Umid Hamroyev
@Ona_tili_va_adabiyot_N1
Har ishniki ayladim, xatolig‘ bo‘ldi.
O‘z yerni qo‘yub Hind sori yuzlandim,
Yo rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.
Boburdan bizga uning devonlari, «Boburnoma»si, bir qator ilmiy, tarixiy,
diniy-falsafiy va axloqiy-ta’limiy ruhdagi asarlaridan iborat meros qoldi. U
Xoja Ubaydullohning «Risolayi volidiya»sini o‘zbekchalashtirdi, musulmon
axloqiga oid «Mubayyin» nomli masnaviyni yaratdi, «Xatti Boburiy»ni
ixtiro qildi.
Bir necha muddat oldin podsholikni Humoyunga topshirgan Bobur 1530 -
yil 26-dekabrda, 47 yoshida o‘zi asos solgan sal-tanat poytaxti Agrada vafot
etdi va o‘sha yerda dafn etildi. Keyinchalik, 1539-yil, vasiyatiga muvofiq,
xoki Kobulga kel-tirilib, o‘zi bunyod ettirgan «Bog‘i Bobur»ga qo‘yildi.
Bobur O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng o‘z yurtida haqiqiy
qadr-qimmat topdi. Andijon shahrida Bobur nomida universitet, teatr,
kutubxona, milliy bog‘ («Bog‘i Bobur») bor.
Bobur milliy bog‘i majmuasida «Bobur va jahon madaniyati» muzeyi, shoir-
ning ramziy qabr maqbarasi bunyod etilgan. Shahar markazida va Bobur
bog‘idagi yodgorlik majmuyida shoirga haykal o‘rnatildi. Andijondagi
markaziy ko‘chalardan biriga, shuningdek, Toshkentdagi istirohat bog‘i va
ko‘chaga, Andijon viloyati, Xonobod shahridagi istirohat bog‘iga Bobur
nomi berildi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Bobur nomidagi medali ta’sis etildi.
1993-yil 23-dekabrda tashkil etilgan Xalqaro Bobur jam- g‘armasi Bobur
ijodini o‘rganishda katta ishlarni amalga oshirdi. Jamg‘armaning ilmiy
ekspeditsiyasi 10 dan ortiq Sharq mamlakatlari bo‘ylab ilmiy safarlar
uyushtirib, Bobur va boburiylar qadamjolari, ularning ilmiy merosiga oid
yangi ma’lumotlar to‘plab, ularni ilmiy iste’molga kiritdi. Mazkur
ma’lumotlar asosida 10 dan ziyod ilmiy, hujjatli, badiiy asar- lar, 10 ga yaqin
hujjatli, videofilmlar yaratildi. Jamg‘armaning Lohur (Pokiston),
Haydarobod (Hindiston), Abu Dabi (BAA), Moskva (RF), O‘sh
(Qirg‘iziston), Toshkent, Namangan sha- harlarida bo‘limlari mavjud.
Mashhur kishilarning Bobur haqidagi fikrlari
«Tarixi Rashidiy»dan: «U turli go‘zal fazilatlar, maqtovga loyiq sifatlarga
ega podshoh edi. Barcha sifatlari ichida shijoat va muruvvatpeshaligi ustun
kelar edi».
Hasanxo‘ja Nisoriy: «Chig‘atoy sultonlarining eng sarasi va zo‘r
shijoatlisi edi».
Javoharla’l Neru: «Bobur dilbar shaxs, Uyg‘onish davri- ning tipik
hukmdori, mard va tadbirkor odam bo‘lgan, u san’atni, adabiyotni sevardi,
hayotdan huzur olishni yaxshi ko‘rardi. Uning nabirasi Akbar yana ham
dilbarroq bo‘lib, ko‘p yaxshi fazilatlarga ega bo‘lgan».
Monstyuart Elfinston: «Uning uslubi oddiy va mardona, jonli va obrazli. U
o‘z zamondoshlarining qiyofalari, urf-odat- lari va intilishlarini, qiliqlarini
oynadek ravshan tasvirlaydi. Shu jihatdan bu asar Osiyoda yagona, chinakam
|