Umid hamroyev



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/49
tarix18.04.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#115364
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49
2 5402244426510633284

Umid Hamroyev 

@Ona_tili_va_adabiyot_N1 

Tengri xonin ochuq aqida qilib, Xalqdin ro‘ziy istagan gumroh Uyladurkim tengiz 

qirog‘inda Ro‘za ochmoqqa kimsa qozg‘oy choh. Eng avval sarlavha mohiyatini 

anglab olishga harakat qi- lamiz. Uni «yaratganning dasturxoni tuhfalari-yu 

umumiy, bar- chaga barobar karami bo‘la turib, boshqa (kishi)lardan biror narsa 

tilagan (kishi)ning xom tamasi-yu oxiri yaxshilik bilan tugamagan zoti» haqida 

deb tabdil qilishimiz mumkin. De- mak, qit’a ayrim bandalarning noshukurligi 

hamda behuda ta’magirligi haqida. 

Qit’a mazmunini aniqroq tasavvur etish uchun har bir misra, har bir so‘z ustida 

bosh qotirishga to‘g‘ri keladi. Bir qarashda unda begona, notanish va tushunarsiz 

so‘z yo‘qqa o‘xshaydi. Ammo Navoiy qo‘llagan so‘zlarning barchasi ham 

lug‘atlardagi izohlar doirasiga sig‘avermasligini, qolaversa, she’riyatda 

so‘zlarning o‘z lug‘aviy ma’nolaridan ko‘ra ancha kengroq mazmun qamroviga 

ega bo‘lishini ham nazarda tutish lozim bo‘ladi. 

Agar shu nuqtayi nazardan «aqida» so‘ziga e’tibor qarat- sak, uning «ishonch», 

«e’tiqod», «ixlos»; «tushuncha», «fikr», «bilim» ma’nolariga egaligi ma’lum 

bo‘ladi. O‘z-o‘zidan «aqida qilmoq» ham «ishonch hosil qilmoq», «e’tiqodli 

bo‘lmoq» ma’nolarini mujassamlashtiradi. Shu ma’nolarnigina nazarda tutib 

birinchi baytni o‘qisak, ma’noning yaxlit va butun tasav- vur qilish qiyinroq 

ekanligi ayonlashadi. Agar iboraning «gu- mon qilmoq» ma’nosiga ham egaligini 

e’tiborga olsak, vaziyat o‘zgaradi. «Olloh dasturxonining har doim ochiqligiga 

gumon keltirib (ya’niki, yaratganning har doim marhamatli ekanligiga 

shubhalanib)» tarzidagi talqin mazkur misraning keyingi misra bilan uzviy 

yaxlitligini ko‘z oldimizga keltirishga ko‘mak- lashadi. Ya’ni haqning 

marhamatiga emas, balki o‘z rizq-u ro‘zi o‘rniga xalq (boshqa bir inson)ning qo‘li 

bilan beradigan narsalariga umidvor bo‘lgan, ta’magir, yo‘lini yo‘qotgan odam 

(«gumroh») obrazini tasavvur qilish qiyin kechmaydi. 

Ana shunday yaramas qiyofali kimsani kitobxonning ko‘z oldiga yanada aniqroq 

keltirishi uchun bir qiyos tavsiya etila- di, uning o‘xshashi ko‘rsatiladi: 

dengizning qirg‘og‘ida bo‘la turib, og‘iz ochish uchun lozim bo‘ladigan suvni 

topishga in- tilayotgan, shu miqdordagi suvni topish ilinjida ayni mana shu yerdan 

quduq qaziyotgan odam timsoli shu vazifani ado etadi.  

Uning gumrohligi shu darajadaki, o‘zi dengiz qirg‘og‘ida turibdi, ya’ni 

yaratganning dasturxoni uning uchun ochiq. Buni Allohning chek-u chegara 

bilmaydigan inoyati, shafqat va marhamati sifatida tushunmoq joiz ko‘rinadi. 

Agar u yo‘li- ni yo‘qotgan bo‘lmasa, oyog‘i ostidagi shuncha narsalarni 

ko‘rmasdan, ularga shukronalar qilmasdan o‘tib ketarmidi?! 

Uning ustiga qit’ada bilinar-bilinmas kinoya ham mavjud: ro‘zadorning og‘zini 

ochishi uchun qancha suv kerak bo‘la- di? Bu bir tomondan, ikkinchidan esa, 

ro‘zador bo‘la turib shunchalik og‘ir va mashaqqatli, buning ustiga keraksiz ishga 

mashg‘ul bo‘lish oqil-u donolikka kiradimi? Faqat va faqat gumroh - yo‘lini tom 

ma’noda yo‘qotgan bechoragina shun- day qilishi mumkin. 

Qit’aning go‘zal shakli, teran ma’nosi, mutafakkir adib qalamidan chiqqan ifoda 

yo‘sini kishini o‘y va mushohadaga chorlaydi. Bu o‘y va mushohadalarning esa 

yanada yangi va munosib kuzatish va xulosalar sari yetaklashi shubhasizdir.  

Saxo-vu buxl bobida nukta surmak va arolarida ikki vosita kelturmak  

Debon bergan kishi erdur, va lekin Demay berganga erlik bil musallam.  





Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin