Rivojlantiruvchi ta’limning maqsadi- oʻquvchilarda mantiqiy, tanqidiy, tahliliy, ijodiy fikrlashni rivojlantirish orqali barkamol Shaxsni shakllantirishdan iboratdir.
Rivojlantiruvchi ta’limning vazifasi-Shaxsning individual kamol topishi uchun zarur boʻladigan hayotiy koʻnikma va malakalarini rivojlantirish sanaladi. Rivojlantiruvchi ta’limning oʻziga xos xususiyatlari- oʻquvchilarda topshiriqlarni yyechishga oid nazariy tushuncha va amaliy koʻnikma, malakalarni shakllantiradi. Oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatlarini roʻyobga chiqarishga xizmat qiladi.
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining etakchi tamoyillari:
inkorporatsiya(tizimli faoliyat koʻrsatish) - turli fanlarga oid bilimlarni umumlashtirish;
moslanuvchanlik - ta’lim shakli, usullarining turli ta’lim muassasalarida qoʻllanuvchanligi;
uyg‘unlik - muayan oʻquv predmetiga oid oʻquv materiali mazmunining shaxsni rivojlantirish shakl, usuli va usullari mosligi;
yaratuvchanlik - turli ta’lim muassasalari pedagoglarining pedagogik texnologiyalarini yaratish imkoniyatlari;
tabiiylikka asoslanish - genetik va ijtimoiy jihatlarga muvofiq oʻquvchilarning oʻziga xos Shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishdan iboratdir.
Fikrlash – o‘qish, yozish, so‘zlash va eshitishga o‘xshash jarayon. U faol, muvofiqlashtiruvchi jarayonki, o‘zida biror haqiqat to‘g‘risidagi fikrlarni qamrab oladi.
Tanqidiy fikrlash nima? Tanqidiy fikrlash – axborotlarni oʻzlashtirishdan boshlanadigan va xulosa chiqarish bilan tugallanadigan murakkab oʻylash jarayoni. Biroq tanqidiy fikrlash bilish faoliyatining yuqori darajasi sifatida talabalarda matn bilan ishlash koʻnikmasini rivojlantirish, og‘zaki va yozma nutq malakasini egallash, topshiriq boʻyicha guruh bilan birgalikda harakatda boʻlishiga qaratilgan pedagogik texnologiya. Tanqidiy fikrlash oʻquv auditoriyasidagi ruhiyatni oʻzgartira oladigan strategiyalar majmuidir, ya’ni mashg‘ulot oʻqituvchi va talabalarning ijodxonasiga aylanadi.