Nazorat topshiriqlari: 1.Ogahiy hyoti haqida nimalar bilasiz?
2.Ogahiy yashagan davr ijtimoiy siyosiy muhiti qanday edi?
2- asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi: Ogahiyning lirikasi haqida ma’lumotga ega bo’la oladi.
Identiv o’quv maqsdlari: 1. Ogahiy lirikasi haqida gapiradi.
2. Ogahiyning asarlari haqida ma’lumotga ega bo’ladi.
2- asosiy masalaning bayoni: Ogahiy vafotidan bir-ikki yil oldin o’z she’riy asarlarini “Ta’viz ul-oshiqin” “Oshiqlar tumori” deb nomlangan devoniga jamlaydi. Shoir devoni, alohida ta’kidlash lozimki, o’z tarkibiga ko’ra adabiyotimiz tarihida tartib tartib berilgan devonlarning eng mukammallaridan biridir. Unda ko’p asrlik milliy she’riyatimizda ishlangan g’azal, ruboiy, muxammas, masnaviy, tuyuq, qasida, chiston, qit’a kabi barcha she’riy turlarning etuk namunalarini uchratamiz.
Shoir g’azalchilikda, xususan, ulug’ Navoiy an’analarini davom ettirib, ijodiy yuksaklikka ko’tarildi. Ogahiy taxallusi bilan muxrlangan bir-biridan go’zal, bir-biridan dilbar necha yuzlab g’azallar she’riyatimiz rivojiga jiddiy ulush bo’lib qo’shildi.
Insoniy ishq-muhabbat mavzui Ogahiy g’azaliyotining etakchi mundarijasidir. Shu bois shoir tomonidan devonida bitilgan har bir g’azalning ishq chamanzorning sho’x ohulariga qiyoslanishi bejiz emas:
Ish xurram murg’zorining g’azali sho’hidur, Har g’azalkim, Ogahiy, sabt o’ldi davonim aro. Shoirning g’azallarida xuddi o’tmish she’riyatimizda bo’lganidek, insoniy munosabatlar, ishq-muhabbat, sevgi-sadoqat, visol lazzatlari va hijron azob uqubatlari kabi hayotiy muommolar badiiy tahlil etiladi. Ammo, yangicha, ta’bir joiz bo’lsa, ogohona nazar va yondashuv bilan, ogohona baho-mezon bilan rango-rang jilo va tovlanishlarda qalamga oladi.
An’anaviy mavzu bo’lgan ishq-muhabbatning barcha oshkor -pinhon qirralari shukronalik va nadomat, umid va talpinish kabi rang-barang ichki kechinmalar, turli-tuman she’riy misralar qanotida o’quvchilar qalbiga ko’chadi.
Ogahiy g’azallarining deyarli barchasida nihoyatda go’zal, husnu latifatda barkamol ayol va unga chin sevgi izhor etuvchi, o’z muhabbati yo’lida har qanday qiyinchiliklarga bardoshli oshiq siymolari turadi. Shoir ma’shuqaning maftunkor tashqi qiyofasini, yoqimli nozu istagini va dil o’rtovchi ishva-karashmalarini o’ta mubolag’a hamda nozik tashbehlar qo’llab ta’sirchan bo’yoqlarda chizadi. Oshiq esa, sevgisiga sodiq, yor lutfu karamidan umid uzmaydi, u barcha g’ov sinovlardan o’tishga tayyor, u tinimsiz ma’shuqa vasliga talpinadi, rashk otashida qovriladi. Shoir talqinida oshiq or-nomusli, to’g’ri so’z, go’zallikka shaydo halol shaxs timsoli. Ammo uning toei past, qadr-qimmatli, his tuyg’ulari toptalgan, u tortayotgan azob-uqubatlar va to’kayotgan ko’z yoshlarning, chekayotgan fig’onu nolalarning adog’i yo’q:
Ashkima kanora yo’q! Ohima shumora yo’q! Dardi dilima chora yo’q! Man kabi bahti qora yo’qi Bunday ayanchli ahvolni u taqir norasoligi va “baxtining uyquda” ligi bilan, charxning zo’ravonligi va falakning zulmkorligi bilan izohlaydi, hamda zamona va ahli zamon adolatsizligidan shikoyat qiladi. Ammo, Ogahiyning barcha ishqiy g’azallarida bevafo ma’shuqa va rad qilingan oshiq siymolari tasvirlanadi, faqat tushkun kayfiyat va nola-shikoyat ustunlik qiladi, deyish to’g’ri emas.
”Taviz ul-oshiqin” devonida shunday namunalar borki, go’zal ma’shuqa ham, oshiq ham yangi bir qiyofada namoyon bo’ladi: mashuqa mehribon, vafodor, oshiq esa nihoyatda bahtli, hayotdan, taqdirdan rozi. Son jihatdan ko’p bo’lmagan bu tur g’azallarda hayotsevarlik, ko’tarinki ruh, shukronalik hukmron o’rniga ko’tariladi. Visol lavhasini Ogahiy katta badiiy mahorat bilan tasvirlaydi lirik “men” –oshiqning bayramona kayfiyati, rihiy qoniqish, nutqidagi quvonch ohang g’azalxonga ham to’la ko’chadi, uni ham zavq-shazqqa keltiradi, ruhlantiradi.
Mujda, ey shaydo ko’ngulkim, keldi jononim bu kun Etti maqsudu murodiga hozin jonim bu kun bilan boshlanuvchi g’azal xuddi shunday namunalar jumlasiga kiradi.Ijobiylik tasdig’i, hayotsevarlik g’oyalari Ogahiy devonidagi bahor, Navro’z, iydi ramozon va qurbon hayiti mavzulariga bag’ishlangan she’rlarida ham old o’rniga chiqadi. Bunday namunalar shoir merosida ancha-muncha .Bu guruhga hayot, bahor va go’zallik ramzi gul hamda bulbul ta’rifidagi g’azal, ruboiy va masnaviylarni ham kiritish o’rinli. Bahor, shuningdek, Navro’z shoir talqinida uyqusida yotgan jumla borliqqa qayta jon, yangi ruh bag’ishlab « er yuzin jannat ul-ma’vo »ga aylantirgan, butun tabiatiga « o’zgacha tarovat » bahsh etgan mo’jiza. « Mahzun ko’ngullarga farah » etkazgan, « tong nasimini gulshanda bozigar (raqqosa) etgan », « yuz gulni ochib, ming sarvni xurram aylagan », « bo’stonlar ichra obi hayvondek suzuk suvlarni har taraf ravon » jildirgan, « jonfizo el esib borliqqa toza-yangi jon » bag’ishlab, « bulbulu qumrini volayu shaydo » qilgan bahor va navro’z ogahiyning ta’sirchan misralari vositasida o’quvchilarni o’ziga rom qiladi, ko’nglida nozik his-tuyg’ular uyg’otadi.
Sharqning barcha buyuk daholari kabi Muhammad Rizo Ogahiy ham qomusiy bilim sohibi bo’lgan. Qariyib ellik yil davomida ijodiy-ilmiy faoliyat ko’rsatgan Ogahiy faqat adabiyot - she’riyatdagina emas, balki, tarixnavislik va badiiy – ilmiy tarjima sohalarida ham qalam tebratib, nihoyatda salmoqdor meros qoldirdi. Ilmiy va badiiy qimmati yuksak saviyada bo’lganda bu meros hajm va qamrov jihatdan ham hayron qolarlik darajada ulkandir.