Umumiy pedagogika


Kompetentlik tushunchasi va uning mazmun-mohiyati



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə111/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Kompetentlik tushunchasi va uning mazmun-mohiyati
“Kompetensiya” lotincha soʻz boʻlib, oʻzbek tilidagi lug‘aviy ma’nosi “inson yaxshi biladigan”, “tajribaga ega boʻlgan” kabi ma’nolarni bildiradi. Demak, biror bir sohada kompetentli inson shu soha haqida asosli fikr yuritish va samarali faoliyat olib borish uchun zarur boʻlgan bilim va qobiliyatga ega hisoblanadi.
Kompetentlilikbilimdonlik, kasbiga moslik, malakalilik, tajribalilik, mas’uliyatlilikni rahbarlik faoliyatiga singdirib borish. Oʻz sohasining, ishining ustasi boʻlish, sohasining sirlarini har tomonlama chuqur bilish.45
Soʻnggi yillarda pedagogika sohasida “kompetentli”, “kompetensiya”, “kompetentlilik” tushunchalaridan keng foydalanilmoqda. Bu ta’lim mazmunini isloh qilish zarurati bilan uzviy bog‘liq. S.I.Ojegov bu tushunchalarni quyidagicha ifodalaydi:
Kompetentlilik – biror sohani chuqur bilish, koʻp narsalardan xabardorlik, oʻz mutaxassisligi boʻyicha katta e’tiborga moliklik”46
Kompetensiya 1. Biror kishi juda yaxshi bilgan yoki xabardor boʻlgan masalalar doirasi. 2. Biror kishining vazifalari, huquqlari doirasi 47
Kompetensiya – biror soha boʻyicha har tomonlama chuqur bilimga ega boʻlgan va shuning uchun ham fikri salmoqli, ishonchli hisoblangan kishining sifati.
Umuman “kompetensiya” va “kompetentlik” atamalari pedagog olimlar tomonidan bir xilda talqin etilmaydi.
Rus tilidagi “kompetentnost” atamasidagi “nost” suffiksi ma’lum sifatni egallash darajasini bildiradi va shu bois, “kompetentlilik” atamasi ma’lum sifatlarni, ularni egallash darajasini belgilash uchun qoʻllaniladi.

Kompetentlikka yo‘naltirilgan ta’lim amerikalik tilshunos N.Xomskiy (1965-yil, Massachutes universiteti) tomonidan taklif etilgan «kompetensiya» atamasining umumiy ma’nosida shakllanadi. Yevropa Kengashi dasturi bo‘yicha Bern shahrida bo‘lib o‘tgan simpoziumda (1996-yil) «kompetensiya» tushunchasi «o‘quv», «kompetentlik», «qobiliyat», «mahorat» singari tushunchalar qatoriga kiritilganligi ta’kidlandi. Yevropa davlatlarining ta’lim vazirlari Boloniya deklaratsiyasida (1999-yil) ta’lim islohatlarining konseptual asoslari sifatida kompetentli yondashuvni belgilandi.



Shundan, kompetensiya va kompetenlilik tushunchalari bilim, koʻnikma, malaka tushunchalaridan koʻra kengroq ma’noni anglatadi. Chunki ular shaxsning yoʻnalganligi (motivatsiyasi, qadriyatlarining yoʻnalishlari), uning stereotiplarini yengish, muammolarni his etish, kuzatuvchanlik, fikrlash qobiliyatini; xarakterini mustaqillik, maqsadga intiluvchanlik, irodaviy sifatlarini qamrab oladi.
Aleks Mur koʻpqirrali qobiliyat tushunchasiga asos soldi. Ya’ni koʻpqirrali qobiliyatlilik tushunchasi kompetentlik tushunchasiga mos kelib, uning fikricha “... koʻp qirrali qobiliyatlar deganda, turli xil insonlar turli xil uslublar orqali yoki bir inson turli xil narsalarni turli xilda oʻrganilishi tushuniladi 48
Koʻpqirrali qobiliyat tushunchasining eng ilg‘or tarafdorlaridan biri Govard Gardnerdir. (1983,1993). (yana koʻrish mumkin boʻlgan asarlar Armstrong 1994, Xou 1984, 87 – 92 betlar va Bentli 1998).49
G.V.Nikitinaning fikricha, kompetentliklar tasnifida bir nechta asoslar mavjud:
– insonning umumiy kompetentligi (matematik, kommunikativ, informatsion, ijtimoiy, axloqiy va hokazo);
– faoliyat turlari boʻyicha kompetentlik (mehnat, oʻquv, oʻyin, kasbiy va boshqalar);
– faoliyat yoʻnalgan obyektlar boʻyicha kompetentlik (inson-inson, inson-texnika, inson-tabiat, inson-badiiy timsol va kabilar);
– ijtimoiy hayot sohalari boʻyicha kompetentlik (maishiy, fuqaroviy, madaniy va hokazo);
– ijtimoiy bilimlar tarmoqlari boʻyicha kompetentlik (matematikada, gumanitar fanlarda);
– ishlab chiqarish tarmoqlari boʻyicha kompetentlik (transport, aloqa, mudofaa va boshqalar);
– qobiliyatlar boʻyicha kompetentlik (pedagogika, psixologiya, ijtimoiy, ijodiy, texnik va boshqalar).
Zero, yuqorida qayd etilgan kompetentlik yoʻnalishlari shaxs umummadaniy kompetentligining tarkibiy qismlari hisoblanadi. Shuningdek, shaxs kompetentligi mazmuniga koʻra 3 turga boʻlinadi.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin