7-jadval Raqobat atamasiga turli mualliflarning ta’riflari
Mualliflar
Ta’riflar
O‘zbekiston Respublikasi-ning “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni
Raqobat – xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning (raqobatchilarningларнинг ()обат шириш) musobaqalashuvi bo‘lib, bunda ular-ning mustaqil harakatlari ulardan har birining tovar yoki moliya bozoridagi muomalasining umumiy shart-sharoitlariga bir tomonlama tartibda ta’sir ko‘r-satish imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi.
F.Nayt
Raqobat - bu raqobatlashuvchi birliklar ko‘p va ular mustaqil bo‘lgan holatdir.
K.R.Makkonel, S.L.Bryu
Raqobat - bu bozorda ko‘p miqdorda mustaqil xaridor va sotuvchilarning mavjudligi, xamda ularning bozorda kirish va chiqishlarining erkinlik jarayonidir.
Raqobat - bu shunday jarayonki, uning yordamida odamlar o‘zaro bilim almashadilar. Bozorda faqat raqobat tu-fayli maxfiy narsalar oshkor bo‘ladi.
M.Porter
Raqobat - bu rivojlanayotgan, uzluksiz o‘zgarib turuvchi landshaft bo‘lib, u erda yangi tovarlar, marketingning yangi yo‘llari, yangi ishlab chiqarish jarayonlari va yangi bozor segmentlari paydo bo‘ladi.
A.YU.YUdanov
Raqobat - bu korxonalarning iste’molchining to‘lovga qobiliyatli, chegaralangan talabi hajmi uchun kurashidir.