Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə163/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Tushunchalar

Javoblar

Novatsiya

-

Innovatsiya

-




  1. Kichik guruhlarda innovatsiya tushunchasining ahamiyatini yorituvchi “Ikki sahifali kundalik”ni shakllantiring.




11-mavzu: Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. Tanqidiy fikrlash va muammoli ta’lim texnologiyalari.




Reja:

        1. Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim texnologiyalarining mazmun-mohiyati.

        2. rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari, tanqidiy fikrlashning rivojlanish muhitini yaratish.

      1. Muammoli ta’limning ilmiy - nazariy asoslari

      2. Muammoli ta’limining asosiy turlari. Muammo va muammoli vaziyat.

      3. Muammoli ta’lim texnologiyalari.

Mavzuning qisqacha mazmuni: ushbu mavzuda shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim nazariyasi, uning asosiy belgilari, rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarining maqsadi, tanqidiy fikrlash, uning bosqichlari, muammoli oʻqitish nazariyasi va uning asosiy xususiyatlari, muammo va muammoli vaziyat tushunchalarining mazmuni, dars jarayonida muammoli oʻqitishni tashkil etishning ilmiy amaliy - asoslari, muammoli vaziyatning turlari haqida soʻz yuritiladi.
Tayanch tushunchalar: Shaxs, Shaxsga yoʻnaltiriilgan ta’lim, ta’lim muhiti, riqojlantiruvchi ta’lim, tanqidiy fikrlash. muammoli ta’lim, muammoli vaziyat, muammoli darsni tashkil etish, muammoli ta’lim texnologiyalari, muammoli savollarni tuzish.
.Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim texnologiyalarining mazmun-mohiyati
Shaxsining oʻziga xosligi, uning rivojlanish darajasi, kelgusidagi orzu-maqsadlariga erishish uchun qilayotgan xatti-harakatlari zamirida puxta bilim olish, ta’limning keyingi bosqichiga tayyorlanish mujassam.
Pedagog olimlar tomonidan ta’lim jarayonida shaxsga yoʻnaltirilgan yondashuvga asoslangan pedagogik texnologiyalar ishlab chiqilgan boʻlib, u quyidagilardan iborat:
Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim;
hamkorlik pedagogikasi;
adaptiv muloqot pedagogik texnologiyasi;
oʻyin texnologiyasi;
rivojlangan oʻqitish texnologiyasi;
muammoli oʻqitish texnologiyasi;
differensial oʻqitish;
individual oʻqitish texnologiyasi.
Ushbu yoʻnalishlarning har birida ta’lim oʻquvchi shaxsining qiziqishi, qobiliyati, imkoniyati va shart-sharoitlari e’tiborga olinib tashkil etiladi. Ayniqsa, shaxsga yoʻnaltirilgan ta’limda oʻquvchida mustaqil fikrlash orqali muammoli vaziyatlardan chiqishga intilish malakasini shakllantirishga alohida urg‘u beriladi.
Ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashgan davrda oʻqitish samaradorligi, asosan, oʻquvchining oʻqitish jarayonidagi oʻrni, pedagogning unga boʻlgan munosabatiga bog‘liq boʻladi. Bu erda oʻqitish texnologiyasining avtoritar va shaxsga yoʻnaltirilgan ikki turini ajratib koʻrsatish mumkin.
An’anaviy oʻqitish asosan bilim, koʻnikma va malakalarni oʻzlashti­rishga qaratilgan boʻlib, Shaxsning rivojlanishini koʻzda tutmaydi.
An’anaviy oʻqitish quyidagi xususiyatlarga ega: oʻqitishning tushuntiruv-koʻrgazmali usuli, ommaviy oʻqitish. An’anaviy oʻqitishda avtoritarlik quyidagi shaklda namoyon boʻladi: oʻquvchi bu hali toʻla shakllanmagan Shaxs, u faqat bajarishi zarur, pedagog esa - sardor hakam, yagona tashabbuskor Shaxs.
Shaxsga yoʻnaltirilgan texnologiyalarda, oʻquvchi Shaxsi pedagogik jarayon markaziga qoʻyiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar yaratiladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim tizimining milliy modeliga alohida e’tibor qaratilgan. Bu model 5 tarkibiy qismdan iborat: Shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish. Bu erda ta’lim milliy modelining asosiy tarkibiy qismi - «Shaxs» birinchi oʻrinda turadi. Boshqacha aytganda, butun ta’lim tizimi, shu jumladan, oʻqitish Shaxsga yoʻnaltirilgan boʻlishi lozim.
Hayot dialektikasi shundan iboratki, doimo yangi avlod, oldingi avlodga nisbatan intellektual boʻladi. Ilmiy texnik taraqqiyotning keskin yuksalish davrigacha (XX asrning birinchi yarmigacha), fan, texnika va texnologiyalar rivoji evolyutsion, past sur’atlarda amalga oshar edi. Shuning uchun ketma-ket keluvchi avlodlarning rivojlanish darajasi deyarli farq qilmas edi. Bunday sharoitlarda YA.A.Komenskiyning oʻqitishning avtoritar texnologiyasi, an’anaviy «sinf-dars» tizimi dunyoga keldi.
Ilmiy texnik taraqqiyotning keskin yuksalish davrida (XX asrning ikkinchi yarmi), fan, texnika, texnologiyalar yuqori sur’atlarda rivojla­nayotgan davrda, bir avlod hayoti davomida fanning rivoji insoniyatning butun tarixidagidan koʻra koʻproq boʻlgan bu davrda, oʻqitishning an’ana­viy tizimi (shu jumladan zamonaviy an’anaviy oʻqitish) oʻz nihoyasiga yetdi. Hozirgi zamon avlodining rivojlanish sur’ati oldingilardan koʻra ancha yuqori boʻlganligi sababli oʻqitishning an’anaviy tizimi rivojlanishga toʻsqinlik qila boshladi. Bunday sharoitlarda taraqqiyot faqat har bir shaxsning mavjud imkoniyatlarini toʻla roʻyobga chiqarish asosida amalga oshirilishi mumkin. Axborotning hajmi, xilma-xilligi, egallashga moyillik va vositalarining yyetarliligi samarali individual va mustaqil oʻqitishni tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. Oʻqitishni jadallashtirish maqsadida pedagogning oʻquvchiga boʻlgan munosabati «sardor»likdan, uning «sherigi»ga aylanishi muhim.

Oʻqitishning shaxsga yoʻnaltirilgan texnologiyalariga quyidagi asosiy tamoyillar xos boʻladi:
insonparvarlik, ya’ni insonga har tomonlama hurmat va muhabbat koʻrsatish, yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga ishonch bilan qarash, zoʻrlashdan toʻla voz kyechish; hamkorlik, ya’ni pedagog va oʻquvchilar munosabatidagi demokratizm, tenglik, sheriklik; erkin tarbiyalash, ya’ni Shaxsga uning hayot faoliyatini keng yoki tor doirada tanlab olish erkinligi va mustaqillik berish, natijalarni tashqi ta’sirdan emas, ichki hissiyotlardan keltirib chiqarish. Shaxsga yoʻnaltirilgan texnologiyalarning kommunika­tiv asosi - pedagogik jarayonda oʻquvchiga insoniy-Shaxsiy yondashuv hisoblanadi.

Shaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat boʻladi:

  • pedagogik jarayonda Shaxs ob’yekt emas, sub’yekt hisoblanadi;

  • har bir oʻquvchi qobiliyat egasi, koʻpchiligi esa iste’dod egasi hisoblanadi;

  • yuqori etik qadriyatlar (saxiylik, muhabbat, mehnatsevarlik, vijdon va boshqalar) Shaxsning ustuvor xislatlari hisoblanadi.

Munosabatlarni demokratlashtirish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • oʻquvchi va pedagog huquqlarini tenglashtirish,

  • oʻquvchining erkin tanlab olish huquqi;

  • xatoga yoʻl qoʻyish huquqi;

  • oʻz nuqtayi nazariga ega boʻlish huquqi;

  • pedagog va oʻquvchilar munosabat zayli: taqiqlamaslik; boshqarish emas, birgalikda boshqarish; majburlash emas, ishontirish; buyurish emas, tashkil etish; chegaralash emas, erkin tanlab olishga imkon berish.

Erkin oʻqitish quyidagilar bilan belgilanadi:

  • ishonchga asoslangan erkin talabchanlik;

  • oʻquv materialiga qiziqish uyg‘otish, bilishga va faol ijodiy fikrlashga rag‘batlantirish;

  • oʻquvchilarning mustaqilligi va tashabbusiga tayanish;

  • jamoa orqali bilvosita usullar bilan talablarni amalga oshirishni ta’minlash.

Yangi individual yondashuvning mohiyati shundaki, u ta’lim tizimida oʻquv fanidan oʻquvchiga emas, oʻquvchidan oʻquv fani tomonga harakatlanishni taqozo etadi. Oʻquvchilarning mavjud imkoniyatlarni inobatga olib, ularni rivojlantirish, takomillashtirish va boyitishga qaratilgan boʻladi.


Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin