6.1. Turistik marshrutlarni ishlab chiqish usullari
Turistik marshrutlarni ishlab chiqishda turli uslubiy yondashishlarni hisobga olish talab qilinadi. Turizm sohasi dastlabki rivojlanish davrida turistik marshrutlar ham, turistik ekskursiya marshrutlari ham asosan og‘zaki tashkil qilinadi va aniqrog‘i og‘zaki dasturga asosalanib o‘tkazilaveradi. Bunday holatlarda turist o‘zi ko‘rishni, borishni istagan turistik ob’ektni tavsiya qiladi va unga ko‘rsatiladigan xizmatlarning barchasi rejalashtirilgan og‘zaki dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Turizm rivojlana borgan sari turistlarga bunday usullarda xizmatlar ko‘rsatish samara bermay qoladi. Chunki, birinchidan, turistlar oqimining ko‘payishi, ikkinchidan, barcha turistlarga og‘zaki xizmatlar ko‘rsatishga vaqt etishmaydi. Uchinchidan, zamonaviy vaqt talabi bo‘yicha hozirda juda ko‘plab turistlar o‘zi qiziqgan turistik ob’ektlarga oldindan buyurtmalar berishga odatlangan.
Shuning uchun ham mamlakatimizda turistlarga og‘zaki va’dalar berish va og‘zaki usullarda turistik marshrutlar xizmatlarini ko‘rsatish davri tugadi. Odatlanganimizdek, hozircha ichki turistlarga og‘zaki turistik marshrutlar xizmatlarini ko‘rsatishimiz mumkin. Chunki, ichki turistlar shu sharoitlarga hozircha o‘rganishgan. Hozirgi zamonaviy turizmda, ayniqsa xalqaro turistlarga mukammal rejali, dasturli turistik marshrutlarni ishlab chiqishimiz talab qilinmoqda.
1-rasm. Turistik marshrutlarni ishlab chiqish usullari.
Umumiy qilib olganda turistik marshrutlarni ishlab chiqish 3 usulda amalga oshiriladi. Bu usullarning barchasida turistik marshrutlar ishlab chiqish faqat bir tizim talablari asosida amalga oshiriladi. Aniqrog‘i, turistik marshrutlar ishlab chiqish texnologiyasi bir usulda mavzulari turlarning talablariga rioya qiladi (1-rasm).
Mavzuli usul. Turistik marshrutlarni ishlab chiqishda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul mavzuli usul hisoblanadi. Turistik resurslarning barchasi ma’lum bir tizimda (sistemada) turganligidan, aniqrog‘i nomlani shi bo‘yicha turlarga ajratilgan. Masalan: ekologik turizm, diniy-ziyoratgoh turizm, sport turizmi va hakozolar. Qayd qilingan nomlanishlardan ma’lum bo‘ladiki, ekologik turizm marshrutlari tabiat landshaftlari va uning biolo gik resurslari bilan bog‘liq.
Shuning uchun ham ekologik turizm marshrutlari ning barchasi tabiat resurslari va uning turlari nomi bilan ataladi. Masalan, «Tabiat qo‘riqxonasining hayvonot olami», «Tabiat qo‘riqxonasi ning o‘simliklar dunyosi». Bu mavzulardagi turistik marshrutlarni qo‘riqxona dagi ushbu turistik ob’ektlarga qiziqgan turistlarning o‘zlari tanlashadi.
Ekologik turizm marshrutlari alohida tabiiy landshaftlarga ham ishlab chiqilishi mumkin. Shuningdek, ekologik-rekretsiya mavzusida ham majmuali holatda ishlab chiqilishi mumkin. Masalan, qo‘riqxonalarda ishlab chiqilgan turistik mashrutlarni ekologik turizmning majmuali marshrutlari deb atasa to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki, qo‘riqxonada turist tabiatni va uning biologik xilma-xilligini majmuali holda (o‘simliklar, hayvonlar, qushlar, soylar, daralar, o‘rmonlar, suv havzalari va hakozolar) tomosha qilishadi, dam oladi-rekreatsiya. Shuning uchun ham turizm marshrutlar ishlab chiqish asosiy holatlarda turistik resurs nomi bilan nomlanadi.
Dostları ilə paylaş: |