Turopereyting


Ovqatlanish va maishiy xizmatlar



Yüklə 406,27 Kb.
səhifə58/125
tarix10.12.2023
ölçüsü406,27 Kb.
#139569
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   125
Turopereyting

Ovqatlanish va maishiy xizmatlar:
sifatli ovqatlar va bir maromdaliligi;
shaxsiy gigiena uchun barcha predmetlar va sharoitning bo‘lishi;
maishiy asbob–uskunalar, televizor, radio, fen, elektr ustara, mikro to‘lqinli pech, kir yuvish mashinasidan foydalanish imkoniyatlari va boshqalar.
O‘zbek tilidagi «xavf» so‘zi hozirgacha rus tilidagi «risk» so‘zining tarjimasi deb tushuniladi. «risknut», «riskovat»–fransuzcha–«risquer»– tavakkal qilmoq atamasini bildiradi. Rossiyalik olimlarning yozishicha risk so‘zi ispan–portugal so‘zlaridan rus tiliga kirib kelgan va tarjimada –«skala»–qoya ma’nosini anglatadi. Bu so‘z dengiz suzuvchilari muloqotlaridan kelib chiqib–risk–skala–qoya–kemalar suzishi uchun xavfli, xavf xabarini bildirgan.


3-rasm. Turistik muhitning hosil bo‘lishi
Ko‘rsatiladigan turistik xizmatlar odatdagi tur sharoitlarida ham, kutilmagan, favqulodda hosil bo‘lgan (tabiiy iqlimiy hodisalar, harakat lar va boshqalar) vaziyatlarda ham turistlarning sog‘ligi va hayotiga xavfni pasaytirib xavfsizlik darajalariga tushiirishning uddasidan chiqishlari, xavfni bartaraf qilish imkoniyatlari bilan ta’minlanganliklari bo‘lishi kerak.Xavf–kutilmagan hodisa bo‘lib turistlarning hohish-e’tiboridan chetda, qo‘qisdan ularning sog‘ligi va hayotiga xavf soladi.
Turistik xavf tushunchasida turmahsulotni, hizmatlar ko‘rsatishni iste’mol qilayotgan turistlarning sog‘ligi va hayotiga rahna soluvchi xavflarni tushunamiz (4-rasm) Shunday qilib, turistik xavf faqat tushuncha emas balki, turistik faoliyatning xususiyatlari, belgilari va ko‘rinishi, hodisalari hisoblanadi.


4-rasm. Turistik mahsulot tarkiblarida turistik xavflarning
mavjudligi

Turda turistlarning sog‘ligi va hayotiga xavf soluvchi vaziyatlar va omillar turistik–ekskursiya xizmatlarini ko‘rsatishning qo‘yidagi hisobga olinmagan sharoitlarida qo‘qisdan yuzaga chiqadi:


Turning dasturini tuzishda, ishlab chiqishda hisobga olinmagan xavf manbalarining mavjudligiga e’tibor bermaslikdan;
Aniq ta’sir qilish manbalari darajasining kuchayib ketishi (masalan, sekin yog‘ayotgan yomg‘irning jalaga, do‘lga aylanib ketishi, sanitariya–epidemiologiya vaziyatidagi kutilmagan axborotlar va boshqalar);
Ba’zi bir turistlarning turdagi dastur me’yorlariga rioya qilmasdan o‘zboshimchalik bilan qilgan hatti harakatlari natijasida kelib chiqadigan xavflar natijasida tur dasturining buzilishi (turistik jamoaviy xavflar).




Yüklə 406,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin