Uchta tushuncha zamon va makon tanlamaydi. Bular so‘zlash, tinglash va anglashdir. Odamzot yaralibdiki, o‘zaro munosabat jarayonida ana shu uch birlikka amal qilib kelinadi



Yüklə 49,41 Kb.
səhifə5/9
tarix20.05.2022
ölçüsü49,41 Kb.
#116077
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Tarjima uchun

Ishonmagil maddoh so‘zamollarga
Zarracha naf uchun seni madh etar.
Bir kuni murodin hosil etmasang,
Ikki yuzdan ortiq ayb sanab ketar.(Sa’diy)
Ma’rifatda birlashtiruvchilik manfaatda (moddiy) ayiruvchilik kuchi bor. Odatda, munosabatlarning buzilishi manfaatlarning to‘qnashuvidan paydo bo‘ladi. Tabiiyki, bu holatda samimiy muomalaga, do‘stlikka putur etadi. Bir kuni Jaloliddin Rumiydan so‘rashadi: Kuchuklarga qarang, bir-birlarini yalab-yulqab, o‘ynoqlab yurishibdi. Ana shunday ahillik nahotki, insonlarda yo‘q?  Rumiy ularga javoban shunday deydi: O‘sha kuchuklarning oldiga bir bo‘lak suyak tashlab ko‘ring-chi, suyak qolib, bir-birini g‘ajishga tushishadi.”
To‘g‘ri, muomala qiziqish manfaatdan tashqari kayfiyat bilan ham daxldor. Sizning muomala jarayonida kayfiyatingiz, ruhiy holatingizning suhbatdoshga ta’siri borligini unutib bo‘lmaydi. Xulq-atvoringiz undan oziq olishi hech gap emas. Unga ham sizning kayfiyatingiz yuqadi. Buning esa masalaning ijobiy echimiga sezilarli ta’siri bo‘lishi aniq.
Gorvard universitetining professori U. Djeyms shunday yozadi: “Xulq-atvor kayfiyat natijasi deb hisoblanadi, lekin ular bir-biridan ajralmasdir. Biz o‘z irodamiz bilan xulq-atvorimizni boshqarar ekanmiz, bevosita irodamizga bo‘ysunuvchi kayfiyatimizni ham boshqaramiz.” To‘g‘ri, bu o‘rinda ularni yuzaga chiqaruvchi muayyan vaziyat va sharoitni ham hisobga olinishi maqsadga muvofiqdir.
Muloqot jarayonida muomalaning qanday yo‘sinda bo‘lishi yana nimalarga bog‘liq deb o‘ylaysiz? Gap so‘zdami, ma’nodami, mazmundami yoki fikrdami?- degan savolga V.G.Belinskiy “yo‘q, gap ohangda” – deya javob bergani bejiz emas. Birgina “salom” so‘zini bir necha xil ohangda aytish mumkin. Pichirlab, baland ovozda, kesatish, piching ohangida, istehzo, kinoya bilan va hokazo. SHu orqali suhbatdoshingizning qanday qabul qilishini, qanday holatga tushishini bilib olishingiz mumkin. CHunki, ohangda munosabat, murojaat tarzi, antipatiya va simpatiya shundoqqina sezilib turadi.
Biron narsa borasida bahslashish ham muomala jarayonining muvozanatini buzishi mukin. Bilgan va bilmagan narsasi haqida ham gap talashishini xush ko‘radiganlar bo‘ladi. O‘zini bilarmon va bo‘larmon qilib ko‘rsatadiganlar bilan bahslashish jiddiy konfliktlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu holatda sukutgina masalani bartaraf etishi mumkin. Hamma o‘zini haq deb biladi. SHoirning ushbu she’ri ham shu haqda.
Dono o‘zni dono deb bilmagani kabi
Telba ham o‘zini telba deb bilmaydi
SHuning uchun ham bu yorug‘ dunyoda
Ularning haqiqati o‘lmaydi.
Egrining ham, to‘g‘rining ham o‘z haqiqati bor
Agar etsang inkor etishar inkor
SHunday bo‘lgach, bo‘lishi mumkin
Har ne haqda tushunchang bekor.
Muomala mayl, qiziqish, talab, ehtiyoj, manfaat, maqsadli harakatdan tug‘iladi. Boshqacha aytganda, kommunikatsiya vositalari yordamida insonni o‘rganish va bilish demakdir. Muomala ma’no va mazmun jihatidan amallar omili, taomili demakdir. SHuning uchun ham amal, omil, muomala, taomil so‘zlari bir o‘zakdan yasalgan arabcha so‘zlardir. Qadimda sharqda bolalarga biron narsa xarid qilishi uchun muayyan miqdorda pul berib, bozorga yuborib unga muomala qilish yo‘llarining o‘rgatilgani ham bejiz emas. SHirin muomala va mulozamat qo‘rs, qo‘pol harakatdan doim ustunlik qilgan. Muhimi, maqsadingizni, fikringizni ifoda etish yo‘llarini bilishingiz muvaffaqiyatlaringiz garovidir. SHuning uchun ham “yo‘lni bilish emas, yo‘lini bilish muhim” degan ibora behuda aytilmagan. Jangda ham g‘alabani ta’minlashda strategiya emas, taktika muhimligini inkor etib bo‘lmaydi. Qachon, qaerda, qanday hujumga yoki himoyaga o‘tishni bilish zafar qozonishning muhim omilidir. Ritorika usullari, mantiqiy mushohada, jestlar, mimika, tashqi ko‘rinish, qo‘yingki, hammasi muomala qobig‘ida, xulqiy madaniyatingiz ko‘rinishida aks etadi.
SHunday ekan, bolalarda nimani, kimga, qanday ifoda eta olish ko‘nikmalarini shakllantirish ijtimoiy masala ekanini unutish yaramaydi. “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” – degan naql bejiz emas. Muomala madaniyatini farzand oiladan, avvalo, ota-onasi va barcha yaqinlaridan o‘zi sezmagan holda o‘zlashtira boradi. Tarbiya olgangina tarbiya bera oladi. YOshlarning kamoloti, ma’naviyati, tarbiyasiga e’tiborsizlik yurtimiz istiqboliga, vatanimiz ravnaqiga befarqlikdir. Muomala, ta’lim, tarbiya tushunchalari o‘zaro uyg‘un bo‘lib, bu ma’naviyat atalmish ummonda uyg‘unlashadi. SHunday ekan, bularning yoshlarimiz ongu shuuriga qanday etib borishi har qachongidan ham muhimdir. Prezidentimizning “Ma’naviyat insonga ona suti, ota ibrati, ajdodlar o‘giti bilan birga singadi” deyishlari bejiz emas. YOshlarimizdagi faollik va yurt kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi ham o‘zaro muloqotdan, muomala madaniyatidan, narsa-hodisalarga to‘g‘ri baho berish va xolisona qarash hissini shakllantirishdan iborat.
SHekspirning ta’kidlashicha, hech bir narsa yaxshi yoki yomon bo‘lishi mumkin emas – ular bizning narsalarga qanday qarashimizga bog‘liqdir. Qarash esa shaxsiy manfaat, xudbinlik qobig‘ida emas, balki, umumxalq manfaati nuqtai nazaridan bo‘lishi maqsadga muvofiq. YUrt tinchligi, xalq farovonligi, ijtimoiy hamkorlik komil inson masalasiga borib bog‘lanar ekan, demak, muomala madaniyatining uzviy bo‘lagi xulq-atvorimiz ibratli bo‘lishi kerak. Bolalar dunyoning barcha davlatlarida bir xil yig‘laydilar, o‘xshash, lekin ulg‘aya boshlagach, har xil qiliqlar qilishadi, shubhasizki, bunga sabab, xulq, tarbiya va muomaladir.
Kishilararo ko‘cha-ko‘ydagi o‘zaro muloqotdagi muomala bilan rahbar va xodimlar orasidagi muloqot madaniyati mas’uliyat hissi va majburiyat burchining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Aytish mumkinki, notiqlik, muomala madaniyati barcha kasblarning, san’atlarning asosida mavjud. O‘z fikrini ommaga chiroyli tarzda, aniq va sodda tushuntira olish va ishontira bilishga bo‘lgan harakat deyarli barcha soha, kasb egalarining tabiatida bor. Bu ularning doimiy orzusi hamdir. Mashina mexanizmlarni boshqarish uchun shu kasbga oid chuqur bilim, tajriba, layoqat, shijoat bo‘lishining o‘zi kifoya. Odamlar orqali ishni boshqarish, ularga rahbarlik qilish boshqa narsa. SHu xakda fikr yurita turib SH. Razzoqov «Rahbarlik uchun maxsus bilimlar, ko‘nikmalardan tashqari, odamlar bilan muomala qilish, qo‘l ostidagilar bilan til topishish, topqirlik, hozirjavoblik, qaltis vaziyatlardan chiqa olish, vaziyatni baholash, eng asosiysi, har qanday mushkul vazifani qiyin vaziyatlarda ham uddalay oladigan ahil va jipslashgan jamoa tuzish qobiliyati mujassam bo‘lishi lozim», – deb yozadi.
Husn va xulq yarim rizq bo‘lsa, nutq va hunar butun rizqdir. Hadisona mazmun kasb etgan bu hikmat muomala madaniyatining ikki asosi borasidagi mulohazamizni tasdiqlaydi. Biri xulqiy madaniyat bo‘lsa, ikkinchisi nutqiy madaniyatdir. Endi esa uning ikkinchi tomoni nutqiy madaniyat borasida fikrlashamiz. Zotan, nutq xulqning oynasidir. Qolaversa, inson qalbiga yo‘lning nurli chirog‘i ham u bilandir.

Yüklə 49,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin