Учебно-методический комплекс по курсу «Литература джадида» предназначен для студентов, обучающихся по направлению- 5220100- филология



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə107/150
tarix24.10.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#118541
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   150
portal.guldu.uz-“O’ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI” fanidan o’quv-uslubiy majmua

Asosiy savollar :
1. Ogahiy hayot yo’li.
2. Ogahiy lirikasi.
3. Ogahiy tarihnavis.


Mavzuga oid tayanch tushunchalar : “Riyoz ud-davla” ,”Zubdat ut-tavorix” , “Jome ul-voqeot”, ”Gulshani davlat”, Qiyot, “Taviz ul-oshiqin”.


1- asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi: Ogahiy hayot yo’li haqida ma’lumot berish.
Identiv o’quv maqsadlari :
1. Ogahiyning hayoti haqida gapiradi.
2.Ogahiy yashagan davr ijtimoiy siyosiy muhiti.
1- asosiy savolning bayoni:
Ogahiy tahallusi bilan qalam tebratgan Muhammad Rizo Mirob Erniyozbek o’g’li ko’p asirlik adabiyotimiz va boy madaniyatimizning eng yorqin namoyondalaridan biridir.Chin ma’noda qomusiy bilim va noyob is’tedod namoyish etgan Muhammad Rizo ulug’ Alisher Navoiy an’anlarini davom ettirib, sharq she’riyatining amaliyotidagi barcha shakl turlarida barakali ijod qilgan .Sohibi devon shoir, Sa’diy, Nizomiy, Hiloliy, Jomiy kabi yirik forsiyzabon ijodkorlarning yigirmaga yaqin nasriy va nazmiy asarlarini ona tilimizga mahorat bilan o’girgan buyuk tarjimon hamda “Riyoz ud-davla” , ”Zubdat ut-tavorix” , “Jome ul-voqeot” , “Gulashani davlat” , va “Shahid ul-iqbol” nomli besh ulkan tarixiy asar yaratgan olim sifatida milliy adabiyot va ijtimoiy faoliyati bilan zamondosh ijodkorlar va fazlu hunar ahliga katta ta’sir ko’rsatdi.
Muhammad Rizoni,hijriy 1224-milodiy 1809-yilda xiva yaqinida Qiyot qishlog’ida ma’rifatli va badavlat oilada dunyoga keldi.O’zining fahr bilan guvohlik berishicha, uning ota-bobolari uzoq yillar davomida xonlikda miroblik mansabini egallab kelganlar. Xususan,Xorazm sharoitida miroblik davlat ahamiyatiga ega bo’lgan juda nufuzli va ayni zamonda, ma’sulyatli vazifa bo’lgan .O’qimishli oila Muhammad Rizo tarbiyasiga jiddiy e’tibor beradi. Uning o’zida ham o’qishga intilish, ilm va hunar egallashga rag’bat juda kuchli bo’lgan. Ayniqsa adabiyot va tarixga qiziqish, she’riyat bo’yicha bahs-yig’inlarga havas yoshligidanoq uni olim-u shirlar davrasiga tortar edi.
Maktab va madrasadagi tahsil yillarida u o’tmish boy adabiyotimiz bilan chuqur tanishadi, she’riyatga ixlos qo’yadi, o’zi ham qalam tebrata boshlaydi, fors tilini mukammal egallab, forsiyzabon ijodkorlar meroslarni ham mutolaa qiladi. Ammo, yosh Muhammad Rizoni otasi vafotidan keyin bo’lajak shoir hayotida mashaqqatli kunlar boshlanadi, tirikchilik tashvishlari, oila tebratish majburyati uni ham ruhiy hammoddiy qiyinchiliklar bilan yuzma-yuz to’qnashtiradi.
Shunday og’ir kunlarda yosh Muhammad Rizoga amakisi Shermuhammad Munis yordam qo’lini cho’zadi, unga otalik va ustozlik qiladi, moddiy va ma’naviy yordamni ayamaydi. Bu yillarda Shermuhammad xonlikda shuhrat qozongan shoir, tan olingan tarixchi olim va ayni zamonda, obro’lik davlat arbobi-bosh mirab edi. Muhammad Rizoning, xususan, is’tedodli shoir va yirik tarixchi olim bo’lib kamol topishida Munisning hizmatlari chindan ham katta bo’ldi. Munis o’z xonadonida va boshqa davralarda zamonasining yirik qalam ahli va fozillari ishtirokida muntazam o’tkaziladigan she’riyat yig’inllariga, ilm-u fan bo’yicha suhbat-bahslariga Muhammad Rizoni ham faol qatnashtirib, davr adabiy va ilmiy hayotiga tortadi, undagi tug’ma qobilyatning namoyon bo’lishiga unumdor sharoit yaratadi. Tug’ma qobilyat va ana shunday sharoit, tinimsiz mutolaa va tirishqoqlik, shuningdek Munisning ustozlik saboq ko’maklari Muhammad Rizoning tez orada davr qalam ahli qatoridan ko’rinarli o’rin olishiga, Ogahiy tahallusida iste’dodli ijodkor sifatida shuhrati orta borishiga olib keldi.
Munis vafotidan so’ng uning o’rnida bosh miroblik vazifasida qariyib o’ttiz yil ishlaydi.
Xizmat bilan bog’liq safarlarning birida Ogahiy otdan yiqilib, oyog’i qattiq shikastlanadi va ellik yoshga ham to’lmay miroblik vazifasini tark etishga majbur bo’ladi. Tabiatan tinib-tinchimas va nihoyatda serg’ayrat bo’lgan Ogahiy to umrining so’nggi yillariga qadar ijodiy-ilmiy ishdan to’xtamagan, o’zi uchun etakchi bo’lgan badiiy ijod-tarixnavislik va tarjima sohalarida jadal va barakali qalam tebratgan. U hijriy 1291-yil milodiy 1871-yil dekabirida oltmish besh yoshida vafot etadi va o’zi tug’ilgan Qiyot qishlog’ida dafn etiladi.
Muhammad Rizoning she’riyat sirlarini mukammal egallab yirik ijodkor sifatida kamol topishida, asarlarining badiiy etuk va g’oyaviy xalqchil ruh egallashida ulug’ Alisher Navoiyning ta’siri, ayniqsa, samarali bo’ldi.Ogahiy adabiyotimiz tarixida Navoiy g’azallariga eng ko’p taxmis bog’lagan ijodkorlardan biridir. Xullas, ulug’ Navoiy va o’tmish boy adabiyotimizning boshqa yirik vakillari, shuningdek, ota o’rnida tarbiya qilgan o’sha davr ijodkorlarining peshqadami Munisning she’riyatdan saboqlari Ogahiy tug’ma iste’dodining butun qirralari bilan yorqin namoyon bo’lishida muhim omillardan biri bo’ldi u zamonasining tan olingan eng yirik va mahsuldor ijodkori bo’lib yetishdi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin