Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Logopediya shoxobchalarini tashkil etish



Yüklə 45,25 Kb.
səhifə4/6
tarix18.11.2023
ölçüsü45,25 Kb.
#133062
1   2   3   4   5   6
3-bob. Logopediya shoxobchalarini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
9. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limining Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash markazi umumta’lim muassasalari tomonidan taqdim etilgan o‘quvchilar ro‘yxati asosida har yili sentyabr oyining 25-sanasiga qadar tegishli tuman (shahar) bo‘yicha logopediya shoxobchalarining soni va ularning joylashuv dislokatsiyasini ishlab chiqadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 29-oktabrdagi 32-mh-son, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 20-oktabrdagi 33-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 26-oktabrdagi 45-2021Q/Q-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2722-1, 18.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2021-y., 10/21/2722-1/1067-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Logopediya shoxobchasi tegishli tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudirining buyrug‘i bilan tashkil etiladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 29-oktabrdagi 32-mh-son, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 20-oktabrdagi 33-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 26-oktabrdagi 45-2021Q/Q-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2722-1, 18.11.2021-y.) tahririda — (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2021-y., 10/21/2722-1/1067-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudirining buyrug‘iga muvofiq, har bir logopediya shoxobchasiga bir yoki bir nechta yaqin masofada joylashgan umumta’lim muassasalari biriktiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 29-oktabrdagi 32-mh-son, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 20-oktabrdagi 33-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 26-oktabrdagi 45-2021Q/Q-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2722-1, 18.11.2021-y.) tahririda — (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2021-y., 10/21/2722-1/1067-son)
Bir nechta umumta’lim muassasalari biriktirilgan logopediya shoxobchasi uning uchun joy ajratish imkoniyatiga ega bo‘lgan hamda boshqa umumta’lim muassasalariga qatnash uchun qulay joylashgan umumta’lim muassasasida tashkil etiladi.
12. Logopediya shoxobchasi tashkil etilgan umumta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan logopediya shoxobchasi uchun boshlang‘ich sinflarga yaqin joyda tegishli sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga javob beradigan, umumiy maydoni 20 kv. metrdan kam bo‘lmagan xona ajratiladi.
Logopediya shoxobchasi mazkur Nizomning 1-ilovasidagi talablarga muvofiq jihozlanadi.

Yüklə 45,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin