Tarqatmali materiallar bilan ishlash.
№ 1
Soʻroqlarga mos soʻzlar yozishni davom ettiring.
Nima?Gul, …
Kim? Shifokor, …
|
№2
Qarindoshlikni bildiruvchi soʻzlarga misollar yozishni davom ettiring.
Buvi, …
|
№3
Oshxona jihozlari nomini yozing. Ularga soʻroq bering.
Kosa, …
|
№4
Oʻqing. Koʻchiring. Kim? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlarning tagiga chizing.
Bir xotin sabzavotlar solingan ogʻir toʻrxaltasini koʻtarib ketayotgan edi.
Orqadan ketma-ket ikki bola, ularning ketidan bir chol kelmoqda edi…
|
V. Darsga yakun yasash va baholash.
Oʻquvchilarning darsdagi faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga koʻra oʻqituvchi tomonidan ballari e’lon qilinadi va ragʻbatlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish. 140-mashq.
O‘qituvchi 140-mashq sharti asosida tushuntiradi va uyda bajarish topshirigʻini beradi.
60 - DARS
Dars mavzusi: Mustahkamlash mashqlari (145–148-mashqlar).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: kim?, nima? soʻroqlariga javob boʻlgan (bitta shaxs va bitta narsani bildirgan) birlikdagi, hamda kimlar?, nimalar? soʻroqlariga javob boʻlgan (ikki va bir necha narsa va shaxsni bildirgan) koʻplikdagi soʻzlarni matndan aniqlash va shu mavzuga oid bilimlarini mustahkamlash.
Ta’rbiyaviy: oʻquvchilarda vatan tuygʻusini shakllantirish, uni sevish va qadrlash ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: oʻquvchilarning imloviy savodxonligini oshirish.
Dars turi: bilim, ko’nikma va malakalarni umumlashyiruvchi dars.
Dars metodi: suhbat, savol-javob, analiz-sintez, “Sinkveyn” va “Quyosh” metodlari, ta’limiy oʻyin.
Dars jihozi: mavzuga oid rasmlar, boshqotirma,tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
-
Tashkiliy qism.
-
Uy vazifasini tekshirish.
Oʻqituvchi uy vazifasining bajarilishini tekshiradi. Uy vazifa 140 - mashq “Kim zukko?” ta’limiy oʻyini asosida tekshiradi. Oʻqituvchi matnni oʻqiydi, oʻquvchilar oʻqilgan matndan kimlar? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzga bitta, nima? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzga ikkita chapak chaladilar.
Kimlar?: kishilar, oʻquvchilar
Nima?: qalam, ruchka, oʻchirgʻich, qalamdon.
Oʻquvchilar oʻqituvchi tomonidan ragʻbatlantiriladi.
-
Yangi mavzu bayoni.
Oʻqituvchi “Boshqotirmani kim toʻgʻri topadi?” savoli orqali yangi mavzuni tushuntiradi. Oʻquvchilarga xoʻroz bilan qandning rasmini koʻrsatib, quyidagi savollarni beradi:
-
Rasmda nimalarni koʻrayapsiz?
(Xoʻroz bilan qandni koʻrayapmiz.)
Xoʻroz soʻziga savol bering. Xoʻroz − nima?
Xoʻroz parrandaning nomi, qand narsaning nomi boʻlib, nima? soʻrogʻiga javob boʻladi. Ikkita soʻzning qoʻshilishidan yangi soʻz hosil boʻldi.
Xoʻrozqand – narsaning nomi, nima? soʻrogʻiga javob boʻladi.
Oʻqituvchi 145-mashqdagi boshqotirmani bajarishda mashqdagi rasmlardan foydalanadi. Oʻquvchilar narsalarning nomini aytadi va yangi soʻz hosil qiladi.
Gul + don = guldon
Moʻy + qalam = moʻyqalam
Gul + karam = gulkaram
Hosil boʻlgan soʻzlarga soʻroq berib, soʻzlarni soʻrogʻi bilan birga koʻchiradilar.
Oʻqituvchi boshqotirmadan kim koʻp soʻz topsa, ragʻbat kartochkasi bilan ragʻbatlantiradi. Bu mashq orqali oʻquvchilar ikkita narsaninig nomini bildirgan soz’larning birikishi orqali narsa nomiga qoʻshimcha qoʻshish orqali yangi narsani nomini bildirgan soʻz hosil boʻlishi, ya’ni soʻzning morfemik tarkibiga oid amaliy bilimga ega boʻladilar.
Multimediali ilova asosida mashqni bajartirish mumkin.
Ekranda 145-mashqdagi boshqotirma beriladi. Boshqotirmadagi rasmlar ostida boʻsh kataklar boʻladi. Oʻquvchi boshqotirmadagi soʻzlarni topib, ekran ostidagi klaviaturadan foydalanib yozadi. Soʻz yozilgach, boshqotirmadagi rasm yoʻqoladi va soʻz yonida qavs paydo boʻladi. Qavs ichiga oʻquvchi shu soʻzning soʻrogʻini yozishi kerak.
Guldon (nima?), baliqchi (kim?), moʻyqalam (nima?), gulkaram (nima?), xoʻrozqand (nima?), oʻyinchoq (nima?)
Boshqotirmani yeching. Boʻsh kataklarga rasmlar nomini va hosil boʻlgan soʻzlarning soʻrogʻini qavs ichiga yozing.
Topshiriqlar notoʻgʻri bajarilsa “Oʻylab koʻring” soʻzi eshitiladi.
|
Darslik bilan ishlash.
Oʻqituvchi 146-mashq shartini oʻquvchilarga oʻqitadi.
Bizning Vatanimiz − Oʻzbekiston. Vatanimizda oʻzbeklar, qirgʻizlar, qoraqalpoqlar, ruslar, armanlar, qozoqlar, tojiklar, turkmanlar, tatarlar va boshqa xalqlar ahil yashaydilar, mehnat qiladilar.
Oʻqituvchi mashq matni asosida quyidagi savollarni oʻquvchilarga beradi:
-
Bu mashq nima haqida ekan? (Vatanimiz haqida ekan.)
-
Vatan deganda nimani tushunasiz? (Vatan biz tugʻilib oʻsgan joy.)
-
Vatanimiz qanday nomlanadi? (Vatanimiz Oʻzbekiston deb nomlanadi.)
Oʻqituvchi:
Vatanimiz Oʻzbekiston deb nomlanadi. Vatanimizda turli xalqlar tinch-totuv yashaydilar va mehnat qiladilar. Mana shunday jannatmakon vatanda yashayotganimizdan faxrlanishimiz, uni avaylab-asrashimiz kerak. Siz o‘quvchilar esa hozir a’lo baholaringiz bilan oʻz hissangizni qoʻshishingiz kerak.
Kimlar? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlarni doskada oʻquvchilar “Quyosh” metodidan foydalanib, quyosh atrofiga yozib chiqadilar.
Kimlar? Oʻzbeklar, qirgʻizlar, qoraqalpoqlar, ruslar, armanlar, qozoqlar, tojiklar, turkmanlar, tatarlar.
Multimediali ilova asosida mashqni bajartirish mumkin.
Ekranda 146-mashq matni ovozli oʻqish orqali paydo boʻladi.
-Oʻquvchilar, matndan kimlar? Soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlarni aniqlang.
Bolalar kimlar soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlarni topganda, millat vakillarini rasmlari gippersilka tarzida koʻrsatiladi va shu soʻzlar rangi toʻqlashadi.
Bizning vatanimiz – Oʻzbekiston. Vatanimizda oʻzbeklar, qigʻizlar, qoraqalpoqlar, ruslar, armanlar, qozoqlar, tojiklar, turkmanlar, tatarlar va boshqa millat vakillari ahil yashaydilar, mehnat qiladilar.
|
IV. Mavzuni mustahkamlash.
Oʻqituvchi doskaga Shukur Sa’dullaning 147-mashqdagi she’ri yozilgan koʻrgazmani iladi. Oʻquvchilar she’rdagi tushurib qoldirilgan harflarni qoʻyib, she’rni oʻqishadi.
Keng dalalar, oʻrmon, dengizlar,
Gulzor, bogʻlar — bari bizniki.
Daryo, koʻllar, serhosil yerlar,
Oltin togʻlar hur elimniki.
Oʻquvchilar daftarlariga nuqtalar oʻrniga tushirib qoldirilgan harflarni qoʻyib, she’rni koʻchiradilar. Nimalar? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlarning tagiga chizadilar. Oʻqituvchi bu mashqda ham “Quyosh” metodidan foydalanish mumkin.
Nimalar?: dalalar, dengizlar, bogʻlar, koʻllar, yerlar, togʻlar.
Oʻqituvchi:
She’r haqida tushunganlaringizni soʻzlab bering.
Oʻqituvchi mashqda uchragan soʻz birikmalariga izoh beradi.
Lugʻat ishi:
serhosil yerlar – ekin ekilgan yerdan moʻl hosil olish; unumdor yer.
oltin togʻlar –oʻxshatish; togʻdagi foydali qazilmalarning koʻpligidan togʻ oltinga oʻxshatilgan.
“Sinkveyn” metodi orqali oʻqituvchi yer soʻziga ma’nodosh soʻz toptiradi. Buning uchun oʻquvchilarga quyidagi tartibda tarqatma topshiriqlar beriladi.
1
|
Nima?
|
|
2
|
Qanday?
|
|
3
|
Nima qiladi?
|
|
4
|
Gap
|
|
5
|
Ma’nodosh soʻz
|
|
Namuna:
-
Nima? Yer
-
Qanday? Serhosil, unumdor
-
Nima qiladi? Toʻydiradi, boqadi, beradi
-
Gap. Serhosil yer odamlarni toʻydiradi, boqadi.
-
Ma’nodosh soʻz. Zamin
Multimediali ilova asosida mashqni bajartirish mumkin.
Ekranda 147-mashq matni sinf xonaning doskasida beriladi. Nuqtalar oʻrniga qoʻyilishi lozim boʻlgan harflar she’r matni ostida geometrik shakllar ostida beriladi. Oʻquvchilar nuqtalar oʻrniga mos harflarni quygach, namilar soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlarni topishlari lozim. Soʻz toʻgʻri topilganda, shu soʻz ostida bir toʻgʻri chiziq chiziladi.
Topshiriqlar notoʻgʻri bajarilsa “oʻylab koʻring” soʻzi eshitiladi.
|
Tarqatmali materiallar bilan ishlash.
№ 1
Kim? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlarni kimlar? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlarga aylantirib yozing.
Odam, toʻquvchi, shifokor, ishchi, haydovhi, tikuvchi, singil, aka.
|
№2
Oʻqing. Koʻchiring. Nimalar? Soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlarning tagiga chizing.
Yana yillar oʻtar, bahorlar balqir,
Yana koʻzlarimda ranglanar gullar.
|
№3
Nima? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlarni nimalar? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlarga aylantirib yozing.
Qalam, daraxt, gul, koʻprik, qaychi, she’r,qush, koʻylak.
|
№4
Oʻqing. Koʻchiring. Narsa nomini bildirgan soʻzlarning tagiga chizing.
Shahar , qishloq, dala, bogʻ
Qoplandi kumushzarga.
Tabiat oʻxshar goʻyo
Ochilgan paxtazorga.
|
V. Darsga yakun yasash va baholash.
Oʻquvchilarning darsdagi faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga koʻra oʻqituvchi tomonidan ballari e’lon qilinadi va ragʻbatlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish. 148-mashq
148-mashq shartiga koʻra bajariladi.
Toʻrtta kim? soʻrogʻiga javob boʻlgan va toʻrtta nima? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlarni yozish topshirigʻi beriladi
63 – DARS
Dars mavzusi: Soʻzlarga soʻroq berish va ularni guruhlash (149–152-mashqlar).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy:oʻquvchilarda soʻzlarga soʻroq berish, shu soʻzlarni guruhlash koʻnikmasini shakllantirish.
Tarbiyaviy: oʻquvchilarnikishilar mehnatini qadrlash, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: oʻquvchilarning lugʻatini boyitish, ogʻzaki va yozma nutqini rivojlantirish.
Dars turi: yangi bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantiruvchi dars.
Dars metodi: suhbat, tushuntirish, analiz-sintez, ta’limiy oʻyinlar.
Dars jihozi: mavzuga oid rasmlar, tarqatma materialar, testlar, boshqotirma.
Darsning borishi:
I .Tashkiliy qism.
II. Uy vazifasini tekshirish.
Oʻquvchilardan uy vazifasini aniqlash. 148-mashq. Toʻrtta kim? soʻrogʻiga javob boʻlgan va toʻrtta nima? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlarni yozish topshirigʻi berilgan edi.
-
Ular nimalarni bildiradi? (Kim shaxslarni, nima narsalarni bildiradi.)
Kim?: dehqon, bogʻbon, gulchi, quruvchi.
Nima?: ayiq, tulki, boʻri, yoʻlbars.
Oʻqituvchi quyidagi savollar asosida oʻtilgan mavzuni mustahkamlaydi.
-
Shaxs va narsa nomini bildirgan soʻzlarga qanday soʻroq beramiz?
-
Qanday paytda kim? va nima? soʻrogʻini beramiz?
(Shaxslarga kim?, narsalarga nima? soʻrogʻini beramiz.)
III. Yangi mavzu bayoni.
Oʻqituvchi “Nomini bir soʻz bilan ayting” topshirigʻini berib, xona va yovvoyi gullarning rasmini oʻquvchilarga aralashtirib koʻrsatadi. Ularga gullarning yashash sharoitiga koʻra guruhlash topshirigʻini beradi. Oʻquvchilar magnit doskasidagi “Xona gullari” va “Dala gullari” deb yozilgan kartochkalar ostiga ikki ustun qilib rasmlarning mosini tanlab yopishtiradilar va nomini yozadilar. Oʻqituvchi bu ta’limiy oʻyinda ikkita guruhga berilgan soʻzlar soni bir xil boʻlishiga e’tibor berishi kerak.
Dala gullari: Nima? − binafsha, boychechak, lola.
Xona gullari: Nima? − kaktus, aloe, begoniya, akatsiya
Ular nimasi bilan bir-biriga oʻxshaydi. (Oʻsimlik, gullaydi, chiroyli gullar kishini zavqlantiradi, narsalarning nomi, nima? soʻrogʻiga javob boʻladi.) Ular bir soʻz bilan gullar deb nomlanadi.
Darslik bilan ishlash.
Oʻquvchilar 149-mashqni «5-ortiqcha» ta’limiy oʻyini orqali bajaradilar. Oʻyin sharti:
Oʻqituvchi doskaga beshta hayvonning rasmini yoki hayvon nomi yozilgan kartochkalarni iladi. Oʻquvchilar soʻzlar ichidan bitta ortiqchasini topishlari lozim.Topgan soʻzlari nima uchun ortiqcha va qanday soʻroqqa javob boʻlishini aytishlari kerak.
Namuna:
a) Tulki, maymun, boʻri,ayiq, sigir. ( sigir ortiqcha, u uy hayvoni.)
b) Qoʻy, echki, it, yoʻlbars, ot. ( yoʻlbars ortiqcha, u yovvoyi hayvon.)
Oʻqituvchi uy va yovvoyi hayvonlar yuzasidan savol-javob oʻtkazadi.
-
Siz nimalarning rasmini koʻrayapsiz?(hayvonlarning)
-
Bu hayvonlarni nima uchun uy va yovvoyi hayvonlar guruhiga ajratamiz? (yashash joyiga koʻra ajratiladi.)
-
Uy hayvonlarining nomini ayting.(qoʻy, echki, ...)
-
Yovvoyi hayvonlarning nomini bilasizmi?
Oʻquvchilar rasmda tasvirlangan hayvonlarning avval uy hayvonlari nomini, keyin yovvoyi hayvonlar nomini daftarlariga yozadilar.
Uy hayvonlari: sigir, it, ot, mushuk, …
Yovvoyi hayvonlar: yoʻlbars, maymun, ayiq,..
“Oʻz joyini top? “ ta’limiy oʻyini.
150-mashqda oʻqituvchi magnit doskasiga sigir, tuya, ot, qoʻy va boshqa uy hayvonlarining rasmini yopishtirib qoʻyadi. Buzoq, boʻtaloq, toychoq, qoʻzichoqlarning rasmini koʻrsatib, qaysi uy hayvonining bolasi ekanligini soʻraydi. Oʻquvchilar koʻrsatilgan rasm qaysi hayvonning bolasi boʻlsa oldiga yopishtirib qoʻyadi.
Hayvonlar nomini ularning bolalari nomi bilan yonma-yon yozish topshirigʻi beriladi.
Namuna: Sigir−buzoq, tuya−boʻtaloq, ot−toychoq, qoʻy−qoʻzichoq.
-
Mavzuni mustahkamlash.
“Non yopganda“ qoʻshigʻi DVD orqali eshittiriladi va qoʻshiq mazmuniga mos harakatlar bajariladi. (Oʻquvchilar oʻzlari ham qoʻshiqni kuylashlari mumkin) Oʻqituvchi non tasvirlangan rangli rasmlar orqali non haqida ma’lumot beradi:
-Non! Naqadar aziz soʻz! Uning zaminida hayot degan ma’no yotadi. Chunki u insonning yashashi uchun suv va havodek zarur. Oʻzbek xalqi nonni qadim-qadimdan ulugʻlab koʻzga surtgan. Non shunday sehrli narsaki, u bemorlarni tuzatadi,insonlar uchun koʻngilga urmaydigan yemak boʻladi, yoʻlda yurganda beminnat va foydali hamrohlik qiladi.
Dehqon yerda mehnat qilib, gʻalla ekib bugʻdoyni yetishtirishi, bugʻdoydan un qilinishi, undan novvoy xamir qorib, tandirda non yopilishi aytib oʻtiladi.Oʻqituvchi oʻquvchilarga quyidagi savolni beradi:
-Nonning dasturxonga kelguncha nechta kasb egasi mehnat qilar ekan?
Oʻquvchilar non tayyor boʻlguncha mehnat qiladigan kasb egalarini sanab beradilar. (Dehqon, tegirmonchi, novvoy,…)
Darslikdagi 151-mashq “Harflar nima deydi?” ta’limiy oʻyini orqali tushuntiriladi. Oʻqituvchi ushbu oʻyinda A-4 format qogʻozga chizilgan boshqotirmani oʻquvchilarga koʻrsatib, nonning dasturxonga kelguncha bosib oʻtadigan yoʻlni topishlari kerakligini aytadi.
Namuna:
u
|
|
|
gʻ
|
|
b
|
|
sh
|
|
|
|
x
|
|
|
|
r
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
y
|
|
|
|
m
|
|
y
|
s
|
|
|
|
n
|
|
|
|
n
|
Dostları ilə paylaş: |