1) aralash dars: a) tashkiliy qism;
b) oʻrganilganlarni takrorlash va mustahkamlash;
d) oʻquvchilarni baholash;
e) yangi mavzuni bayon qilish;
f) uy vazifasi.
2)yangi bilimlarni bayon qilish darsi:
a) yangi mavzuni bayon qilish;
b) oʻrganilganlarini mustahkamlash;
d) oʻquvchilarni baholash;
e) uy vazifasi.
3) oʻrganlarini takrorlash va mustahkamlash darsi: a) tashkiliy qism;
b) oʻquvchilarni baholash;
d) uy vazifasi.
4) oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini nazorat qilish darsi: a) tashkiliy qism;
b) oʻrganilganlarini takrorlash;
d) oʻquvchilarning bilimlarini tekshirish va baholash;
e) uy vazifasi.
7-mavzu: Pedagogik mahorat asoslari va uning tarkibiy qismlari. Pedagogik kasbiy kompetentlik va kreativlik
Reja: 1. Pedagogik mahorat nima va uning mohiyati.
2. Oʻqituvchi pedagogik mahoratining vazifalari va asosiy tarkibiy qismlari.
3. Pedagogik mahoratni egallash vositalari.
4. Oʻqituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan oʻrni.
Tayanch tushunchalar:“Pedagogik mahorat” fani; pedagogik faoliyat; pedagogik jarayonning harakat vositasi; komponent; oʻqituvchining kasbiy tayyorligi; tarkibiy qismlar; prinsiplar; tarbiyalanganlik darajasi; zamonaviy axborot texnologiyalari; murabbiy; mustaqil oʻqib oʻrganish; guruhli va ommaviy tadbirlar; “ilg‘or oʻqituvchi”; “ijodkor oʻqituvchi”; “novator oʻqituvchi”; kasbiy sifatlar tizimi; oʻqituvchi va tarbiyachi. Mavzuning qisqacha mazmuni:pedagogik mahorat va uning mohiyati, oʻqituvchi pedagogik mahoratining vazifalari va asosiy tarkibiy qismlari, pedagogik mahoratni egallash vositalari, oʻqituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan oʻrni haqidagi fikrlar oʻz aksini topgan. Pedagogik mahorat nima va uning mohiyati. Pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimalardan iborat? Ularni egallash uchun nimalarni bilish kerak? Hozirgi zamon pedagogikasi va psixologiyasi «pedagogik mahorat» tushunchasiga turlicha izoh beradi. Jumladan, “Pedagogik ensiklopediya”da quyidagicha izohlangan: “Oʻz kasbining mohir ustasi boʻlgan, yuksak darajada madaniyatli, oʻz fanini chuqur biladigan, yondosh fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va oʻqitish uslubiyatini mukammal egallagan mutaxassis”. Ushbu ta’rifning mohiyatidan kelib chiqib oʻqituvchining pedagogik mahorati tushunchasi mazmunini shunday izohlash mumkin:
1. Madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak koʻrsatkichi.
2. Oʻz faniga doir bilimlarning mukammal sohibi.
3. Pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni puxta egallaganligi, ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olishi.
4. Oʻquv-tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi.
Pedagogik mahorat tizimi quyidagi oʻzaro bir-biri bilan bog‘liq boʻlgan asosiy komponentlardan iborat:
Pedagogikinsonparvarlik talablariga boʻysunishi.
Kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal bilish.