Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov


 Xromning detallar yuzasiga elektrolitik cho‘ktirilish jarayoni



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

9.3. Xromning detallar yuzasiga elektrolitik cho‘ktirilish jarayoni 
Xromlash protsessi elektroliz qonunlariga, ya‘ni o‗zgarmas 
tokning elektrolitlardan utishiga asoslangan. Tokning elektrolitdan o‗tish 
zaryadli zarrachalar–ionlarning siljishi bilan bog‗liq. Bundan elektr toki 
elektrolitga manbadan elektrodlar deb ataladigan o‗tkazgichlar orqali 
o‗tadi. Elektrolitlarda musbat va manfiy zaryadlar bir biri bilan 
uchrashadi va buning oqibatida zaryadsizlanish sodir bo‗ladi. Bunda 
ionlarning elektr zaryadi yo‗qoladi va ular elektrodlarga neytral atomlar 
tarzida 
o‗tiradi. Elektroliz protsessida katodda metall ionlar 
zaryadsizlanadi vnod metall esa eriydi va uning atomlari yangi ionlar 
hosil qiladi. Bu yangi ionlar eritmaga o‗tib, katodda ajralib chiqqan 
ionlar o‗rnini oladi. Elektrolitlar vazifasini tarkibida yuzasiga 
cho‗ktiriladigan metall ionlari bo‗lgan tuzlarning eritmalari, anodlar 
vazifasini esa qoplanishi kerak bo‗lgan metall o‗tadi. Xromlash 
erimaydigan anodlar ishlatiladi. 
Xromlashda metallning tok bo‗yicha chiqishi 12-15% ni tashkil 
etadi, holbuki boshqa tur elektrolitik protsesslarda chiqish 60-90% 


181 
bo‗ladi. Xromlash protsessi boshqa tur elektrolitik protsesslardan, 
masalan, mislash va nikellashdan boshqa xususiyatlari bilan ham farq 
qiladi. Bu xususiyatlar jumlasiga: 
-
erimaydigan anodlar ishlatilishi; 
-
tok zichligining yuqori bo‗lishi; 
-
sochish xossasining yomonligi kiradi. 
Xromlash protsessida qo‗rg‗oshin anodlar ishlatiladi. Bunda qo‗r-
g‗oshinning turg‗unligini oshirish uchun unga 5-10% surma qo‗shiladi. 
Eruvchan anodlar ishlatilmasligining sababi shuki, ular oson erib ketadi, 
buning oqibatida elektrolitda metallning tok bo‗yicha chikishi kama-
yadida, xrom ortib ketadi. Oqibatda vannaning normal ishlashi buziladi. 
Shunday qilib, xrom katodga elektrolitda xrom konsentratsiyasining 
pasayishi hisobiga o‗tadi. Shuning uchun elektrolitga vaqt-vaqti bilan 
xromat angidrid qo‗shib turiladi. 
Xromlashda ishlatiladigan tokning zichligi mislashdagiga yoki 
nikellashdagiga qaraganda birmuncha katta bo‗ladi. Mislashda yoki 
nikellashda zichligi 0,3–5,0 a/dm2 bo‗lgan tok ishlatiladi, tokning 
zichligi bunday bo‗lganda esa xrom detalga mutlaqo o‗tirmaydi. Shuni 
eslatib o‗tish kerakki, kichik zichlikdagi tok ishlatiladiganda metallning 
tok bo‗yicha chiqishi kamayib, xromning detalga o‗tirish protsessi 
cho‗zilib ketadi. 
Vannaning tarkibi va temperaturasiga qarab, 25-65 a

dm
2
chamasi 
zichlikdagi tok ishlatiladi. Dekorativ (bezak) maqsadlarida xromlashda 
tokning zichligi birmuncha kichik bo‗lib, taxminan 10-15a/dm

ni tashkil 
etadi. Tok zichligining kattaligi hamda vannaning tokning yomon 
o‗tkazishi kuchlanishning yuqoriroq bo‗lishini talab etadi. Boshqa 
elektrolitik protsesslarda tokning kuchlanishi 3-4 v bo‗lgani holda, 
dekorativ xromlashda 6-10 v kuchlanishli tok ishlatiladi. 
Elektorlitik qoplash protsesslarida qoplamning qalinligi detalning 
har xil kisimlarida turlicha bo‗ladi. har xil elektrolitlarning sochish 
xususiyati turlicha, ya‘ni ulardan hosil bo‗ladigan qoplamning tekislik 
darajasi har xil bo‗ladi. Xromli elektrolitlarning sochish xususiyati eng 
past. Elektorlitning sochish xususiyati anodlarning o‗lchamlari bilan 
shakllariga va ularning ishlash imkoniyati tiklanayotga detallarga 
nisbatan turish vaziyatiga (9.3-rasm), shuningdek, anod bilan katod 
orasidagi masofaga bog‗liq.


182 
Anodlarning shakli detal shakliga o‗xshash bo‗lsa, elektrolitning 
sochish xususityai ortadi, chunki bunda katod (detal) qismlari bilan anod 
oraligi deyarli bir xil bo‗ladi. 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin