Umid hamroyev



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/49
tarix18.04.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#115364
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
2 5402244426510633284

Umid Hamroyev 

@Ona_tili_va_adabiyot_N1 

tarixiy tasvir namunasidir». 

Rumer Goden: «Bobur bunyod etgan davlat garchi bobo- lariniki singari 

bepoyon mintaqalarga yoyilmagan bo‘lsa-da, u o‘z saltanatining sultoni, 

buyuk imperatori darajasiga ko‘taril- di. O‘z mulkida boshqaruv tizimini 

mahkam tutib, uni mohir- lik bilan idora qildi. Bu o‘lkani 332 yil davomida 

mahorat bilan boshqargan buyuk sulolaga asos soldi». 

Pirimqul Qodirov: «Bobur mirzo so‘z bilan jonli tasvir yaratish mahoratini 

mukammal egallagan adib edi. Buni o‘zi ham sezardi. Shuning uchun 

umrining oxirida o‘g‘li Humoyunga «Boburnoma»ni tugallab taqdim 

etganida unga bir ruboiy ilova qiladi: 

Bu olam aro ajab alamlar ko‘rdum, 

Olam elidin turfa sitamlar ko‘rdum, 

Har kim bu «Vaqoyi’»ni o‘qir, bilgaykim, 

Ne ranj-u ne mashaqqat-u ne g‘amlar ko‘rdum. 

«Vaqoyi’» - «Boburnoma»ning dastlabki nomi edi. Bobur o‘z zamonasida 

boshdan kechirgan barcha ko‘rguliklarni haqqoniy tasvirlashga intilganining 

sababi bu ruboiyda aniq ko‘rsatiladi. Uning eng zo‘r istagi: «Vaqoyi’»ni 

o‘qiganlar haqiqatni bilsinlar, u qilgan xatolarni takrorlamasinlar. 

«Boburnoma» ham «Temur tuzuklari» kabi avlodlarga ul- kan hayotiy 

tajriba, saboq va qisman vasiyat tarzida yozilgan edi». 

BOBURNOMA 

(Asardan parcha) 

To‘qqiz yuz o‘n ikkinchi (1506-1507) yil voqealari 

 

«BOBURNOMA» HAQIDA 



«Boburnoma» - adabiy va tarixiy ahamiyatga molik asar. Unda o‘z 

davridagi ko‘plab kishilarning turli vaziyatlardagi kechinmalari, Osiyoning 

ko‘plab tog‘lari, daryolari, o‘rmon va cho‘llari, iqlimi, aholisi, ijtimoiy, 

iqtisodiy, siyosiy ahvoli haqidagi ma’lumotlar jamlangan. 

«Boburnoma» - o‘zbek nasrining go‘zal namunasi. Unga- cha Yusuf xos 

Hojibning «Qutadg‘u bilig» asari muqaddima- sida, Rabg‘uziy ijodida nasr 

namunalari uchrar edi. Alisher Navoiy uni yuqori pog‘onaga olib chiqdi. 

Biroq «Boburnoma» bu borada o‘zbek nasrining o‘ziga xos kashfiyoti 

sifatida yuz ko‘rsatdi. 

Asarda tarixning Bobur yashab o‘tgan davri voqelari ifoda- langan. Bu 

voqealar Andijon, Samarqand, Xo‘jand, Hirotdan boshlab Kobul va 

Agragacha bo‘lgan qamrovga ega. Ya’ni unda O‘rta Osiyodan boshlab 

Hindistongacha bo‘lgan maso- fadagi deyarli 50 yillik voqealar haqqoniy 

ifoda va bahosini topgan. 

«Boburnoma»dagi voqealar bayoni aniq, ixcham va lo‘nda, ta’sirchan, 

eng muhimi, hayotiy haqiqatga mos va muvofiqligi bilan e’tiborlidir. Muallif 

voqealar bayonida tabiat tasviriga, ayrim joylar tavsifiga, alohida 

kishilarning ta’riflariga jiddiy ahamiyat beradi. 





Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin