188
G‗ovakli xrom qoplami mexanikaviy,
kimyoviy yoki elektrokim-
yoviy usullar bilan hosil qilinadi. Mexanikaviy usuldan foydalanilganda
detalni xromlashdan oldin uning yuzasida, yuzaga yuqori bosim ostida
qum yoki pitra purkash yo‗li bilan chuqurchalar yoki g‗ovaklar
hosil
qilinadi. Bunday yo‗l bilan tayyorlangan yuzaga qoplangan xrom
qatlami yuzasida ham notekisliklar bo‗ladi.
Xrom qoplamidagi g‗ovaklikni kimyoviy usulda sulfat kislota
ta‘sir ettirish yo‗li bilan hosil qilish mumkin. g‗ovakli
xrom hosil
qilishning elektrokimyoviy usuli eng ko‗p qo‗llanilayotgan usuldir. Bu
usuldan foydalanilganda xromlangan detallarga qo‗shimcha ravishda
anodiy ishlov beriladi.
Detallarning yuzalari oqizma xromlash usulida xromlanganda
(10.5-rasm), elektrolit vannadan kislotabardosh nasos vositasida taqsim-
lash kollektori orqali blok silindrlari ichiga beriladi, keyin esa elektrolit
xavol anod va tushirish trubaprovod orqali yana vannaga oqib tushadi.
Oqma
elektrolitda
xromlashda,
oshirilgan
zichlikdagi
tokdan
foydalanish mumkin. Bu usul qo‗llanilganda
talab etilgan sifat va
qalinlikdagi xrom qoplamalarini odatdagi yo‗l bilan xromlashdagiga
qaragada 6-8 marta tez hosil qilinadi.
Anodiy purkama xromlash usuli
detallar
sirtqi yuzalarining
ma‘lum joyini xromlashda qo‗llaniladi. Bu usul (10.6-rasm) detallarni
vannaga botirmay xromlash imkonini beradi va yirik o‗lchamli detallarni
xromlashda qo‗l keladi.
Bu usulda elektrolit xromlanadigan yuzaga maxsus nasadkaning
kesich orqali purkaladi. Nasadka bir vaqtning o‗zida
anod vazifasini
ham o‗taydi. Purkama xromlash usulidan foydalanilganda ham
oshirilgan zichlikdagi tokdan foydalanish mumkin.
Detallar yuzasini qattiq temir bilan qoplash usuli 1869-yilda rus
olimlari B.S.Yakovlev va Ye.I.Kleymanlar tomonidan ishlab chiqilgan
bo‗lib, bu usul birinchi bo‗lib, 1955-56-yillarda M.P.Melkov tomonidan
ishlab chiqilgan xlorli issiq elektrolitlar yordamida avtomobil detallarini
tiklash amaliyotida foydalanildi.
Ta‘mir ishlari uchun tarkibida turli organik qo‗shimchalar bo‗lgan,
ya‘ni, xlorli, sulfat kislotali va aralash elektrolitlar qo‗llaniladi.
Amaliyotda asosan tarkibida xlorlangan temir (FeCl
2
4H
2
O va HCl)
bo‗lgan xlorli elektrolitlar qo‗llaniladi. Bu o‗z
navbatida katta mexanik
189
va yoyilishga chidamli xususiyatlarga ega, qalinligi 1,0-1,5 mm bo‗lgan
mayda zarrachali qoplamni olishga imkon yaratadi.
Dostları ilə paylaş: