Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov


Detallarni elektr yoyi vositasida payvandlash yo‘li bilan tiklash



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

6.2. Detallarni elektr yoyi vositasida payvandlash yo‘li bilan tiklash 
Elektr yoyi vositasida payvandlash gaz alangasida payvandlash 
kabi, eritib payvandlashga kiradi. Bunda elektrod bilan detal o‗rtasida 
hosil bo‗lgan elektr yoyi ta‘sirida detalning metali suyuqlanib, 
payvandlash amalga oshiriladi. 
Elektr yoyi vositasida payvandlashda, detal metali elektr yoyi 
ta‘sirida suyuqlantiriladi. Bundagi issiqlik manbai ionlashgan gazlar va 
materiallar bug‗i orasidagi elektr tokining turg‗un razryadi natijasidagi 
elektr yoyidir. Yoy ustunining markazidagi haroratning eng katta 
qiymati 6000 
0
C ga yetadi. 
Oddiy sharoitlarda elektrod bilan detal oralig‗idagi havoli (gazli) 
muhit elektr tokini o‗tkazmaydi. Gazli muhit tok o‗tkazuvchan bo‗lishi 
uchun uni ionlashtirish, ya‘ni mazkur gazli muhitda yetarli darajada 
ozod elektron va ionlar hosil qilish kerak. Elektr yoyi vositasida 
payvandlashda gaz oralig‗ining ionlash usuli va elektr yoyining hosil 
bo‗lishi quyidagicha sodir bo‗ladi. 
Elektr payvandchi elektrodni detalga teg‗izishi bilan elektr yoyi 
yonganda elektrod uchi biian detal yuzasi orasida nozich kontakt hosil 
bo‗ladi, natijada eleklrod uchining detal yuzasiga tegib turgan nuqtasi 
yuqori haroratgacha qizib ketadi. Payvandchi elektrodni detaldan 
ajratgan paytda detal bilan elektrod orasidagi havoli muhit tok 
o‗tkazuvchi bo‗lib qoladi, chunki bu oraliq metall bug‗i va gazlarning 
ionlashgan zarrachalari bilan to‗yingan bo‗ladi. Shu sababli, elektrod 
bilan detal orasidan elektr toki uzluksiz o‗taveradi va elektr yoyining 
yonishi uzluksiz davom etadi. Elektr yoyi zaryadi haddan tashqari 
yorug‗ nurlanishi va yuqori haroratga (6000-7000°C) ega bo‗ lishi biian 
ajralib turadi. 
Avtomobil detallarining ishlash imkoniyatini elektr yoyi vositasida 
tiklashda, rus injeneri N.G.Slavyanov kashfiyotidan keng ko‗lamda 
foydalaniladi (6.1-rasm).
Elektr yoyi bilan payvandlashda, hosil bo‗ladigan to‗la issiqlik 
quvvatining (q) asosiy qismi bo‗lgan, samarali issiqlik quvvati (q
e

payvandlash uchun sarflanadi. Samarali issiqlik quvvatining, to‗la 
issiqlik quvvatiga nisbati payvandlashdagi foydali ish koeffitsiyentini 
tashkil qiladi. 


111 
q
q
э
э


- ko‗mir elektrodlar yordamida ochiq yoy bilan
payvandlashda
-0,5-0,65; 
- qoplamali donali elektrodlar yordamida
payvandlashda
-0,7-0,85; 
- argon ostidagi yoy bilan payvandlashda 
-0,5-0,60; 
- flyus ostida payvandlashda 
-0,85-0,93 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin