Vaziyatdan kelib chiqadigan muammoni ta’sirli ifodalaydi.
Ba’zi talabalar judayam qoʻpol boʻlishi mumkin.
Oʻqituvchi muammoni, aniqlikni va vaziyatni aniqlashi zarur.
Talabalarga boshqalarning rollarida ham oʻzlarini qoʻyib koʻrish imkonini beradi, bu esa boshqa tomondan qadrlanadi.
Katta guruhlar uchun mos emas.
Oʻqituvchi aniq koʻrsatmalar berishi kerak.
Yechimlarni tadqiq qilishga imkon yaratadi.
Ba’zi talabalar oʻzlarini bosim ostida his qilishlari mumkin.
Amaliy koʻnikmalarni rivojlantirishga imkon yaratadi.
Oʻquvchilar diqqatini dars davomida jalb qilish usullari –har 10 daqiqa davom etuvchi mavzu tushuntirishning ikki daqiqasini oʻquvchilarning oʻsha mavzuga boʻlgan munosabatini aniqlashga va savollariga javob berishga bag‘ishlang. Bu har yoʻlda amalga oshirilishi mumkin, masalan, nimani tushungan boʻlsa, shuni yozdirish yoki boʻlib oʻtgan mavzuni muhokama qilish orqali;
–oʻquvchilarning dars davomida bitta joyda oʻtirishiga yoʻl qoʻymang, ulardan savollarga turli imo-ishoralar (gestures), qoʻl harakatlari (body language) orqali javob berishini talab qiling, yoki tez-tez doskaga chaqirib turing;
–oʻquvchilarning har bir harakati, fikrlariga nisbatan oʻz fikringizni bildiring (feedback). Ular oʻz fikriga qanday munosabatda ekanligingizga qiziqadi va siz bildirgan munosabat ularni ruhlantiradi.
–dars oxirida, oʻquvchilarga dars davomida oʻrgangan va juda qiziqarli deb topgan uchta ma’lumotni aytishini soʻrang.
–har dars soʻnggida, ularni ruhlantiradigan gaplar aytib hayajonga soling, xonadan koʻtarinki kayfiyatda chiqib ketishlariga ishonch hosil qiling.