Umid hamroyev



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/49
tarix18.04.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#115364
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49
2 5402244426510633284

Umid Hamroyev 

@Ona_tili_va_adabiyot_N1 

imkoniyatini yaqqol ko‘rsatib berishi bilan ham e’tiborga molik. Unda ma’shuqa 

portretini chizib ko‘rsatish asosiy maqsad sifatida namoyon bo‘lgan. 

Dastlab yuzning yuqori qismidagi uzvlar ko‘z, qosh va qaboq qalamga olinadi. 

Ularning barchasi yor uchun mos va munosib. Bu hukm «yaxshi» so‘zi orqali 

ravshanlashadi. Bu so‘zning misra oxirida kelishi uning gapdagi vazifasi kesim 

ekanligini ko‘rsatib turibdi. Odatda, gapdagi hukmning asosiy mazmun va 

mohiyati kesimda o‘z ifodasini topadi. 

Keyingi qismda yuzning navbatdagi uzvlar: yuz bilan dudoq qo‘yiladi. Ayni 

paytda ro‘yxatga yuz bilan bevosita bog‘lanmagan yana bir jumla («so‘z») ham 

jalb etiladi. Demak, shoir ma’shuqaning faqat tashqi ko‘rinishini emas, balki 

uning ma’naviy olamini ham nazarda tutadi. Zero, inson ma’naviyati uning nima 

deyishida, nimani qanday aytishida ham o‘z aksini topadi. 

So‘ng yana zohiriy belgilarga o‘tiladi: yuz, yuzdagi xol, iyaklarning mos va 

mutanosibligi qayd etiladi. 

Oxirgi bayt ruboiyga yakun yasaydi. Bu yerda yana bir yangi so‘z o‘yiniga duch 

kelamiz. U «boshdin oyog‘ing yaxshi» tarzida shakllantirilgan. Bu yerda ham 

so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolari mujassamlashgan. Ya’ni, «boshing ham, 

oyog‘ing ham yaxshi» degan sanoq va boshingdan oyog‘ing- gacha bo‘lgan 

hamma uzvlaring go‘zal degan mulohaza o‘z ifodasini topgan. 

 

Temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda 



Andijonda tug‘ildi. Bobur Vatanimiz tarixidagi takrorlanmas siymolardan 

biridir. U nafaqat yirik adib, buyuk tarixchi, ulkan olim, balki mohir 

sarkarda va davlat arbobi ham edi. Uning ijodi mana shu sohalar bilan 

chambarchas bog‘liq holda yuzaga keldi. 

Uning mustaqil siyosiy faoliyati juda erta - otasi Umar- shayx mirzoning 

kutilmaganda vafot etishi munosabati bilan boshlandi. O‘shanda u bor-

yo‘g‘i 12 yoshda edi. 

Bobur bobosi Amir Temur davlatining poytaxti - Samar- qand shahrini 

ishg‘ol qilish uchun bir necha marta urinib ko‘rdi. Dastlabki 

muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi. Shunga qa- ramay, uni qo‘lda tutib 

turishning imkonini topa olmadi. Keyinchalik u o‘z she’rlaridan birida 

shunday deydi: 

Davron meni o‘tkardi sari somondin, 

Oyirdi meni bir yo‘li xonumondin, 

Gah boshima toj, gah baloyi ta’ma, 

Nelarki, boshima kelmadi davrondin. 

Boburning yagona maqsadi yirik va mustahkam markaz- lashgan davlat 

tuzishdan iborat edi. Bu maqsad amalga oshdi. 

iroq u o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurtda - Movarounnahrda emas, balki undan ancha 

olisda - Hindistonda amalga oshdi. Adib- 

ning o‘zi bu hodi sadan doimo iztirobda bo‘lganligi asarlarida juda yorqin 

tarzda aks etgan: 

Tole yo‘qi jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi, 




Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin