Umid Hamroyev
@Ona_tili_va_adabiyot_N1
Albatta, qit’ada shoirning o‘ziga xos bir kayfiyati, ozurda qalbning iztirob
chekayotgan lahzalari aks etgan. Shuning uchun ham u ko‘ngilga ozor
yetkazadigan ulfatlarning biri yoki ko‘prog‘i tufayli barchadan ham ko‘ngli
qolgan holatni tasvirga tortgan. Jahon ahli bilan ulfatchilikdan ko‘ngil uzish
kerakligi haqidagi xulosa jiddiy, qat’iy va shafqatsiz bir tus olgan.
Muayyan fikr va mulohaza tegishli tasdiq va asosga ega bo‘lmas ekan, unga
ishonish qiyin. Buni yaxshi bilgan shoir shu yerning o‘zidayoq «dalil»ini ham
keltiradi: «Alardin juz jafo kelmas, agar yuz yil vafo qilsang». «Juz» - «bo‘lak»,
«boshqa» degani, shunda misra mazmunini «yuz yil vafo qilganingda ham ulardan
jafodan boshqa narsani ko‘rmaysan» degan hukmni ifodalayotgani oshkor bo‘ladi.
Dalilning kuchi shoirning o‘zi uchun pastroq ko‘rinadi.
Eng yomoni, bu toifadagi zotlar yolg‘iz emas. Matnda uchinchi shaxs ko‘plikdagi
olmoshning qo‘llanayotgani bejiz emas.
Shuning uchun uni yana bir pog‘ona yuqoriga ko‘taradi: ularning ko‘nglini olish
uchun bisotingdagi ayrim narsalarni berish bilan cheklanish mumkin emas, undan
rozi bo‘lish- maydi. Bu haqda gapirib o‘tirishning o‘zi ortiqcha. Adibning taklifi
esa ularning faqat bittasiga «yuz Xito mulki»ning xirojini «isor ayla»mak.
Ajabmaski, bunday peshkashlar bir emas, yuz, ming marta ham bo‘lgandir.
Matndan ularning ko‘pligi, ularning har biriga shunday peshkashlar, sovg‘a va
tuhfalar qilinganini ilg‘ash mumkin. Ammo natija har doim bir xil bo‘lgan, ya’ni
ularning asl muddaosi kishiga ozor
berishdan, uni qiynashdan, hatto «qasdi jon qilish»dan iborat, xolos. Bularning
barchasi hali sen ularga yaxshilik va vafo qoidalariga to‘la rioya etib kelayotgan
holatingda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan hodisalar. Agar inson sifatida biror
xatoga yo‘l qo‘ysang, nimalar bo‘lishi mumkin?!
Bu yerda gap, albatta, jahon ahlining «nooqil» guruhi us- tida borayotganini esda
tutishimiz kerak.
Qit’adagi umumiy mazmunning poetik ifodasi ham go‘zal. Eng avvalo, baytdagi
so‘z va tovushlarning alohida poetik jarang berishiga e’tibor berilgani diqqatni
tortadi. «Agar», «xato», «qilmoq» so‘zlarining takrori baytdagi ma’no ta’kidi
uchun tegishli «xizmat»larni ado etmoqda. Ayrim unli (a) va undoshlar (x) takrori
esa uning vazni, qofiya va radiflari yuzaga keltirayotgan musiqiylikni oshirgan.
«Vafo», «jafo» so‘zlari tufayli yuzaga kelayotgan tazod san’ati zimmasiga esa
baytdagi umumiy kontrast holat, ichki mantiqiy ziddiyatni bo‘rttirib ko‘rsatib
berish yuklangan. «Juz» bilan «yuz» ham misradagi ohangdoshlikni kuchayti-
rishga hissa qo‘shgan. Ular orasida ko‘zga ko‘rinmas mantiqiy ziddiyat ham
mavjud. «Juz» ayrimlikni, yakkalikni, kamlikni anglatadi, «yuz»da esa jamlik
ko‘plik, butunlik ma’nolari mu- jassamlashgan.
Xuddi shu hodisa keyingi baytdagi «biriga» hamda «yuz» so‘zlari bilan bog‘liq
holda ham maydonga kelgan. «Xito» va «xato» so‘zlarining yozuvdagi
yaqinliklari ularning taj- nis sifatida namoyon bo‘lishini ta’minlagan. Ular
ma’noning tovlanishiga, yarq etib ko‘rinishiga imkon hozirlagan.
Bularning barchasi «oqil» odamlarga nisbatan bir chaqiriq, da’vat yo‘sinida
yuzaga kelgan. Mutafakkir adibning asl mud- daosi shuki, oqillar nooqillardan
o‘zini chetga olmog‘i, ta’ma va hirs domida yashaydiganlardan o‘zini asramog‘i
lozim.
|