Turkuy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi


Amaliy mashg‘ulot mavzulari



Yüklə 266,5 Kb.
səhifə20/40
tarix12.05.2022
ölçüsü266,5 Kb.
#115826
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40
portal.guldu.uz-TURKUY TILLARNING QIYOSIY-TARIXIY GRAMMATIKASI

Amaliy mashg‘ulot mavzulari

Turkiy tillarning shakllanishi va taraqqiyoti.

Turkiy tillarni qiyosiy-tarixiy o‘rganish. XIX asrning oxiri va asosan XX asrning birinchi yarmida hind-ovro‘pa, fin-ugor va boshqa til oilalari qiyosiy grammatikalari manbaida vujudga kelshi. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik oldiga qo‘yilgan asosiy tamoyillar. hozirgi turkiy tillar qiyosiy grammatikasining maqsad va vazifalari, mazmun va mundarijasi. Quyidagi tamoyillarni o‘rganish:

1) qiyoslanayotgan tillarning qarindoshlikka asoslangan umumiyligini aniqlash bu tillarning bir asos-tildan tarqalganligini belgilashning zaruriy sharti ekanligi;

2) qiyoslashni induktiv va diduktiv uslub (oddiydan murakkabga, faktlardan ilmiy xulosalarga tamoyili)da olib borish;

3) qiyoslashda qiyoslanayotgan tillarning eng qadimgi leksik qatlamiga (qarindoshlik atamalari, tub sonlar, o‘zak fe’llar kabi) tayanish;

4) qiyoslanayotgan tillar leksik qatlamidagi so‘zlarning grammatik shakllanishidagi umumiylik, o‘xshashliklarni belgilash;

5) qiyoslashda so‘z va grammatik shakllarning tovushlar tizimini asosga olish, bunda tarixiylik tamoyiliga tayanish;

6) qiyoslanayotgan so‘z va grammatik shakllarning etimologik tahliliga alohida o‘rin berish.




Yüklə 266,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin