Umid hamroyev



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/49
tarix18.04.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#115364
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   49
2 5402244426510633284

Umid Hamroyev 

@Ona_tili_va_adabiyot_N1 

Ne deb, ne bersa bilgil ani xotun, 

Debon bermasni xotundin dag‘i kam. 

Bu yerda ham sarlavha asar haqidagi tasavvurlar uchun asos vazifasini ado etadi. 

Qit’a mavzusi sarlavhada o‘z aksini topgan. Unda gap «saxo» va «buxl» haqida 

boradi. «Saxo» - saxovat, saxiylik, qo‘li ochiqlikni, «buxl» esa baxillik, xasis- lik, 

qurumsoqlikni anglatadi. Shu yerda «musallam» so‘ziga ham izoh berish zarurati 

bor. U qarshilik qilmay, inkor etmay ma’qullangan degan ma’noni bildiradi. 

Demak, muddao qo‘li ochiqlik va qurumsoqlik haqida mulohaza yuritishdan 

iborat. 

Adib ikki xil xususiyatga ikki xil asos (vosita, ya’ni sabab) ni keltiradi. Ulardan 

birinchisi - saxovat. Dastlabki ikki misra shu fazilat tavsifi uchun xizmat qiladi.  

Agar kishi bir so‘zni aytsa, so‘ng unga amal qilsa, masa- lan, boshqalarga biror 

narsani berish haqidagi so‘zining usti- dan chiqsa uni haqiqiy er, erkak deyish 

mumkin. Bu misrada xalqimizning ma’naviy bisotidagi «Yigit so‘zidan qaytmas, 

arslon izidan» maqolining mazmuni mujassamlashgan. Agar mulohaza shu bilan 

tugasa, albatta, katta bir poetik kashfiyot haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas 

edi. Shuning uchun ham Navoiy avval shu misrani keltiradi, keyingi misrada un - 

dan-da kuchliroq va muhimroq mulohazani o‘rtaga chiqaradi («Demay berganga 

erlik bil musallam»). Demak, aytmasdan (yoki ayttirmasdan) turib berish 

imkoniyati ham mavjud. Alisher Navoiy ayni mana shu imkoniyat haqida 

gapirmoqchi. 

Muhtoj odamning biror narsa umidida kelganida, uning ehtiyojini qondirishning 

o‘zi ham insoniylik taomiliga to‘la mos va muvofiq keladi. Ammo muhtojning 

muhtojligini bila turib (eng muhimi, yordam berish imkoniyatiga ega bo‘lib 

turib), unga nisbatan beparvo va loqayd bo‘lish ham bor. Adib masalaning bu 

tomoniga daxl qilayotgani yo‘q. Aksin- cha, bu boradagi saxovat uchun yana bir 

boshqa imkoniyatni esga olmoqda. Muhtoj kishi so‘ramasdan turib ham unga mol 

beradiganlar bor. Adib mana shu toifa haqida gapirmoqchi. Ular esa haqiqiy 

mard, haqiqiy saxovat egalaridir. 

Qit’aning birinchi qismi shu bilan yakunlanadi. Demak, endi gap sarlavhada va’da 

berilgan ikkinchi qism ustida bo- rishi kerak. Xuddi shunday bo‘ladi ham. 

Jamiyat ahli orasida biror himmat ko‘rsatishdan oldin uni ta’kidlab, urg‘ulab, 

«yaxshiligini pesh qilib» ko‘rsatadiganlar ham topiladi. Alisher Navoiy nazarida 

bu xususiyat maqtovga loyiq emas. U qoralanishi kerak. Shunga ko‘ra, bu toifaga 

mansublarni erkaklar qatorida sanab bo‘lmaydi. Ular ayollar qatorida sanalishga 

mahkumdir. Lekin bu ham hali hammasi emas ekan. Bundan ham pastkashroq 

toifalar mavjud: ular aytadilar-u, lekin bermaydilar, ya’ni va’da berishadi-yu, bi- 

roq ishlari va’dalariga xilof bo‘ladi. Ularni xotindan ham pastroq darajada 

baholash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Har holda xalqimizda «xotindan xarob», 

«xotindan ham xarob» degan ifodalar bejiz pay do bo‘lmagan ekan. Buning 

zamirida ayol kishini yerga urish ma’nosi yo‘q, aksincha, erkak (yigit) kishining 

bir so‘zli, mard bo‘lishiga undov turibdi, xolos. 

Mazkur qit’aning hajmi to‘rt misradan iborat. Qit’aning har bir misrasi bitta 

mulohaza ifodasiga bag‘ishlangan. Ammo gap qo‘yilgan masalaning axloqiy-

ma’naviy jihatlarigina emas, balki mana shu dolzarb va jiddiy mavzuning go‘zal 

badiiy ifoda tarzi ustida ham bormoqda. «Demoq» so‘zining barcha misralarda 





Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin