Turopereyting


Turistik marshrutlar mavzularining tur



Yüklə 406,27 Kb.
səhifə39/125
tarix10.12.2023
ölçüsü406,27 Kb.
#139569
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   125
Turopereyting

6.2. Turistik marshrutlar mavzularining tur
nomlarini anglatishi
Turistik marshrutlarni tarixiy va diniy ziyoratgoh turizmi jihatidan ta’riflashda bu ikkala turning biri-biri bilan bog‘langanligi hisobga olinadi. Aslini olganda ham bu ikkala turni ajratib bo‘lmaydi. Bu holat ko‘p hollarda turistning talabi bilan bog‘liq bo‘ladi. Aniqrog‘i xalqaro turistlar biror joydagi diniy ziyoratgohlar, diniy rahnomalar daxmalarini ziyorat qilganda bu rahnoma faoliyati, tarixi bilan ham qiziqishadi. Ba’zi turistik marshrutlarda nomoz amallarini bajarish sharoitlarini talab qilib qolishi mumkin. Bunday hollarda marshrutda qatnashuvchi gid-tarjimon tarixiy jihatdan kuchli bilimga ega va talab qilingan sharoitlarni tezkor usulda yaratish tajribalariga ega bo‘lishi talab etiladi. Mahalliy turizm sayyohlari esa aksariyat hollarda faqat ziyoratni ijro etishib uning tarixi bilan qiziqmaydi.Tarixiy va diniy turizm marshrutlarini ishlab chiqishdagi tayyorlangan buklet, marshrut dasturida diniy ziyoratgoh maskani va bu maskanning yuzaga kelishidagi tarixiy davrlar haqida juda qiziqarli, qisqa-qisqa ma’lumotlar albatta turistni qiziqtiradi.
E’tibor qilsak, har qanday turistik resursning o‘ziga xos tarixi mavjud bo‘ladi. Turizmdagi barcha turlarga turistik marshrutlar ishlab chiqqanda turoperator bu savolga albatta marshrutda javob topishi lozim bo‘ladi. Shuning uchun ham turistik marshrutlar mavzusini nomlash, belgilash asosan turistik resurs-makon nomi bilan ataladi. Masalan, Registon ansambli, Shohizinda yoki Amir Temur daxmasiga ishlab chiqilgan marshrutlar ana shu tarixiy obidalar nomi bilan atalishi hammaga ayon albatta.
Bu marshrutlarda ba’zi turistlar (asosan islom dinidagi) birinchi navbatda ziyorat bilan shug‘ullanishadi va qur’on oyatlaridan duolar o‘qishadi. Keyinchalik esa bu ziyoragoh tarixi bilan qiziqishi mumkin. Ikkinchi xil turistlar (islom diniga e’tiqod qilmagan) dastlab ushbu turistik makonni tomosha qilishadi va keyin uning tarixi bilan qiziqishadi.
Qayd qilinganlardan xulosa qilish mumkinki, turistik marshrutlarning deyarli barchasi turning mavzulari balan nomlanadi tarixiy obidalar, ziyoratgoh joylar hamisha, deyarli bir mavzuli turistik marshrutlarning mazmunini tashkil qiladi.
Turistik marshrutlarni rekreatsiya va ekologik turizm talablari asosida ishlab chiqilganda ham bu ikkala turning biri-biri bilan chambarchas bog‘liq ekanligini hisobga olishi kerak. Ekologik turizm resurslari bu-tabiatning betakror ko‘rinishlari, biologik xilma-xillik, biologik resurslar, tabiiy mintqalarning o‘ziga xos iqlim sharoitlariga qiziqish hisoblanishi turizm sohasidagi mutxassisliklarga ham, ekoturizmga qiziquvchilarga ham ma’lum turistik tur hisoblanadi.
Rekreatsiya turizmi (rekreatsiya–dam olish,tiklanish) esa tabiatning o‘ziga xos mikroiqlimiga ega bo‘lgan so‘lim go‘shalarida (buloqlar, shifobaxsh suvli buloqlar, dorivor xususiyati bo‘lgan daraxtzorlar, soylar, daralar va hokazo) turistlarning dam olishi hisoblanadi. Rekreatsion turizm va ekologik turizm alohida-alohida turlar hisoblanadi. Lekin e’tibor berish lozimki, rekrea sion turizm resurslarining asosiy qismi tabiat landshaftlarida joylashgan (tog‘larda, tabiat mintaqalarida, suv havzalarida, daryolarning sohillarida va hakozo.). Ekskursiya turizmi marshrutlarini ishlab chiqishda albatta ekologik turizm marshrutlaridagi talablar qo‘yiladi. Aniqrog‘i, rekreatsiya turizmi marshrutlarini ekologik turizm marshrutlari deb atash ham to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki, dam olish maskaniga turist faqatgina tabiat resurslari orqali etib boradi va dam olish vaqtida ham albatta atrof tabiiy muhitni ko‘rish uchun kunlik ekskursiyalarga chiqadi.
Qayd qilinganlarni hisobga olsak, turistik resursga turizm marshrutlarini ishlab chiqishda turistik resursdan majmuali foydalanish tomonlarini ham hisobga olish to‘g‘ri yondashish bo‘ladi. Eng muhimi shundaki, turistik marshrut dasturi marshrut atrofidagi barcha qiziqtiruvchi ob’ektlarni qamrab olishi lozim. Turistik marshrutda turistni qiziqtiruvchi, uni to‘xtatib tomosha qildiruvchi resurslari qanchalik ko‘p bo‘lsa ushbu marshrutga talab ham ko‘payadi, turistik oqim hajmi oshadi.
Ishlab chiqarishda g‘oya va nazariyalarning shakllanishida ishlatiladigan prinsip so‘zi asos, talab, negiz ma’nolarini anglatgani uchun davlat tilida tamoyil deb tarjima qilingan. Turistik marshrutlar ishlab chiqishning asosiy prinsiplarini (tamoyillarini) ana shu marshrutlar ishlab chiqishdagi birlamchi talablar, mezonlar deb qabul qilsak bo‘ladi. Hozirgacha turistik marshrutlar ishlab chiqishning 7 ta tamoyili-talabi bor. Bu tamoyillarni turistik marshrut ishlab chiqishdagi asosiy talablar sifatida biror bir olim yoki turizm mutaxassisi taklif qilmagan. Balki, turistik marshrutlar ishlab chiqishdagi yo‘l-yo‘lakay kuzatuv, talab, amaliyot, o‘y-fikr va takliflarni jamlagan mutaxassislarning umum xulosaviy, ijodiy qarashlaridir.
Turistik marshrutlar ishlab chiquvchi bu tamoyillarni qo‘llaganida marshrutga kiritish ob’ektlari, shart-sharoitlar, turistlar yoki xizmat qiluvchilarning, mahalliy aholining takliflari yoki talablari bilan boyitib, mukammallashtirib borishi mumkin. Eng avvalo yaxshi anglab olish lozimki, turistik marshrut ishlab chiqish ma’lum bir nazariya yoki biror bir standart yoki qolipga bo‘ysunmaydi. Turistik marshrutlarga bo‘ysunadigan standartlar marshrutlarning texnik jihatlaridir.
Turistik marshrut ishlab chiqish bu-ma’lum turistik ob’ekt, resursga turistlarni jalb qilishdagi eng birinchi harakatdir.




Yüklə 406,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin