174
- Detallarni ishlash qobiliyatini galvanik qoplamalar bilan tiklash
boshqa usullarga qaraganda quyidagi afzalliklarga ega:
detallarning strukturasi va mexanik xususiyatlariga ta‘sir etuvchi
termik ta‘sirning yo‗qligi;
- qoplamaning kerakli qalinligini katta aniqlikda vujudga keltirish;
- bir vaqtning o‗zida katta patiyadagi
detallarni ishlash imkoni-
yatlarini tiklash.
Galvanik qoplamalar bilan tiklashda ishlatiladigan ikkinchi tur
o‗tkazgichlar, ya‘ni kislota, ishqor, tuz va boshqa kimyoviy birikma-
larning suyuqlanmalari yoki eritmalari elektrolitlar deyiladi.
Elektrlitlar suvda eritilganda dissotsiatsiyalanadi – ularning mole-
kulyari ionlarga ajraladi. Musbat
zaryadli ionlar qotionlar, manfiy
zaryadli ionlar esa anionlar deb ataladi. Elektrolitlarning eritmalaridan
elektr toki o‗tkazilganda elektroliz sodir bo‗ladi (9.1-rasm).
Qotionlar manfiy zaryadli elektrodga–katodga. Anionlar esa
musbat
zaryadli
elektrodga-anodga
ko‗cha
boshlaydi.
Ionlar
elektrodlarga
yetib borib, ularga o‗z zaryadlarini beradida, atomlarga
yoki atomlar gruppalariga aylanadi, bunda
ionlarning zaryadlar bilan
bog‗lik bo‗lgan xususiyatlari yo‗qoladi. Neytral atomlar yoki atomlar
gruppasi eritmada ajralib chiqadi yoxud suv, elektrodlar materiali bilan
yoki bir-biri bilan reaktsiyaga kirishadi. Buning natijasida elektrolizning
yangi ikkilamchi mahsulotlari hosil bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: