Umumiy pedagogika


Individual yondashuvning zamonaviy yangi talqini quyidagilardan iborat



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə164/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Individual yondashuvning zamonaviy yangi talqini quyidagilardan iborat:

oʻrtacha oʻquvchiga yoʻnaltirishdan voz kyechish;

Shaxsning yaxshi xislatlarini izlash;

Shaxs rivojlanishining individual dasturlarini tuzish;

har bir oʻquvchi qiyofasida noyob shaxsni koʻrish, uni hurmat qilish, tushunish, qabul qilish, unga ishonish. Pedagogda barcha oʻquvchilar iste’dodli degan ishonch boʻlishi kerak;

bevosita majburlashga yoʻl qoʻymaslik, qoloqlikka va boshqa kamchiliklarg a urg‘u bermaslik, uning nafsoniyatiga tegmaslik;

pedagogik jarayonda, oʻquvchilarga oʻz qobiliyatlarini roʻyobga chiqarishga imkoniyat yaratish va koʻmaklashish;



Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’limning asosiy belgilari
Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim – talabaning fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsi, oʻziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan ta’lim.
Bu ta’lim mazmuni oʻqitish muhitining talaba imkoniyatlariga moslashtirilishini nazarda tutadi. Unga koʻra ta’lim muhiti, pedagogik shart-sharoitlar, ta’lim- tarbiya jarayonini toʻlaligicha talabaning shaxsiy imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish, qobiliyatini rivojlantirish shaxs sifatida kamolotga yetishini ta’minlash, tafakkuri va dunyoqarashini boyitishni nazarda tutadi.
Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’limning oʻziga xos jihati ta’lim oluvchi shaxsini tan olish, uni har tomonlama rivojlantirish uchun qulay, zarur muhitni yaratishdan iborat.
Bu turdagi ta’lim talabalarda mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlik kabi sifatlar, shuningdek, tanqidiy, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu turdagi ta’limni tashkil etishda pedagoglardan har bir talaba imkon qadar individual yondashishni, uning Shaxsini hurmat qilishni, unga ishonch bildirish taqozo etiladi. Qolaversa, Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim oʻqitish jarayonining ishtirokchilari pedagog-talaba yoki talaba-talaba, talaba-talabalar guruhi, talaba-talabalar jamoasi tarzida oʻzaro hamkorlikda bilim olish, Shaxs sifatida kamol toptirish uchun qulay pedagogik sharoitni yaratish zaruriyatini ifodalaydi.
Eng muhimi pedagoglar oʻquv mashg‘ulotlarining nafaqat axborot berish, balki rivojlantirish xarakteriga ega boʻlishlariga e’tiborni qaratishlari zarur. Shuningdek, muhokama qilinayotgan masala, muammo, oʻrganilayotgan mavzu yuzasidan talabalarning mustaqil fikr bildirishlari (notoʻg‘ri boʻlsa-da, fikr bilirishlari)ga imkon berish, nima boʻlganda ham ularni oʻylashga, fikrlashga undash Shaxsga yoʻnatirilgan ta’limga xos muhim belgilardan biri sanaladi.
Ta’lim jarayonida quyidagilardan foydalanish Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’limning yana bir belgisidir:
Pedagog ta’lim jarayonida Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim turlaridan foydalanar ekan, bir qator shartlarga qat’iy rioya etishi kerak. Ushbu talablar quyidagilaran iborat:
- har bir talabani alohida, oʻziga xos shaxs sifatida koʻra olish;
- talabani hurmat qilish;
- talabaning ruhiy holatini toʻg‘ri baholay olish;
- talabaning xohish-istak, qiziqishlarini inobatga olish;
- har bir talabaga tolerant munosabatda boʻlish;
- talabaning kuchi, imkoniyati va intilishlariga ishonch bildirish;
- har bir talaba uchun qulay ta’lim muhitini yaratish;
- talabalarning mustaqil yoki kichik guruhlarga erkin ishlashlari uchun imkoniyat yaratish;
-talabalarni oʻz faoliyatlarini mustaqil nazorat qilish, faoliyati samaradorligini aniqlash, yutuqlarning omillari va yoʻl qoʻyilgan xatolarning oqibatlarini tahlil qilish oʻrgatish;
- ta’lim jarayonida hech bir talabaga tazyiq oʻtkazmaslik;
- alohida talabaning kamchiliklarini boʻrttirib koʻrsatmaslik;
- bordi-yu, talaba tomonidan bilimlarni oʻzlashtira olmaslik, ta’lim jarayonida oʻzini odobsiz tutish holati qayd etilganda qat’iy xulosa chiqarmasdan, buning sabablarini aniqlash;
- aniqlangan sabablar asosida talabaning sha’ni, g‘ururiga ziyon yetkazmagan holda u tomonidan bilimlarni oʻzlashtira olmaslik, oʻzini odobsiz tutish kabi holatlarni bartaraf etish;
- ta’lim jarayonida har bir talaba uchun “muvaffaqiyat muhiti”ni yarata olish;
- har bir talabaga ta’lim olishida muvaffaqiyatga erishishni ta’minlash;
- talabaning qobiliyatini oʻstirish, shaxs sifatida rivojlanishiga yordam berish;
Eng muhimi pedagoglar oʻquv mashg‘ulotlarining nafaqat axborot berish, balki rivojlantirish xarakteriga ega boʻlishlariga e’tibor qaratishlari zarur. Shuningdek, muhokama qilinayotgan masala, muammo, oʻrganilayotgan mavzu yuzasidan talabalarning mustaqil fikr bildirishlari (notoʻg‘ri boʻlsa-da, fikr bilirishlari)ga imkon berish, fikrlashga undash shaxsga yoʻnatirilgan ta’limga xos muhim belgilardan biri sanaladi.
Ta’lim jarayonida quyidagilardan foydalanish shaxsga yoʻnaltirilgan ta’limning shakl va usullaridir:
- ijodiy topshiriqlar;
- kreativ yondashishni taqozo etuvchi vazifalar;
- muammoli vaziyatlar;
- rolli va ishbilarmonlik oʻyinlari;
- bahs-munozara, debat;
- musobaqa koʻrinishidagi bellashuvlar

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin