Turopereyting



Yüklə 406,27 Kb.
səhifə34/125
tarix10.12.2023
ölçüsü406,27 Kb.
#139569
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   125
Turopereyting

Faddey Bellinsgauzen (1778-1852). XVIII asrning ikkinchi yarmida janubiy qutbni tekshirgan ingliz sayyohi Jeyms Kuk doimiy muzliklar o‘lkasi janubga suzib borish mumkin emas degan fikrni aytgan edi. Mashhur dengizchi sayyohni bilgan dengizchilar uning gapidan keyin qariyib 45 yil janubiy dengizga qilinadigan sayohatlarni to‘xtatib qo‘ygan edi.
Rus dengizchi olimi F.Bellinsgauzen boshchilik qilgan birinchi rus Antarktika ekspeditsiyasi J.Kukning xulosalari noto‘g‘ri ekanligini isbotladi. Rus sayyohi Antarktika qirg‘oqlari bo‘ylab aylanma sayohat qilib, birinchi bo‘lib uning yaxlit materik ekanligini butun dunyoga ma’lum qilgan.U 1819 yilning 4 iyunida Kronshtadtdan yo‘lga chiqib, 2 noyabrda Rio-de-janeyro ga etib keldi va 1821 yilning 24 iyunida Kronshtadtga qaytib keldi. Bu davrda u 20 ta yangi orollarni xaritaga tushirdi.
F.Bellinsgauzen ekspeditsiyasining safari insoniyat tarixidagi eng muhim va eng qiyin safar ekanligi alohida qayd qilingan. Oltinchi materikni kashf qilgan olimning xulosalaridan keyin janubiy materikni tadqiq qilish ishlari yana boshlanib ketdi.
Arminiy Vamberi (1832-1913). 1863 yilda A.Vamberi vengriya fanlar akademiyasi mablag‘i hisobiga millati turk bo‘lgan Rashid afandi nomi bilan sayyoh darvish qiyofasida O‘rta Osiyoga safar qilish maqsadi bilan Eronga keladi. U erda Makka ziyoratidan qaytayotgan karvonga qo‘shilib Isfahon, SHeroz va Mozandaron orqali Kaspiy dengizining shimoliga yo‘l oladi, Qoraqum cho‘li orqali Xorazmga etib keladi. Shundan so‘ng u Qizilqum cho‘li orqali Buxoro, Samarqand, Qarshi, Kerki, Andxoy, Maymana, Hirot, Mashhad orqali Tehronga qaytadi.1864 yilda A. Vamberi “O‘rta Osiyo bo‘ylab sayohat” kitobini e’lon qilgan. Yevropada sharqga qiziqishning kuchliligidan bu asar barcha Yevropa tillariga tarjima qilingan.
Fritof Nansen (1861-1930). Shimoliy muz okeanini va eng katta muz oroli–Grenlandiyani va janubiy qutbni tadqiq qilgan mashhur norveg olimi, sayyohi.
Robert Skott (1868-1912). Antarktika materigini o‘rganishda katta tadqiqotlarni amalga oshirgan va janubiy qutbga Rual Amundsendan keyin ikkinchi bo‘lib etib borgan buyuk ingliz sayyohi. Janubiy qutbdan qaytishda halok bo‘lgan. U birinchi bo‘lib Antarktika materigining muzsiz vodiysini topgan va xaritaga tushirgan. Antarktikaning ko‘plab orollarini kashf qilgan.

Yüklə 406,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin