98
yaratishga mo‟ljallangan. Injener – texnik, geoinformatsion yoki kartografik
chizma materiallarining rastrli elektron nusxalari bilan ishlash uchun maxsus
dasturlar – vektorlovchilar va gibrid (rastrli – vektorli) tahrirchilar kerak.
Vektorlovchilar
skanerlangan rastrli tasvirlarni vektorliga aylantirishga
mo‟ljallangan. Keyin ular bilan ishlash uchun LIAT, GAT va kartografiyaning
ananaviy tizimlaridan foydalanish mumkin.
Gibrid tahrirchilar
zarur hollarda vektorlash hamda rastrli, vektorli va gibrid
chizmalarni to‟g‟ridan – to‟g‟ri tahrirlash imkonini beradi. Aytish kerakki, LIAT
va GAT tushunchalarining o‟zlari, avvalo, vektorli grafikaga bog‟langan edi.
Gibrid tahrirchilarning paydo bo‟lishi bilan, amalda yangi tushuncha – rastrli –
vektorli LIAT va GAT paydo bo‟ldi. Gibrid tahrirchilarning, agar skanerlangan
tasvirni tahrirlashda qisman vektorlashtirish zarur bo‟lsa yoki u umuman talab
etilmasa, o‟rnini hech nima bosa olmaydi. Bu juda katta ahamiyatga ega, sababi,
turli qanday vektorlash natijalarni ko‟rib nazorat etish va paydo bo‟ladigan
xatolarni tuzatish uchun ko‟p vaqt sarflashni talab etadi.
Yuqorida nomlari keltirilgan dasturlar, ham mustaqil tizimlar ham yuqori
darajadagi loyihaviy tizimlarga ustqurma sifatida ishlatilishlari mumkin. Birinchi
vaziyatda ular o‟z ma‟lumotlar formatidan foydalanishadi va skanerlangan tasvirlar
bilan ishlash uchun barcha zarur asboblarni o‟z ichiga oladi. Bunday gibrid
tahrirchilar qator vaziyatlarda ananaviy loyihaviy tizimlarga alternativ bo‟lishlari
mumkin.
Ananaviy loyihaviy tizimlarga dasturiy ustqurilmalar mazmunan, ularni
kuchli rastrli – vektorli tahrirchiga aylantirish imkonini beradi (masalan,
Auto
CAD
). Shu bilan foydalanuvchiga vektorli tahrirlash vositalarining o‟lchovsiz katta
yig‟indisidan foydalanish imkonini yaratadi.
Vektorlash va gibrid tahrirlashning universal va tor ixtisoslashgan dasturlari
mavjud, ularning eng taniqlilari quyida ko‟rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: