135.Pedagogika fanining metodologik asoslarini belgilang.
a)ta’lim – tarbiyaning umumiy qoidalari, tarbiya haqidagi g‘oyalar, prinsiplari
b)ta’lim – tarbiyada qo‘llaniladigan metodlar, amal qiladigan fikr – g‘oyalar, qo‘llanmalar
c)*pedagogik xodisalarni tadqiq qilishda qo‘llanma bo‘ladigan ilmiy – falsafiy g‘oyalar, ilmiy meros
d)ilmiy meros, ta’lim – tarbiya metodlari, pedagogik hodisalar, o‘qituvchilarning tajribalari
136.Tarbiya jarayoning mohiyati nimadan iborat?
a)tarbiya – Shaxs rivojlanish va shakllanishiga raxbarlik qilishdan iborat
b)tarbiya muayyan xislat va sifatlarni tarbiyalanuvchilarga singdirish uchun ularning psixikasiga sistemali va izchil ta’sir o‘tkazish jarayonidir
c)*tarbiya Shaxsning ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish bo‘yicha faoliyatini tashkil etishga qaratilgan va ongli ravishda amalga oshiriladigan jarayondir
d)tarbiya – bu tarbiyachi istagan axloqiy – ma’naviy sifatlarni tarbiyalanuvchilarga singdirish maqsadida maxsus tashkil etilgan pedagogik jarayon
137.Pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosiy usullari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
a)darsni to‘g‘ri tashkil etish, nutq, tashabbuskorlik, qobiliyat
b)*talab, istiqbollar belgilash, rag‘batlantirish, jazolash, jamoatchilik fikri, hikoya, tushuntirish
c)mehnatsevarlik, iroda, jazolash, muomala
d)hikoya, tushuntirish
138.Tarbiya uch narsaga extiyoj sezadi: ilmga, iste’dodga va mashqqa. Bu so‘zlar qaysi mashxur faylasufga tegishli?
a)* Arastu
b)Aflotun
c)Abu Nasr Farobiy
d)Abu Rayxon Beruniy
Dostları ilə paylaş: |