “Oʻylab koʻring” ovozi eshitiladi.


V. Darsga yakun yasash va baholash.

Oʻqituvchi dars yakunida quyidagicha suhbat uyushtiradi:

  • Siz qanday qushlar nomini bilasiz? (Bulbul, chumchuq, qargʻa, kakku, zagʻizgʻon.)

  • Siz qushlarga qanday munosabatda boʻlasiz?

Qish kunlarida ob-havo sovuq boʻladi, qushlarning yemishi qor ostida qoladi. Bolalar ularga donxoʻraklar yasab don, non ushoqlari beradilar.

Qushlar bizning doʻstimiz. Chunki ular zararli hasharotlarni yeb bizga foyda keltiradi.

Oʻquvchilarning darsda ishtirokiga koʻra baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish. 174-mashq.

74 – DARS
Dars mavzusi: Hayvonlarga qoʻyilgan nomlarda bosh harflar (175 - 178 - mashqlar)

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: hayvonlarga qoʻyilgan nomni bosh harf bilan yozish koʻnikmasini shakllantirish.

Tarbiyaviy: oʻquvchilarni jonivorlarga nisbatan mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: oʻquvchilar lugʻatini boyitish; soʻzlarni oʻrnida qoʻllashga oʻrgatish.

Darsning turi: yangi tushuncha, bilimlarni umumlashtiruvchi dars.

Dars metodi: savol-javob, muammoli, koʻrsatish metodi, ta’limiy oʻyinlar.

Dars jihozi: darslik, tarqatma materiallar (testlar, kartochkalar),

rasmli plakatlar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

  2. Uy vazifasini tekshirish.

Erkin mavzu asosida hikoya tuzib yozib kelish. Oʻquvchilar yozib kelgan hikoyalari oʻqitiladi va muhokama qilib umumlashtiriladi.
скругленный прямоугольник 86

скругленный прямоугольник 85

  1. Yangi mavzu bayoni.

Oʻqituvchi tabiat tasvirlangan rasmni, uy va yovvoyi hayvonlarning rasmini koʻrsatib, suhbat oʻtkazadi.

  • Doskada siz koʻrib turgan hayvonlar qayerda yashaydi?

(Bu hayvonlar uyda va oʻrmonda yashaydi.)

  • Uy va yovvoyi hayvonlarning farqini aytib bering.

  • Sizning uyingizda qanday hayvonlar bor?

Oʻquvchilar o‘z uylaridagi hayvonlarining nomini aytib beradilar.

  • Siz ularga qanday nom qoʻygansiz?

(Olapar, Popuk, Qoplon…)

  • Yozuvda hayvonlarga atab qoʻyilgan nomlar qanday yoziladi?

Ona tabiatimiz goʻzal va xilma-xildir. Hayvonot olamiga nazar tashlasak, ular tabiatning bir boʻlagi boʻlib, insonning sodiq doʻstidir. Qadim-qadimdan insonlar hayvonlarga yaxshi munosabatda boʻlib, ularning ayrimlarini oʻzlariga oʻrgatib, xonakilashtirganlar. Xonakilashtirilgan hayvonlarga nom qoʻyilgan.

Hayvonlarga qoʻyilgan nomlar bosh harf bilan yoziladi: Gʻirkoʻk, Mosh, Tarlon

  1. Mavzuni mustahkamlash.

Hayvonlarga qoʻyilgan nomlarning bosh harf bilan yozilish koʻnikmasini shakllantirish mashqlari.

Oʻqituvchi 175-mashqning shartini oʻquvchilarga oʻqitadi va bu mashqni “Oʻrgimchak toʻri” ta’limiy oʻyini orqali tushuntiradi. Oʻqituvchi ipning bir uchini ushlab biror uy hayvonining nomini aytadi va sinfdagi xohlagan bitta oʻquvchiga beradi. U oʻquvchi ham hayvon nomini aytib, keyingi oʻquvchiga beradi. Oʻyin ip tugaguncha davom etadi. Ip tugagandan soʻng oʻquvchilar aytgan hayvonlariga nom topib ipni orqaga qaytaradi. Bu oʻyinda oʻquvchilar bir-birining soʻzini qaytarmasligi kerak.

Uy hayvonlari: ot, sigir, mushuk, it, echki, qoʻy.

Hayvonlarga qoʻyiladigan nomlar: Gʻirkoʻk, Boychibor, Qashqa, Malla, Momiq, Mosh, Ziyrak, Qoplon, Targʻil.

Hayvonlarga qoʻyiladigan nomlarni oʻquvchilar doskaga yozadilar.

176-mashqda oʻqituvchi matnni oʻquvchilarga oʻqitadi.

Matlubaning uyida Yoʻlbars nomli iti va Ziyrak, Mosh nomli mushuklari bor. Matluba ularga mehribon.

Davron esa ot boqishga qiziqadi. Boʻsh qoldi deguncha buvasining Qorabayir, Boychibor nomli otlari yoniga yuguradi. Otlarni choʻmiltiradi, ularga yem beradi. Bu ishlar Davron uchun juda zavqli.

Oʻquvchilar matnning birinchi qismini koʻchirib, hayvonlarga qoʻyilgan nomni bildirgan soʻzlarning tagiga chizadilar.

  • Siz ham biror uy hayvoniga mehr qoʻyganmisiz? Savol bilan oʻquvchilarga murojaat qiladi. Oʻquvchilar oʻzlari mehr qoʻygan hayvon nomlarini aytib, ularning xususiyati haqida soʻzlab beradilar.

Mana Davron otga mehr qoʻygan ekan. Hozir ot haqida sizlarga qiziqarli ma’lumot beradi. Otning qanday xususiyati borligini bilib olasiz.

Tabiatda otga teng keladigan jonivor yoʻq. Otlar qadim zamonlardan beri insonning ajralmas hamrohiga aylangan. Otlar goʻzallik, oliyjanoblik, sadoqat, kuchlilik ramzidir. Otlar insonga ichki xotirjamlilik bagʻishlaydi. Ular soxtalik va yolgʻonni koʻtara olmaydi, odamlarning oʻziga boʻlgan munosabatini masofadan turib sezadi.

Tibbiyot amaliyotida otda yurish, hatto oyoq-qoʻli falaj, umidsiz bemorlarni ham oyoqqa turgʻazgan, koʻzi ojizlik, karlikdan qutqargan. Ot chopgan vaqtda otdagi barcha davolovchi va kuch bagʻishlovchi quvvatlar ot mingan kishiga oʻtadi.

Otlar ajoyib ruhshunos. Ular insondagi nohush oʻzgarishlar, kayfiyatsizlik, gʻazab yoki asablar tarangligini darrov sezadi. Otlar egasining bunday holatidan xabardor boʻlib, uning yoniga oshiqadi. Unga yaqinlashib, yomon quvvatni oʻziga olib, yaxshisini egasiga uzatadi

Oʻqituvchi 177-mashqni “Aql charxi” ta’limiy oʻyini orqali bajartiradi.

  • Matn nima haqida yozilgan?

(Matn sirk haqida yozilgan.)

  • Sirkda qanday hayvonlar qatnashdi?

(Sirkda it, mushuk, maymun, ayiq qatnashdi.)

  • Ularga qanday nom qoʻyilgan?

  • Hayvonlarga qoʻyilgan nomni bildirgan soʻzlarni matndan toping-chi?

Oʻquvchilar mashq matnidagi hayvonlarga qoʻyilgan nomlarni eslab qolib, alifbo tartibida yoddan yozadilar. Topshiriqni toʻgʻri va birinchi bajargan oʻquvchini oʻqituvchi ragʻbatlantiradi.

Namuna: Maymoq, Olgʻir, Qoramosh, Chita.

Tarqatmali materiallar bilan ishlash.


№ 1

Oʻqing va koʻchiring. Hayvonlarga qoʻyilgan nomni bildirgan soʻzlarning tagiga chizing.

Oqilning Oqyol nomli oti bor. U juda chiroyli. Oqyolning bolasiga Boychibor deb nom qoʻyishgan.

№2

Mushuk nomlaridan qaysilarini bilasiz? Ular ishtirokida gap tuzing.


№3

Savollarga javob bering.

1. Uyingizda hayvonlar bormi?

2. Ularga qanday nom qoʻygansiz?

№4

Oʻqing. Nuqtalar oʻrniga hayvonlarga qoʻyilgan nomni bildirgan soʻzlarni qoʻyib koʻchiring.

Farhod iti … ni erkalaydi. Ra’no … nomli mushugini siladi. Haydar chavandozning … nomli oti bor.

Qoʻyish uchun soʻzlar: Malla, Gʻirkoʻk, Ziyrak.

V. Darsni yakunlash va baholash.

  • Dars sizga yoqdimi?

  • Nima uchun jonivorlarni sevishimiz kerak?

(Chunki ular insonlarning yaqin doʻsti.)

Oʻquvchilarning javoblari umumlashtirilib, jonivorlarga ozor bermaslik kerakligini, ular bizning sodiq doʻstimiz ekanligi yodga tushiriladi.

Oʻquvchilarning darsda ishtirokiga koʻra izohlab baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish. 178-mashq.
76 – DARS
Dars mavzusi: Shahar, qishloq, koʻcha, daryolarga qoʻyilgan nomlarning imlosi (182–184-mashqlar).

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: shahar, qishloq, koʻcha, daryoga qoʻyilgan nomlarning bosh harf bilan yozilishi haqidagi koʻnikmani oʻstirish.

Tarbiyaviy: oʻquvchilarni vatanparvarlik va Vatanimizning qadimiy ajdodlarimiz bilan faxrlanish va ularni xotiralash ruhida tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: oʻquvchilarning lugʻat boyligini oshirish.

Dars turi: yangi bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantiruvchi dars.

Dars metodi: savol-javob, suhbat, izlanish metodi, ta’limiy oʻyin,

Dars jihozi: darslik, tarqatma materiallar (testlar, kartochkalar), rasmli plakatlar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

  2. Uy vazifasini so‘rash.

Uy vazifasini tekshirishda oʻqituvchi “Diqqatni tekshiramiz” ta’limiy oʻyinidan foydalanadi. Bunda oʻqituvchi doskaga bir nechta hayvon nomlarini notoʻgʻri yozib qoʻyadi. Oʻquvchilar guruhlarga berilgan soʻzlardan imloviy xatolarini topib toʻgʻirlaydilar. Gʻolib guruh aniqlanib , oʻqituvchi tomonidan ragʻbatlantiriladi.

Masalan: Momq, mosh, Zirak, govmish.
скругленный прямоугольник 83

скругленный прямоугольник 82

  1. Yangi mavzu bayoni.

Yangi mavzuni tushuntirishda oʻqituvchi Vatanimiz Oʻzbekistonning koʻrinishi tasvirlangan rasmni darsga olib keladi va kichik suhbat oʻtkazadi.

  • Vatanimiz nomi nima? ( Bizning vatanimiz − mustaqil Oʻzbekiston.)

  • Vatanimizning poytaxti qaysi shahar? (Vatanimizning poytaxti − Toshkent.)

  • Siz yashayotgan shahar (qishloq)ning nomi nima? Oʻquvchilar oʻzlari yashayotgan shahar nomini aytadilar.

O‘quvchilar oʻzlari yashayotgan shahar yoki qishloq nomini qoʻshib gap tuzadilar va daftarlariga yozadilar.

  • Bizning maktabimiz qaysi koʻchada?

Masalan: Maktabimiz Ulugʻbek koʻchasida joylashgan.

  • Shahrimizda (qishlogʻimizda, shahrimiz yaqinida...) qaysi daryo bor? Shu haqida gap tuzing va yozing.

Oʻqituvchi mamlakat, shahar, qishloq, koʻcha, daryolarga atab qoʻyilgan nom boʻlgani uchun Oʻzbekiston, Toshkent, Xumson, Ulugʻbek kabi soʻzlar bosh harf bilan yozilishini tushuntiradi.

Qoida oʻquvchilarga tanishtiriladi.Shahar, qishloq, koʻcha va daryo nomlari bosh harf bilan yoziladi.

  1. Mavzuni mustahkamlash.

Oʻqituvchi 182-mashq shartini oʻquvchilarga oʻqitadi.

Toshkent shahri, Buxoro shahri, Xumson qishlogʻi, Doʻstlik koʻchasi, Zarafshon daryosi.

Oʻquvchilar shahar, qishloq, koʻcha va daryoga qoʻyilgan nomlarni bildirgan soʻzlarni koʻchirib, shu soʻzlarning tagiga chizadilar.

183-mashqda oʻquvchilar gaplarni oʻqib, daftarlariga koʻchirib yozadilar.

Oʻzbekiston − yam-yashil diyor. Hayotbaxsh Amudaryo bilan Sirdaryo butun oʻlka boʻylab oqib oʻtadi.

Chirchiq, Zarafshon, Norin daryolari Toshkent, Samarqand, Namangan, Kattaqoʻrgʻon kabi shahar va qishloqlarni suv bilan ta’minlaydi.

Oʻqituvchi mashq matni asosida suhbat oʻtkazadi:

-Qaysi soʻzlarni bosh harf bilan yozdingiz? Nima uchun?

( Chunki shahar, daryo nomlari bosh harf bilan yoziladi.)

Zanjir” soʻz ta’limiy oʻyini.

Oʻqituvchi oʻyin sharti bilan oʻquvchilarni tanishtiradi, shahar nomlaridan soʻz topish, topilgan soʻzning oxirgi harfi qaysi harf bilan tugasa shu harf bilan boshlanadigan yangi soʻz topadilar va doskaga yozadilar.

Namuna: Andijon, Namangan, Nukus, Samarqand, Dehqonobod.

Tarqatmali materiallar bilan ishlash.


№ 1

Oʻqing va koʻchiring. Shahar va qishloq nomlarining tagiga chizing.

Toshkent chiroyli shahar. Uning yaqinida Xumson qishlogʻi bor. U yerda mening bobom

yashaydi.

№2

Siz yashayotgan shahar (qishloq)ning nomi nima? U haqida soʻzlab bering.

№3

Oʻqing. Koʻchiring. Shahar, qishloq nomlarini bildiruvchi soʻzlarning tagiga chizing.

Margʻilon - hunarmandlar shahri. Uning atrofidagi Zarkent, Oqtepa, Fayziobod kabi qishloqlar aholisi ham asosan, hunarmandchilik bilan shugʻullanadi.


№4

Oʻqing. Koʻchiring. Daryo nomlarining tagiga chizing.

Oʻzbekistonda Amudaryo, Sirdaryo, Chichiq, Zafarshon, Qoradaryo kabi daryolar bor. Bu daryolar bizning faxrimizdir.

V. Darsni yakunlash va baholash.

Oʻquvchilarning darsda ishtirokiga koʻra baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish. 184-mashq.
Shaxs va narsa harakatini bildirgan soʻzlar

Dasturga koʻra 2-sinfda oʻquvchilarni shaxs va narsa harakatini bildirgan soʻzlar bilan tanishtirish, ularda bunday soʻzlarni shaxs va narsani nomini va belgisini bildirgan soʻzlardan farqlash koʻnikmasini oshirish vazifasi qoʻyiladi. Oʻquvchilarga harakatni bildirgan soʻzlarga nima qildi?, nima qildilar?, nima qilyapti?, nima qilyaptilar?, nima qiladi?, nima qiladilar? soʻroqlarini bera olish koʻnikmasi shakllantiriladi.

Soʻzlarga toʻgʻri soʻroq berish koʻnikmasi oʻquvchilarni keyingi sinflarda fe’l, zamon, shaxs-son shakllarini bilib olishga tayyorlashni koʻzda tutadi. Bulardan tashqari oʻquvchilar savollar yordamida soʻzlar shaxs va narsalarning nomini, harakatini, belgisini ifodalashini bilib oladilar. (Soʻzlarni soʻroqlar yordamida farqlashga oʻrgatish va soʻz turkumlarini oʻrganishda boshlangʻich bosqich hisoblanadi.)

Soʻzga soʻroq berish bilan bir vaqtda shu soʻzning (fe’lning) leksik ma’nosini aniqlashga, undan nutqda fikrni aniq ifodalash uchun foydalanishni kuzatishga oʻrgatish zarur.

Oʻquvchilar harakatni bildiruvchi soʻzning (fe’lning) umumiy leksik-grammatik ma’nosini tushunishga oʻrgatiladi. Ma’lumki, fe’l shaxs va narsaning harakatini bildiradi: yozdi, oʻqidi, uxladi, topdi, tinchlandi, shodlandi.
80 – DARS
Dars mavzusi: Shaxs va narsa harakatini bildirgan soʻzlar (188 – 191 - mashqlar).

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: shaxs va narsalarning harakatini bildirib, nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? soʻroqlariga javob boʻlgan soʻzlar bilan tanishtirish; shaxs va narsalar harakatini bildirgan soʻzlarga beriladigan soʻroq bilan shu soʻzning ma’nosini taqqoslash koʻnikmasini oshirish.

Tarbiyaviy: oʻquvchilarni bir-birini hurmat qilish, doʻstona munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: shaxs va narsa harakatini bildirgan soʻzlar, ularning toʻgʻri talaffuzini, imlosini oʻquvchilar ongiga singdirish va soʻz boyligini boyitish.

Dars turi: yangi bilim, koʻnikmalarni shakllantiruvchi dars.

Dars metodi: suhbat, tushuntirish, analiz-sintez, ta’limiy oʻyin, “Bumerang” metodi.

Dars jihozi: darslik, tarqatma materiallar (testlar, kartochkalar), rasmli plakatlar.
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

  2. Uy vazifasini tekshirish

Oʻqituvchi kim?, nima? soʻroqlariga javob boʻlgan soʻzlar yuzasidan “Tezkor savol-javob” daqiqasini oʻtkazadi.

1. Bolalar ta’lim-tarbiya oladigan oʻquv maskan. (Maktab)

2. Maktabda o ‘qiydigan bola. (Oʻquvchi)

3. Gʻoʻza ekilgan dala. (Paxtazor)

4. Paxta yetishtiruvchi dehqon. (Paxtakor)

5. Mevali daraxtlar ekilgan joy. (Bogʻ)

6. Bogʻni parvarish qiladigan odam. (Bogʻbon)

Namuna:

Kim?: Oʻquvchi, ...

Nima?: Maktab, ...

Oʻquvchilar bajargan ish oʻqituvchi tomonidan tekshiriladi.

  • Kim?, nima? soʻroqlariga javob boʻlgan soʻzlar nimalarni bildiradi?

(Kim? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlar kismilarning, nima? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlar narsalarning nomini bildiradi.)
скругленный прямоугольник 79

скругленный прямоугольник 78


  1. Yangi mavzu bayoni.

Kim zukko” ta’limiy oʻyini. Oʻqituvchi oʻyin sharti bilan oʻquvchilarni tanishtiradi.

Oʻqituvchi soʻz aytadi, oʻquvchilar ular ichidan shaxs va narsaning harakatini bildirgan soʻzlarga bitta chapak, shaxs va narsaning nomini bildirgan soʻzlarga ikkita chapak chaladilar.

скругленный прямоугольник 79
Darslikdagi qoidani oʻqituvchi o ‘qib beradi, keyin oʻquvchilarga oʻqitadi.

Shaxs va narsalarning harakatini bildirgan soʻzlar nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? soʻroqlariga javob boʻladi. Nima qildi? − yozdi, uchdi; nima qilyapti? − yozyapti, uchyapti; nima qiladi? − yozadi, uchadi.

Darslik bilan ishlash.

Oʻqituvchi 188-mashqni bajarishda “Qish” fasli tasvirlangan rasmni doskaga ilib qoʻyadi, rasm yuzasidan savol-javob oʻtkazadi.

  • Rasmda qaysi fasl tasvirlangan?

  • Qish faslida ob-havo qanday boʻladi?

  • Bolalar qanday kiyim kiyishgan? Nima uchun?

  • Bolalar qishda qanday oʻyinlar oʻynashyapti?

  • Ular bir-birlari bilan qanday munosabatda ekan?

  • Siz oʻrtoqlaringiz bilan qanday munosabatda boʻlasiz? (Oʻquvchilar har doim bir-birlarini hurmat qilishi, ahil boʻlishlari kerak.)

O‘qituvchi 188-mashqning sharti va matnini oʻquvchilarga oʻqitadi.
QISHDA

Qor koʻp yogʻdi. Kun sovidi. Yer muzladi. Bolalar sevindilar va tepalikka yugurdilar.

Ana, Vazira Qorbobo yasayapti. Latofat chana uchyapti. Vahob konki uchyapti.

Qish ham maza!

Oʻqituvchi mashq matni asosida suhbat oʻtkazadi:

Matndan shaxs va narsa nomini bildirgan soʻzlarni toping.

  • Ular qanday soʻroqlarga javob boʻlyapti?

Bolalar bajarayotgan harakatni bildirgan soʻzlarni aniqlang.

  • Shu soʻzlar qanday soʻroqlarga javob boʻlyapti?

Oʻquvchilar mashqni daftarlariga koʻchirib yozadilar.

Multimediali ilova asosida mashqni bajarish.

Ekranda 188-mashqdagi rasm beriladi.

Rasmni kuzating. Bolalarga ism qoʻyib, hikoya tuzing. Berilgan matndan shaxs va narsani nomini bildirgan soʻzlarni, narsa va bolalar bajarayotgan harakatni bildirgan soʻzlarni aniqlang. Shu soʻzlarni qanday soʻroqlarga javob boʻlishiga koʻra jadvalni toʻldiring.

Qishda

Qor koʻp yogʻdi. Kun sovidi. Yer muzladi. Bolalar sevindilar va tepalikka yugurdilar.

Ana, Vazira Qorbobo yasayapti. Latofat chana uchyapti. Vahob konki uchyapti.

Qish ham maza!


Shaxsni bildirgan soʻzlar

Narsani bildirgan soʻzlar


Harakatni bildirgan soʻzlar

Kim? Kimlar?

Nima? Nimalar?

Nima qildi?

Nima qildilar?

Nima qilyapti?

Bolalar

Vazira

Latofat

Vahob

Qor

Kun

Yer

Qorbobo

Qish

yogʻdi

sovidi

muzladi


sevindilar

yugurdilar


yasayapti.

uchyapti





IV. Mavzuni mustahkamlash.

189-mashqni bajarishda oʻqituvchi “Bumerang metodi”dan foydalanadi. Oʻqituvchi sinfdagi oʻquvchilardan biriga shaxs va narsaning harakatiga doir savol aytadi va koptokni beradi. Oʻquvchi “Qishda” sarlavhali hikoyadan foydalanib, harakatni bildirgan soʻzlarni topib, koptokni qaytaradi.

Namuna:

Nima qildi?: yogʻdi, sovidi, muzladi, .

Nima qildilar?: sevindilar, yugurdilar .

Nima qilyapti?: yasayapti, uchyapti .

Nima qildi?, nima qildilar?, nima qilyapti? soʻroqlariga javob boʻlgan soʻzlarni daftarlariga yozadilar.

190-mashq sharti oʻquvchilarga oʻqitiladi.

Loy boʻlib suyuladi,

Qolipda quyiladi.

Xumdon-pechda pishadi,

Mashinaga tushadi,

Qurilishga ketadi.

(Gʻisht)
She’riy topishmoq ustida savol-javob oʻtkaziladi.

  • Topishmoqni topishda sizga qaysi soʻzlar yordam berdi? (Suyuladi, quyiladi, pishadi, tushadi, ketadi soʻzlari yordam berdi.)

    • Bu soʻzlar nimani bildiradi? (Bu soʻzlar narsaning harakatini bildiradi.)

    • Ular qanday soʻroqqa javob boʻladi? (Nima qiladi? soʻrogʻiga javob boʻladi.)

Namuna: Nima qiladi?: suyuladi, quyiladi, pishadi, tushadi, ketadi.

Oʻqituvchi mashq asosida lugʻat ishi oʻtkazadi.

Oʻqituvchi gʻisht, gʻishtdan qurilgan uyning rasmini koʻrsatib, gʻisht haqida tushuncha beradi.

Gʻisht loydan yasaladi. U uylar qurishda ishlatiladi. Gʻisht ikki xil boʻladi: xom gʻisht va pishgan gʻisht. Xumdon-pechda tayyorlangani pishgan gʻisht deyiladi.

Multimediali ilova asosida mashqni bajarish.


190-mashqdagi topishmoq beriladi. Javob uchun tandir, gʻisht, kulol yasagan idish(xum) rasmlari beriladi. Oʻquvchi gʻisht rasmini tanlasa toʻgʻri topgan boʻladi. Topishmoqning javobini toping.

Loy boʻlib suyuladi,

Qolipda quyuladi.

Xumdon-pechda pishadi,

Mashinaga tushadi,

Qurilishga ketadi.

  • Topishmoqning javobini topishda sizga qaysi soʻzlar yordam berdi?

  • Bu soʻzlar nimani bildiradi?

  • Ular qanday soʻroqqa javob boʻladi?

Harakatni bildirgan soʻzlarni topishmoq matnidan toping.

Topshiriqni o ‘quvchi bajarganda topishmoq matnidagi shu soʻzlarning rangi oʻzgaradi.


Tarqatmali materiallar bilan ishlash.


№ 1

Savolga javob bering. Misollar bilan tushuntiring.

Shaxs-narsa harakatini bildirgan soʻzlar qanday soʻroqlarga javob boʻladi?


№2

Oʻqing. Koʻchiring. Harakatni bildiruvchi soʻzlarning tagiga chizing. Ularga soʻroq bering.

Oʻlkamning dalalari

Quchogʻiga tortadi.

Bagʻrini kezgan sari

Unga mehrim ortadi.

Barot Isroil


№3

Oʻqing. Nima qiladi? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlarni yozing.

Jonsiz, tinglaydi,

Qoʻlsiz, yozadi,

Tilsiz, soʻzlaydi.

Quloq tutib soʻzingga,

Takrorlaydi oʻzingga.


№4

Oʻqing. Bahor tasvirini davom ettiring. Harakat bildiruvchi soʻzlarni ayting. Ularga soʻroq bering.

Ariq boʻylaridan yalpiz hidi anqiydi. Devor taglarida qumursqa oʻrmalaydi. Allaqayerda

kovakdami, terakzordami qurbaqa qurillaydi.

Said Ahmad


Test multimediali ilova asosida oʻtkaziladi.




Test
1. Shaxs va narsaning harakatini bildirgan soʻzlar qanday soʻroqqa javob boʻladi?

A) Qanday? Qanaqa?

B) Kim? Nima?

D) Nima qildi? Nima qiladi?
2. Shaxs va narsaning harakatini bildirgan soʻzlar qatorini belgilang?

A) Yashnadi, gulladi

B) Koʻm-koʻk, koʻkardi

D) Mayin, yoqimli
3. Gapdagi chiziq oʻrniga mos soʻzni toping.

Tikuvchi koʻylaklarni _________ va _________ .

A) oʻqiydi, yozadi

B) bichadi, tikadi

D) davolaydi, qaraydi
4.Oʻquvchi maktabda nima qiladi?

A) oʻqiydi, yozadi

B) oʻynaydi, choʻmiladi

D) uxlaydi, kuylaydi
5. Shaxs va narsaning harakatini bildirgan soʻz ishtirok etgan gapni belgilang.

A) Alisher Navoiy gʻazallar mulkining sultoni.

B) Sinfda a’lochi oʻquvchilar koʻp.

D) Nigora gullarni parvarish qiladi.

V. Darsni yakunlash va baholash.

Oʻquvchilarning darsda ishtirokiga koʻra baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish. 191-mashq.

Harakatni bildirgan soʻzlarni nuqtalar oʻrniga qoʻyib, gaplarni koʻchiring.
Shaxs va narsa belgisini bildirgan soʻzlar

Shaxs va narsa belgisini bildirgan soʻzlar haqidagi mavzularni oʻrganishdan asosiy maqsad, birinchidan, oʻquvchilarni qanday? qanaqa? soʻroqlariga javob boʻlgan soʻzlarning leksik ma’nosini va nutqimizdagi ahamiyati bilan tanishtirish. Ikkinchidan, o‘quvchilarni soʻzga qanday? yoki qanaqa? soʻroqlarini berishga va bu soʻzlarni kim?, nima?, nima qildi?, nima qiladi? soʻroqlariga javob boʻlgan soʻzlardan farqlashga oʻrgatish. Uchinchidan, oʻquvchilar nutqini narsa va shaxsning belgisini bildirgan soʻzlar bilan boyitish hisoblanadi.

Ma’lumki, sifat narsalarning belgilari: rangi, hajmi, shakli, maza - ta’mi, xususiyati, hidini bildiradi. Oʻquvchilarni keyingi sinflarda sifatni soʻz turkumi sifatida tushunishga tayyorlash uchun narsalarning turli xil belgilarini sezishga va uni ot bilan bogʻliq holda oʻrganishni talab qiladi. Qanday? yoki qanaqa? soʻroqlariga javob boʻlgan soʻzlarni aniqlash uchun o ‘quvchilar e’tibori uning kim?, nima? soʻroqlariga javob boʻlgan soʻzlarga bogʻlanishini aniqlashga qaratiladi. Masalan (qanday?) achchiq qalampir, baland bino, odobli bola. Buning uchun bevosita kuzatish va rasm bilan ishlash maqsadga muvofiq.
93 – DARS

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin