oʻz hukmlarini shakllantirishga hamda undan qaytishga tayyor turishi lozim.
Vaqt. Tanqidiy fikrlash vaqt talab qiladi.
Pirson, Xansen, Gordon (1979)lar ijod qilish goʻyo avvalgi g‘oya, tasavvur, uchrashuvlar va tajribalarni arxeologik jihatdan tadqiq qilishga olib kelishini ta’kidlaganlar. Shuning uchun ham:
fikrlarni muayyan g‘oyalar qiyofasida, qulay muhitda toʻla va aniq ifodalay olish.
Izn. Tanqidiy fikrlashda erkinlik boʻlishi uchun talabalar ma’qul va noma’qul soʻzlarni aytish, ular haqida fikrlash, ijod qilish uchun ruxsat olishlari lozim. Talabalar yoʻl qoʻyiladigan holatlarni anglab olishgach, tanqidiy tahlil qilishga faol kirishadilar.
Tanqidiy tahlilga izn olish onglilik tamoyiliga asoslanadi. Bunda tahlil va haddan oshish orasidagi farq aniqlab berilishi lozim. Tanqidiy fikrlashga izn fikrlash uchun chinakam maqsad boʻlgan, doʻstona hamda samarali sharoitda beriladi.
Rang-baranglik.Talabalarning fikrlash jarayonida turli fikrlar va g‘oyalar paydo boʻladi.
Rang-barang fikr va g‘oyalar yakka-yu yagona javob mavjudligi haqidagi tasavvur bartaraf qilingan chog‘dagina yuzaga keladi. Fikrlarni ifoda qilish chegaralanganda talabalarning fikrlashiga chek qoʻyiladi. Faqat birgina javob mavjud boʻlgan taqdirda xilma-xil vosita va jarayonlardan foydalanish joizki, uning yordamida talabalar ana shu javobni topa olsin.
Faollik. Tanqidiy fikrlash talabalarning faolligi bilan bevosita bog‘langan. Odatda, talabalar sustkash tinglovchilar boʻlishadi, chunki ularda oʻqituvchi bilimli yoki matnda uning bu bilimlari aks etgan degan ishonch shakllanib qolgan. Oʻquv jarayonidagi talabalarning faol ishtiroki va mas’uliyati tanqidiy fikrlashda kutilgan natijalarni beradi. Talabalarni bahs munozara , oʻz g‘oyalari va takliflari bilan oʻrtoqlashishga da’vat etish kabi pedagogik yondashuv ularning faolligini oʻstiradi. Mixali Chikjentmixaliy (1975) ta’kidlaydiki, talabalar oʻsha murakkab darajadagi oʻquv jarayonida faol ishtirok etishsa, jarayonda qatnashganligidan cheksiz bahra oladilar va oʻzlarida chuqur qoniqish hissini sezadilar.