Mavzuga oid tayanch tushunchalar: A.Navoiy, “Lison ut - tayr” “Mantiq ut - tayr”, “Semrug’”, “O’ttiz qush xudxuddin”, Talab, Ishq, Ma’rifat, Istig’no, Tavxid, Xayrat, Faquru Fano.
Mavzuga oid muammolar: 1.“Lison ut - tayr”da yashiringan g’oyalar.
2.Dostondagi Shayx Sa’non qissasi va o’nlab hikoyalaridan chiqadigan xulosa.
1 – asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi:“Lison ut-tayr” dostonida falsafiy qarashlar tahlili va dostondagi tasavvuf olamini kengroq yoritish.
Identiv o`quv maqsadlari: 1.Talaba “Lison ut-tayr” Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” nomli forsiy tildagi dostoniga tatabbu ekanligini biladi.
2.Tatabbu mohiyatidagi an`ana va tajdid muammosini tasavvur eta oladi.
3.Sho`rolar davrida “Mantiq ut-tayr” va uning falsafiy mohiyatiga to`g`ri baho berilmaganiga imoni komil bo`ladi.
4. Men demonkim, ul atodur, men o`g`ul, Ui shaxxi oily sifot, men banda – kul. baytida Attor va Navoiy shogirdligi aks etganiga tushunadi.
1-savolning bayoni: «Lison ut - tayr» (qush tili) dostoni Alisher Navoiyning eng so`nggi asarlaridan biri. U 1499-yilda yaratilgan. Ya`ni bu yil bu masnaviy yozilganniga 500 yil bo`ldi. Muallifning o`zi «Mantiq un - tayr» ga javob aytishni o`ta mushkul ish sanab uni tobora orqaga suravergan. Nihoyat o`zi iqror bo’lgandek:
«O`lsamu aytilmay qolsa bu kitob U dunyoga armon orqalab ketaman» deb andishaga boradi va dostonni yozishga kirishadi. 9-10 yoshida «Mantiq ut - tayr» ni yod olgan Navoiy bu asarning turkiy jarangini orzu qiladi. Ne sababdandir Mahmud Gulshaxriyning «Mantiq ut -tayr» dostoni unchalik mashhur bo`lmagan…
Navoiyning bu asari tatabbu’ doston esada, shoirning o`zi: Tarjuma rasmi bila yozsam varaq deya, kamtarlik bilan o`z mexnatini tarjimaga yo’yadi. (Biroq unda ko`plab hikoyatlarning yangiligi olimlarimiz tomonidan «Lison ut - tayr» ning yangi original asar sifatida tan olinishiga asos bo`lgan). To’g’ri, ham tarjima ham tatabbulik unsurlari yaqqol sezilarli. Tatabbuligi isboti: