Umumiy pedagogika


III bosqich- ta'lim-tarbiya jarayonini loyihalashtirish



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə149/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

III bosqich- ta'lim-tarbiya jarayonini loyihalashtirish.
IV bosqich- puxta reja, loyihalashtirish asosida oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish.
V bosqich- natijani baholash, umumlashtirish, xulosalash, qaror qabul qilish, faoliyatning kelgusi yangi yoʻnalishlarini belgilab olish
Pedagogik texnologiyaning qonuniyatlari, tamoyillari va turlari
Pedagogik texnologiyaning oʻziga xos qonuniyatlari ham mavjud boʻlib, ular oʻquv-tarbiya jarayonida pedagogik faoliyat natijalaridaga ijobiy sifat oʻzgarishini kafolatlanadi. “Ta’lim qonuniyatlari ta’lim jarayonida roʻy beradigan xodisalar oʻrtasidagi oʻzaro bog‘lanishlar, ularning mohiyatini ifodalovchi shart-sharoit, asosdir” .54
Pedagogik texnologiyaning qonuniyatlari quyidagilardan iborat:
- oʻquv-tarbiya jarayonini puxta loyihalashtirish, bashoratlash, dasturlashtirish zamirida oʻqituvchi va oʻquvchi bilimi, imkoniyatlari, qobiliyatini metodik-texnik vositalar bilan birlashtirgan holda sifat va samaradorlikka erishish;
- oʻquv-tarbiya jarayonini jamiyat taraqqiyoti talablari, asosida tashkil etish, vaqtdan unumli foydalanish, natijaning kafolatlanganligi;
- oʻquv-tarbiya jarayonida fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan samarali foydalanishda sub’ekt-sub’ekt faolligi, navatorligi, ijodkorligining ustuvorligi, pedagogik hamkorligi;
- ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli, metod va vositalarining progressiv xarakterga egaligi;
-ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishning innovatsion xarakterdaligi;
- oʻzlashtirishning puxtaligi, natijaning amaliy xarakterdaligi;
- oʻquv materiali mazmunining mohiyati texnologik vositalar (interfaol metodlar, AKT, texnologiyalar) asosida oʻquvchilarning yosh va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda tanlanishi.
Pedagogik texnologiyaning metodologik asosi boʻlib, umuminsoniy va milliy qadriyatlar, Oʻzbekiston Republikasining yoshlar ta’limi va tarbiyasiga oid qonunlari, ratifikatsiya qilingan xalqaro qonun xujjatlari, Oʻzbekiston Prezidentining ma’ruzalari, asarlari, Farmon, Qaror va Farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining huquqiy-me’yoriy hujjatlari, davlat dasturlari, mamalakatimiz hamda dunyo miqyosida ta’lim texnologiyalariga oid ixtirolar, novatorlik g‘oyalari, mutaxassis olimlarning ushbu soha yuzasidan olg‘a surgan ilmiy-nazariy g‘oyalari, qarashlari, xulosa va tavsiyalari xizmat qiladi.
Metodologik asos esa- muayyan nazariya va ta’limotlarning etarlicha ilmiy asoslanishi, shaxs faoliyatini toʻg‘ri uyutirish uchun asos (negiz) boʻlib xizmat qiladigan muhim, etakchi g‘oyalardir55.


Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin