Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə135/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

2. Valdorf pedagogikasi

Bu ta’lim usuli olim va pedagog R.Shtayner falsafasiga asoslangan boʻlib, uning mohiyati shaxsning ruhiy va estetik rivojlanishiga qaratilgan, bolaning aql-zakovati esa unchalik ahamiyat kasb etmaydi. Shu sababli, mazkur usul tabiat, ijod va kasb hunarlarni kuzatishni oʻz ichiga olgan. Valdorf ta’limi markazlarida oʻquvchilar ganchkorlik, turli musiqa asboblarini chalish, xalq hunarmandchiligi, turli sahna koʻrinishlarida ishtirok etish (aktyorlik mahorati) kabi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadilar. Oʻqish uchun mashg‘ulotlarni esa bola 12 yoshga kirgandan soʻngra boshlash tavsiya qilinadi. Ta’lim vaqtida bolaning asosiy bilim manbai va yoʻnaltiruvchisi oʻqituvchidir. Dars oʻqituvchi va oʻquvchi orasidagi suhbat tarzida oʻtkaziladi. Oʻqituvchi darsni hikoya qilib bergach, oʻquvchi oʻz tushunganlarini soʻzlash va koʻrsatish bilan namoyish qilishi lozim.


Albatta, Valdorf usulining ham oʻziga yarasha kamchiliklari bor. Ba’zilarning fikriga koʻra, bu usul real hayotdan uzoq boʻlgan vaziyat yaratishi ehtimoli katta. Undan tashqari, bolaning normal rivojlanishida asossiz toʻsqinlik yuzaga keladi12 yoshda oʻqishni oʻrgana boshlash bola uchun juda kech. Bu usulda asos qilib olingan estetik tarbiya esa mantiq va tafakkur rivojlanishining cheklanishiga olib keladi. Valdorf usuli giperaktiv, asabiy, agressiv, oʻziga ishonchi yoʻq va e’tibori past boʻlgan bolalar uchun foydali.
Ammo ishingiz sababli vaqtingiz kam boʻlsa, bu usul sizga toʻg‘ri kelmasligi mumkin. Chunki farzandingiz bilan birgalikda chevarlik, ganchkorlik kabi hunarlarni birga qilishingiz lozim. Dars davomida butun e’tibor bolaga qaratiladi, Ota-onalar esa vaziyatga moslashadi va faqat yordamchi vazifasini bajaradi. Valdorf pedagogikasi bolaning sog‘lom oʻsishiga negativ ta’sirining oldini olish uchun ta’lim tizimida hech qanday shoshilishga yoʻl qoʻymaydi.



4. Inklyuziv ta'lim


3. Montessori usuli

Mariya Montessori usuli bolalarga oʻyin shaklida ta’lim berish, mashqlarni esa mustaqil ravishda bajarishiga asoslangan. Har bir bolaga uning individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yondashiladi. Bola oʻzi mustaqil ravishda materiallarni tanlaydi va dars vaqtini belgilaydi, ya’ni individual tarzda shakllanib boradi. Bu usulning asosiy maqsadi bolaga oʻz individual qobiliyatlarini namoyon qilish istagini uyg‘otishdir. Montessori usuli boshqa ta’lim usullaridan tubdan farq qiladi. U bolaga qilgan xatolarini topib, ularni toʻg‘rilash huquqini beradi. Oʻqituvchining vazifasi esa oʻqitish emas,bolani mustaqil harakatlanishga undash. Bu usul yordamida bolaning mantiqiy va ijodiy tafakkuri ortadi, diqqat–e’tibori, xotirasi, nutqi, motorikasi rivojlanadi. Undan tashqari, Montessori uslubi jamoaviy oʻyin va mashg‘ulotlarga ham alohida e’tibor qaratadi, bu esa bolada boshqalar bilan oʻzaro muloqatga kirishish, maishiy faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mustaqil fikrga ega boʻlish layoqatini rivojlantiradi.


Bubarcha oʻrganuvchilarni teng huquqlilik asosida maktabgacha ta’lim muassasalarida, maktablarda va barcha ta’lim muassasalarida birgalikda ta’lim olishini anglatadi. Inklyuziv ta’lim bu – hamma oʻqiy oladigan maktablarda bolalarni tengdoshlari bilan maxsus ta’lim ehtiyojlariga qaramasdan birgalikda oʻqitish jarayonidir. Shunga qaramasdan maktablarda bunday bolalarni birgalikda oʻqitish masalasi hali ham turli milliy va xalqaro forumlarda katta bahs va munozaralarga sabab boʻlib kelayotgan muammodir. Inklyuziv ta’lim qizg‘in bahslarga sabab boʻladigan qiyin va ziddiyatli muammoligicha qolib kelmoqda.
“Inklyuziv” tushunchasi haqida juda katta noaniqliklar mavjud. Qayerda siyosat yoki amaliyot birinchi boʻlishi haqida soʻz yuritilganda ishonarli faktni ta’minlab beruvchi ilmiy asosni topish qiyin. Bu yoʻlda ba’zi bir maktablar tomonidan darsga qatnasha olmasliklari ularning umumiy natijalariga yomon ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan oʻquvchilarni saqlab qolishga norozilik bildirilmoqda. Bir biridan farq qiluvchi ehtiyojlarga nisbatan ta’limda oʻsib kelayotgan harakat mavjud va bu harakat inklyuziv ta’lim falsafasi bilan mos tushmaydiganga oʻxshayapdi.
Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish. pedagogik dasturiy vositalar
Texnologiyalar rivojlanishi bilan texnik vositalardan foydalanib oʻqitishda birgina kompyuterning mavjudligi kifoya boʻlib qoldi. Avvallari televizor, videomagnitofon, kinoproyektor, diaproyektor va boshqalar bajargan funksiyalarni kompyuter muvaffaqiyat bilan oʻz zimmasiga oldi. Qolaversa, axborotni uzatish, saqlash, tasvirlash sifati sezilarli darajada ortdi.
Hozirgi kunda kompyuter savodxonligi madaniyatning muhim belgisi boʻlib, har bir insonga qayerda, qaysi sharoitda ishlamasin zaruratga aylanadi. Zamonaviy axborot texnologiyalarining vositalari qatoriga: kompyuter, skaner, videokoʻz, videokamera, LCD proyektor, interaktiv elektron doska, faks modem, telefon, elektron pochta, multimedia vositalari, Internet va Intranet tarmoqalari, mobil aloqa tizimlari, ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlari, sun’iy intellekt tizimlarini kiritish mumkin.
Axborot texnologiyasi vositalari muayyan amallarni ongli va rejali amalga oshirishda oʻzlashtiriladi. Bu jarayon quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
– kompyuter, printer, modem, mikrofon va ovoz eshittirish qurilmasi, skaner, raqamli videokamera, multimedia proyektori, chizish plansheti, musiqali klaviatura kabilar hamda ularning dasturiy ta'minoti;
– uskunaviy dasturiy ta'minot;
– virtual matn konstruktorlari, multiplikatsiyalar, musiqalar, fizik modellar, geografik xaritalar, ekran protsessorlari va hokazo;
– axborotlar majmui – ma'lumotnomalar, ensiklopediyalar, virtual muzeylar va boshqalar;
– texnik koʻnikmalar trenajyorlari (tugmachalar majmuidan tugmachalarga qaramasdan ma'lumot kiritish, dasturiy vositalarni dastlabki oʻzlashtirish va kabilar).
Axborot texnologiyalari vositalarining markazida turuvchisi kompyuterdir.
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin