Учебно-методический комплекс по курсу «Литература джадида» предназначен для студентов, обучающихся по направлению- 5220100- филология



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə105/150
tarix24.10.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#118541
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   150
portal.guldu.uz-“O’ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI” fanidan o’quv-uslubiy majmua

3- asosiy savolning bayoni :
Munis qo’liga husni xat qoidalariga doir bir nasriy asar tushgani va shoir uni nazmga aylantirgani ko’rinmoqda. Biroq Munis u kimning asari va qaysi tilda yozilganligi haqida ma’lumut bermaydi. Shundan keyingi qismda qalam ( umuman yozish quroli ) ga juda yuqori baho berib shunday yozadi:
Olam ishi intizomi andin,
Olam elining nizomi andin.
Ul bo’lmasa, bo’lmag’ay kitobat,
Bu bo’lmasa, qolmag’ay hikoyat…
Xatni shoir ilm – donishmandlik, har qanday ulug’ ishni abadiy poydor qiluvchi, uni avlodlarga etkazuvchi omil sifatida baholaydi:
So’z maxzanining nishonasi ham,
Ma’ni durining xazonasi ham,
Har so’zki ko’nguldin o’ldi mavjud,
Xat bo’lmasa bo’lg’ay erdi nobud…
Xat aylar o’z ahlini mukarram,
Xattig’a chekib ulusni har dam
Munis bu asarning ya’ni “Savodi ta'limning” ikkinchi qismida arabiy harflarning ko’rinishi, shakli va ularning yozilishi to’g’risida bir qancha amaliy maslahatlar beradi. Masalan : ش ( sh )
" Shin " maddini etti nuqta bil big’,
Ammo kaj erur biaynihi tig’
Yoki ( q ) harfi haqida yozadi :
Qof “ avvali “fo” boshig’a manand,
Nun “ halqasig’a valek payvand.
Ma’lumki u vaqtlarda savod chiqarish, xususan, arab grafikasida puxta va chiroyli yozish ancha qiyin bir ish edi. Maktablarda dars beradigan ko’pgina o’qituv- chilarning o’zlari turli ko’rinishga ega bo’lgan harflarni hamma vaqt ham bir xilda va to’g’ri yoza olmas edilar. El orasida savodsizlik haddan tashqari ko’p edi. El boshidagi bu o’g’ir baxtsizlikning guvohi bo’lgan ma’rifatparvar Munis qattiq qayg’urib qo’lidan kelganicha ularga yordam berish, savod chiqarishda hissa qo’shishga harakat qiladi. “ Savodi ta’lim “. Ana shu harakatning amaliy mevasidir.
Ma’lumki, Munis “ Firdavs ul – iqbol “ nomli tarixiy asarning mualliflaridan biridir. U 5 bobdan iborat bo’lgan “Firdavs ul – iqbol “ ni Eltuzarxon buyrug’iga ko’ra yozishga kirishgan. Biroq Munis mazkur asarning muqaddimasi va ayrim boblarini yozishga ulgurgan, xolos.
Munis “Firdavs ul – iqbol “ da qadim zamonlardan boshlab Abulg’ozi ( 1643 – 1663) davrigacha xorazmda bo’lib o’tgan voqealar haqida yozar ekan, o’ o’zighacha bo’lgan tarixchilarning shu mavzuga doir asarlari va tajribalaridan keng foydalangan. Abulg’ozi davrida bo’lib o’tgan voqealarni esa uning “Shajarai turk” va “Shajarai tarokima” asarlaridan qisqartirib olgan. Undan keyingi davlarni esa o’zi yoritgan. “ Firdavs ul – iqbol “ da o’zbeklar turkmanlar va qoraqolpoqlar hayoti, tarixiga oid juda ko’p va aniq faktlar mavjud. Ular asosida o’sha davrdagi xalqlarning moddiy hayoti, o’g’ir turmushi, hukmdorlarga bo’lgan munosabatlarini bilib olish mumkin.
Biroq, Munisning dunyoqarashi (tarixchi sifatida ) Cheklangan bo’lib, hukmron sinf vakillarini, xon va uning yaqinlarini ko’pincha maqtaydi, ularning bosqinchilik, talonchilik siyosatlarini xaspo’shlab o’tadi, qisqasi, hokim sinf manfaati nuqtai nazaridan ish tutadi. U o’z ozodligi va mustaqilligi uchun kurashgan boshqa xalqlarning xatti – harakatlarini qoralab ko’rsatadi. Qo’shni turkman, qoraqalpoq, xalqlarining Xorazm xonlari tomopnidan asoratga solinishi, eksplutatsiya qilinishinini qonuniy deb biladi. Hattoki, Munis yovmut chavdurlarning o’z ozodligi, mustaqilligi uchun olib borgan adolatli kurashini “tug’yonchi “, “ isyonchi”, “ inod “, kabi so’zlar bilan atab, ularni qoralaydi:
Bas, shunday ekan, “Firdavs ul – iqbol” asosida ish tutgan har qanday tadqiqotchi unda keltirilgan har bir fakt, voqeaga tanqidiy munosabatda bo’lib, undan to’g’ri foydalanishi lozim.
Munis, garchi uzoq umr ko’rmagan bo’lsa – da, ustoz shoir darajasigacha ko’tarila oldi. Binobarin, uning quyidagi faxriyalari juda o’rinlidir:
Muniski, so’z iqlimi anga bo’ldi musaxxar,
Surtarlar aning xoki ruhiga shuaro ko’z .
Munis chindan ham Xorazmda, shu bilan birga, shu davr o’zbek adabiyotida yirik so’z san’atkorlaridan biri edi.



Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin