Uchta tushuncha zamon va makon tanlamaydi. Bular so‘zlash, tinglash va anglashdir. Odamzot yaralibdiki, o‘zaro munosabat jarayonida ana shu uch birlikka amal qilib kelinadi



Yüklə 49,41 Kb.
səhifə9/9
tarix20.05.2022
ölçüsü49,41 Kb.
#116077
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Tarjima uchun

Bayt: YAmon so‘zkim, kelib jong‘a urg‘ay,
Ki jondin o‘tib imong‘a urg‘ay.(Navoiy)
SHubhasizki, muomala madaniyati nozik tab’likni, sezgirlik va ziyraklikni talab etadi. Nutq odobi muomala madaniyatining tub mohiyatini ifoda qilish bilan birga kishining kimligini namoyon etuvchi oynadir. SHuning uchun ham so‘zlik o‘zlik uchun ko‘zgudir. Nutq odobiga ilmiy ta’rif beriladigan bo‘lsa, u etkazilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarni eshituvchiga bo‘lgan hurmat va samimiyatni saqlagan holda, dilini og‘ritmasdan, ya’ni ko‘ngliga tegmasdan adabiy normadagi ifodalar, iboralar bilan axloqiy me’yorlarga mos holda etkazishdir.
O‘zi guvoh bo‘lgan xunuk hodisani ikki kishi birovga etkazish zaruriyati bo‘lsa, ikki xil etkazadi. Buning uchun ular tilning ifoda imkoniyatlarini, adabiy me’yorlarini, nutqiy faoliyatni qay darajada egallaganligiga bog‘liqdir. Mudhish xabarni qanday tarzda aytish ham insonning nutq mahoratiga, odobiga bog‘liq. Tinglovchining ruhiy holatini kuzatish, uning kayfiyatiga moslash orqali etkazilgan xabar qanday bo‘lishidan qat’iy nazar tinglovchiga malol kelmaydi. Muloyim, yoqimli so‘zlash kishining saji’asi, ya’ni xarakteri, qanday temperament tiplariga daxldorligi bilan ham izohlanadi. YOshlikdan olingan ta’lim-tarbiya, kimlargadir ergashish, taqlid qilish yoki ta’sirlanish orqali nutq odobiga, muomala madaniyatiga erishiladi. Tilshunos olim T. Qudratov o‘quvchi uchun eng yaxshi namuna o‘qituvchi nutqidir, buni o‘qituvchi har doim his etib turishi, o‘z nutqida hech vaqt odob-axloq, nutq madaniyati normalaridan chiqmasligi lozim deb o‘rinli mulohazalarni ilgari suradi.(77-b).
SHunday ekan, ibratli insonlarga, mahoratlik voizlarga, etuk notiqlarga ergashish ijobiy va ijodiy ma’noda bo‘lishi o‘rinlidir. O‘quvchilarga berilayotgan ta’lim tarbiya qobig‘ida etkazilmas ekan, keyinchalik, olim bo‘lish oson, odam bo‘lish qiyin degan hikmatni takrorlashdan nariga o‘tilmaydi. Aks holda, Mahatma Gandining ushbu so‘zlari bejiz aytilmaganiga iqror bo‘lamiz. “So‘zlaringizga hushyor bo‘ling tushunchangizga aylanmasin, tushunchangizga hushyor bo‘ling xatti-harakatingizga aylanmasin, xatti-harakatingizga hushyor bo‘ling his-tuyg‘ularingizga aylanmasin, his-tuyg‘ularingizga hushyor bo‘ling, bahoyingizga aylanmasin, bahoyingizga hushyor bo‘ling fe’l-atvoringizga aylanmasin, fe’l-atvoringizga hushyor bo‘ling taqdiringizga aylanmasin”.
Uchrashuvdagi ikki holatga e’tibor qilaylik. Salomlashuv va xayrlashuv. SHuning o‘zidayoq, maqsad-muddao, nutqiy va xulqiy madaniyat namoyon bo‘ladi qoladi. “So‘z boshi – salom, ish boshi – intizom”. Bu maqolni hammamiz yaxshi bilamiz. Lekin, salomlashish odobini joyiga qo‘ya olamizmi? Salomlashish suhbatning debochasi, uni qanday davom etishiga omildir. Berilgan salom, olingan alik suhbatdosh o‘rtasidagi yaqinlikni bildiradi. U xolis, samimiy, hurmat nuqtai nazaridan bo‘lsa, albatta. Aks holda, salomiga yarasha alik bo‘ladi. Salomlashishning, salom berishning o‘ziga yarasha sharqona qonun-qoidalari bor. “Assalomu alaykum”(sizga sog‘lik tilayman), “valaykum assalom”(sizga ham sog‘lik tilayman) ma’nosida ilk uchrashuvdagi nigohlar to‘qnashuvi, qo‘llar bog‘lanishi yoki o‘ng qo‘lni ko‘krak ustiga qo‘yish bu hurmatning belgisi. Ba’zan shu so‘zning talaffuzida, (o‘zlari ma’nosini bilmagan holda, albatta) xorazmcha shevada erkalangansimon “sommakim” deyishadi. Bu o‘ta xunuk so‘z. Som arabcha o‘lim degani. Sizga o‘lim tilayman degan ma’noni beradi. Undan ko‘ra, qisqa qilib “salom” deyilgani durust.
Hozirgi paytda ko‘rishishning yangi bir “shakli” paydo bo‘lgani sir emas. Oldiniga yosh bolalarda shu odat bo‘lardi. YA’ni, qo‘chqorga o‘xshab bosh urishtirish. (Ushbu fikrlarni qog‘oz yuziga tushirayotgan muallif ham qaysidir do‘sti kelib bosh bilan ko‘rishganda, ilojsiz bosh urishtirgan.) Bu odatning ommalashib ketishini kim o‘ylabdi, deysiz.
Xayrlashishning ham bir necha ma’nodoshlari bor. “Ko‘rishguncha”, “hozircha xayr, omon bo‘ling”, “Uchrashgunga qadar, xayr”, “Salomatlikda ko‘rishaylik”, “Xayr, yaxshi qoling”, “Xayr, yaxshi boring”… va hokazo. Xoh yuzma-yuz bo‘lsin, xoh telefonda bo‘lsin deylik, sizning suhbatingizni tinglab o‘g‘il-qizingiz yoningizda turishgan bo‘lsa, salomlashish, so‘rashish va xayrlashish madaniyatini sizdan yuqtirishga harakat qilishi tabiiy. So‘z orasida “Mayli, poka”, “Bo‘pti, gaplashamiza”, “Xayr, do vstrecha”, “Mayli, xo‘pchik” degan g‘ayriadabiy so‘zlarni qo‘llasak, bu ham ommaviylashib ketmasligiga kim kafolat bera oladi. SHunday ekan, muomala madaniyatida oddiy, e’tiborsiz bo‘lib ko‘ringan narsa keyinchalik milliy-ma’naviy madaniyatimizga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazishi muqarrar. Navoiy hazratlari o‘z vaqtidayoq, “Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz” – deya hushyorlikka chorlaganlar.
So‘zlarning o‘z ma’no doirasini bilmaslik, so‘zlashuv nutqi bilan adabiy nutq me’yorini farqlamaslik, aniqrog‘i, his etmaslik kishini g‘alati holatga solishi mumkin. Do‘stim bilan shinamgina kafega kirdik. Qahvaxona orasta, xizmat ham a’lo darajada edi. Tabassum qilib bir o‘spirin keldi. Ofitsiant ekan. Salom berib bo‘ldi-da, “birinchisiga nima buyurasizlar,” dedi. Biz aytdik, u yozib ola boshladi. Biroz kutib turgandan keyin “ikkinchisiga hech balo kerakmasmi?” dedi. Ofitsiantning bir og‘iz so‘zi do‘stimning tab’ini tirriq qildi, shekilli, “ketdik,” – deb o‘rnidan turdi. Ofitsiant yigitchaga “kafega balo eyish uchun kelishmaydi” deb tushuntirgan bo‘ldim. U yuz bor istihola qilib, hijolat chekib uzrlar so‘ray boshladi. Uzrini qabul qildim, keyin bilsam, “hech narsa” degan so‘zni sinonimi o‘rnida uyda ham shunday qo‘llashlarini aytib, qayta-qayta kechirim so‘rab qoldi. Madaniyatli inson o‘z aybini mardona tan olib kechirim so‘rashi ham xushmuomalalik belgisi, o‘z g‘ururini erga urish emas, balki odoblilik alomatidir. Biron qilingan ish uchun o‘z vaqtida minnatdorlikni bildirish ham har ikkala tomonning o‘zaro hurmat-ehtiromini bildiradi. “Barakalla”, “rahmat”, “qoyil”, “gap yo‘q, sizga”, “minnatdorman” degan so‘zlarni eshitib ko‘ring, sizga qay darajada ta’sir etib, ruhiyatingizga tetiklik, kayfiyatingizga ko‘tarinkilik baxsh etishini his etasiz.
To‘g‘ri va yolg‘on so‘zga munosabat ham muomala madaniyatida muhim o‘rin tutadi. Boshingga qilich kelsa ham to‘g‘ri gapir, to‘g‘ri so‘zning to‘qmog‘i bor, yaxshidur achchiq haqiqat, lek shirin yolg‘on yomon mazmunidagi rostgo‘ylikka da’vat etuvchi bitiklarni bilamiz. SHuningdek, yolg‘onning umri qisqa, yolg‘on yo farzandga urar, yo davlatga kabi aldoqchilikni inkor etuvchi naqllar ham bor.
To‘g‘ri, ba’zan to‘g‘ri so‘zni aytish ham o‘rinli bo‘lmaydigan holatlar bo‘ladi. Buni aytmaslik, andisha va istihola qilish kabi sharqona odob qoidalarini inkor qilib bo‘lmaydi. Bu, albatta yaxshilikka, ezgulikka xizmat qilsa. Navoiy hikmatlaridan biri shunday: “Xiradmand chin so‘zdin o‘zga demas, lekin bari chin ham degulik emas” Mazmuni: Aqlli kishi to‘g‘ri gapdan boshqa narsa aytmaydi, lekin barcha to‘g‘ri gaplar ham har doim aytilavermaydi. Musnadi Ahmadda shunday keltiriladi: “Odam farzandiga barcha yolg‘onlar yoziladi. Illo, ikki bandani yarashtirib qo‘yish uchun so‘zlangan yolg‘on bundan mustasno.”
Ikkala bitikda to‘g‘ri va yolg‘on gapning aytilish o‘rni, holatini e’tiborga olmaslik adovat urug‘ini sochishga, nizo va nifoqning kuchayishiga xizmat qilishi mumkin degan aqida bor. SHarqona hayo, mulozamat, odob doirasida o‘ziga xos tavoze’ va iltifot borligini anglab olish qiyin emas.
SHarqona muomala madaniyati chin yoxud yolg‘on so‘zni qanday aytish bilan emas, balki, aytuvchi hamda tinglovchining yoshi va jinsi masalalariga ham e’tiborni qaratadi. Ota, ona, o‘g‘il, qizning va boshqa nasliy yaqinliklarning oilada o‘z o‘rni, o‘z so‘zi, o‘z xizmati, o‘z hurmati borligi e’tirof etiladi. SHarqona odob-axloq qoidasi so‘zlovchining foydasi ekanini bilishi, qaerda qanday yo‘l tutishiga, hayotda doimo o‘z o‘rnini topishiga xizmat qililini anglash foydadan xoli emas. Maqbul va manzur adibimiz Tohir Malik shunday yozadilar: “Foydasiz so‘z foydasiz dori kabidir. Boshqacharoq aytilsa – dorining ham, so‘zning ham ortiqchasi zararlidir. Sukut vaqtida sukut saqlashni, suhbat paytida so‘zlashni bilgan kishi baxtiyor insonlardan hisoblanadi. Ma’nosiz, poyma-poy so‘zlamoqdan ko‘ra, sukut qila bilish nodir fazilatdir. Zero, sukut lozim bo‘lganda, sukut saqlagan, suhbat lozim bo‘lganda, suhbatlashishni bilgan insonni buyuklar safiga qo‘sharlarki, vaqtida sukut saqlamak – oqil so‘zlamakning shartlaridan biridir.”
Ko‘ngil qulfi o‘ziga xosu mos ochqichni talab etarkan, uni tanlash topish va ochish esa kalit ushlagan, muloqotga kirishayotgan notiqning, targ‘ibotchining didi, farosati va uquviga bog‘liq. Suhbatdoshining qiziqishi bilan qiziqmagan notiqning qizig‘i yo‘q. Bu oddiy haqiqat, oddiy muomala, xolos. Deyl Karnegi “Men qaymoq solingan qulupnayni yaxshi ko‘raman, baliq esa chuvalchangni”- deydi va savol qo‘yadi: “Baliq oviga borayapman nima olib borishim kerak?” Albatta, chuvalchangni-da. Muloyim xulqingiz, yoqimli nutqingiz, samimiy muloqotingiz bilan rom eta olmasangiz, siz o‘zingizga sadoqatli suhbatdoshni topa olmaysiz. Har qanday voiz o‘zi yoqimli, so‘zi yuqumli bo‘lmas ekan, muomala jarayonida yutqizib qo‘yishi tayin. Har qanday strategik maqsad taktika orqali amalga oshirilishini bilish zarur. Til kalit bo‘lsa, dil qulf, shunday ekan, har qanday qulfga har qanday kalit tushavermaydi. Tilingiz dilingizga, dilingiz didingizga mos bo‘lsagina marra sizniki.
Xulosa
Muomala madaniyati bilim va ma’rifatdan, axloqiy tarbiyadan, o‘tmish bobokalonlarimiz merosini yaxshi bilish va ma’naviy qadriyatlarimizga sadoqatdan kelib chiqar ekan, uning jamiyat madaniy-ma’rifiy taraqqiyotining, millat ma’naviy kamolotining muhim alomati ekaniga shubha yo‘q. SHuning uchun ham, mustaqilligimizning ilk kunlaridan boshlab, ma’naviy-ma’rifiy masalalarga, ta’limiy va tarbiyaviy sohalarga e’tiborning qaratilganidan buni anglash qiyin emas. Bu sohadagi islohotlarning barchasi, yurtimizning ertasi, xalqimizning istiqboli bo‘lguvchi yoshlarimizga bo‘lgan, aniqrog‘i, aqlan va jismonan sog‘lom, barkamol avlodga bo‘lgan mehr va muhabbatdan kelib chiqadi.
Respublikamizning “Davlat tili haqida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlarida, “Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturi” va boshqa juda ko‘plab hujjatlarida yuqorida qayd qilingan masalalarga alohida ahamiyat berilgan.
Muloqot, muomala tushunchalari bugungi kunda ijtimoiy siyoyosiy mohiyat kasb etishini hammamiz yaxshi idrok qilishimiz zarur.
Xalqaro maydonda mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali davrda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish vazifasi ushbu sohadagi ishlarni qayta ko‘rib chiqib, takomillashtirishni, “jaholatga qarshi ma’rifat bilan” bahsga kirisha oladigan muloqot va muomala qila oladigan ritor va iqtidorli notiqlarni tayyorlashni talab etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’kidlaganidek, “…insoniyatning ko‘p ming yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyodagi zo‘ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe qilib, bo‘ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi”. (“YUksak ma’naviyat – engilmas kuch”, T.: 2008 yil)
Butun dunyoda targ‘ibot va tashviqot tizimi shiddat bilan rivojlanib, kuchayib bormoqda. Dunyoning eng chekka qismida sodir bo‘lgan voqea-hodisa bir zum o‘tmay istalgan mamlakatda paydo bo‘lib, o‘z ta’sir doirasini yaratmoqda. Barcha mamlakatlarda bo‘lgani kabi mustaqil O‘zbekistonning ham o‘z ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tizimi shakllanib, yanada takomillashib bormoqda. Mazkur soha rivojiga qaratilgan bir qancha farmon va qarorlar qabul qilindi. Ularning ma’naviy hayotimizdagi tarixiy ahamiyati haqida ko‘p gapirish mumkin.
Butun xalqni birlashtiradigan bayroq bo‘lmish mamlakatimizdagi ma’naviy targ‘ibot ishlari samaradorligining amaliy jihatlarini tadqiq etish hamda notiqlik san’ati tarixini va dolzarb muammolarini nazariy o‘rganishni Prezident quyidagicha ta’riflaydi: – “Endigi eng dolzarb vazifamiz – bu jarayonlarning ilmiy-nazariy asoslarini, ularning yangi-yangi qirralarini mukammal ochib berish, o‘quvchilarimiz, talabalarimizga, keng jamoatchilikka sodda, lo‘nda qilib tushuntirib berish va ularni yangi hayot, zamon talablariga javob beradigan jamiyat qurilishining faol va jo‘shqin ishtirokchilariga aylantirishdan iborat”.
Jamiyat qurilishining faol va jo‘shqin ishtirokchilari milliy g‘oyamiz himoyachisi bo‘lishlari uchun til, so‘z, nutq masalalariga ularning e’tibori yanada yuqori bo‘lishi doim ta’kidlanadi. Targ‘ibot, tashviqot, muloqot, muomala tushunchalari o‘zaro uzviy bog‘lanib ketgan. Ularning barchasi zamirida so‘z turadi. Mavlono Rumiy:”So‘z – haqiqatning soyasi va parchasidir. Modomiki, soya o‘ziga tortar ekan, u holda haqiqat yanada yaxshiroq jazb etadi. So‘z – bahonadir. Bir insonni boshqa bir insonga tortgan narsa so‘z emas, balki ikkalovida mavjud bo‘lgan ruhiy birlikdan bir parchadir”, – deya e’tirof etadi.
Bu ruhiy birlik, qalblar yaqinligi, maqsadlar mushtarakligi demakdir. CHunki, ahillik, o‘zaro birlik, muayyan maqsad sari og‘ishmay sobitqadamlik bilan ildamlashgina Mustaqil vatanimizni yanada yuksak qoyalar va ulug‘ g‘oyalar sari etaklaydi. SHoirmiz haqli e’tirof etganidek,
Yüklə 49,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin