Uglevodlar. Uglevodlarning sinflanishi



Yüklə 323,49 Kb.
səhifə2/4
tarix02.05.2023
ölçüsü323,49 Kb.
#126240
1   2   3   4
Uglevodlar

Disaxaridlarda 2 ta monosaxarid qoldiqi bo`lib, u gidrolizga uchraganda 2 ta monosaxarid hosil bo`ladi. M-n, saxaroza gidrolizlanganda glyukoza va fruktoza monosaxaridlari hosil bo`ladi. Monosaxaridlar al'degidlar yoki ketonlar hamda spirtlarning kimyoviy xossalarini o`zida namoyon qiladi.
Disaxaridlar esa ko`p atomli spirtlarga o`xshash xossalarga ega.
Polisaxaridlar. Polisaxaridlar-gidrolizlanganda juda ko`p miqdorda monosaxarid hosil qiladigan uglevodlarga aytiladi. Bunday polisaxaridlardan kraxmal, sellyuloza va inulinni misol qilib keltirish mumkin.
Kraxmal-muhim ozuqa mahsuloti bo`lib,u -D-glyukoza qoldiqlaridan tashkil topgan yuqori molekulyar birikmadir. Uning formulasini quyidagicha ko`rsatish mumkin:

Shuning uchun kraxmal gidrolizlansa -D glyukoza hosil bo`ladi.
Sellyuloza esa yoqochning tarkibiy qismi bo`lib, u D-glyukoza qoldiqlaridan tashkil topgan yuqori molekulyar birikmadir. Demak, uning elementar zvenosida -D-glyukoza qoldiqi mavjud:

Sellyulozaning molekulyar massasi 20000000 dan yuqori, uning makromolekulasi chiziqli tuzilishga ega.
Kraxmalning molekulyar massasi sellyulozanikidan kichikroq va tuzilishi tarmoqlangan bo`ladi.Kraxmal unda 74%, guruchda 78%, kartoshkada 16% bo`ladi. Kraxmaldan ham, sellyulozadan ham gidroliz qilib glyukoza, glyukozadan esa bijqitish bilan etanol olinadi:
C6H12O6  2C2H5OH+2CO2
Inulin deb ataluvchi polisaxaridning elementar zvenosida D-fruktoza qoldiqi mavjud. U topinambur o`simligi ildizida ko`p bo`ladi.
Sellyulozadan gidroksil guruhiga kimyoviy reaksiyalar olib borib karboksimetilsellyuloza, atsetilsellyuloza, nitrotsellyuloza kabi muhim moddalar olinadi. M-n:

Polisaxaridlar tabiiy yuqori molekular moddalar bo‘lib, tabiatda juda ko‘p tarqalgan hamda inson va hayvonlar hayotida muhim rol o‘ynaydi. Masalan, ulardan biri - kraxmal asosiy oziq modda, boshqalari - selluloza o‘simlik oiganizmi uchun nihoyatda muhim moddadir. Polisaxaridlar yuzlab va minglab monosaxaridlar qoldiqlaridan tashkil topgan bo‘lib, ular kislotalar yoki enzimlar ta’sirida gidrolizlanganda monosaxaridlar hosil bo‘lsa, bunday polisaxaridlar gomopolisaxaridlar deyiladi. Ularga kraxmal va sellulozalar misol bo‘ladi. Gidrolizlanganda har xil monosaxaridlar hosil bo’lsa, bunday polisaxaridlar getero-saxaridlar deb ataladi. Gemiselluloza geteropolisaxaridlar jumlasiga kiradi. Polisaxaridlar o'ziga xos xossalarga ega bollib, mono- va oligosaxaridlarning xossalaridan farq qiladi. Ularning ko‘pchiligi suvda erim aydi, ba’zilari issiq suvda bo'kib kolloid eritmalar hosil qiladi. U lar shirin ta’mga ega btVhnagan amorf nioddalardir. Ularning m olekular massasi 20 000 - l 000 000 oraliglda. Quyida biz polisaxaridlaming eng asosiy vakillari bilan tanishib chiqamiz.

Yüklə 323,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin