Ta’lim innovatsiyalarini pedagogik jarayonga tatbiq etish Odatda pedagogik innovatsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi ikki xil kechadi:
1. Pedagogik innovatsiyalarning amaliyotga tatbiqi stixiyali kechadi, ya’ni, innovatsion jarayonda pedagogik yangiliklarga boʻlgan ehtiyoj hisobga olinmaydi, ularni amaliyotga tatbiq etishda mavjud shart-sharoitlar, usul va yoʻllariga ongli munosabat bildirilmaydi.
2. Pedagogik innovatsiyalarning amaliyotga tatbiqi stixiyali kechadi, ya’ni, pedagogik yangiliklar innovatsion jarayonda ongli, maqsadga muvofiq, ilmiy asoslangan faoliyat mahsuli sifatida amaliyotga joriy etiladi
Ta’lim innovatsiyalarini pedagogik jarayonga tatbiq etish bir necha bosqichlarda kechadi. Ular quyidagilardir:
Oʻqituvchi innovatsion faoliyatining mezonlari va shakllanish bosqichlari. Innovatsion faoliyat oʻqituvchining hamma muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy faoliyat boʻlib, u Shaxsning kasbiy, metodik mahoratini sifatli qayta qurish demakdir. Oʻqituvchilarning innovatsion faoliyatga tayyorgarligini tahlil qilishni 3 bosqichda amalga oshirish maqsadga muvofiq boʻladi:
1. Yangilikni pedagogik faoliyatda qoʻllashdan oldingi davrdagi oʻqituvchi faoliyatini tahlil qilish.
2. Innovatsion faoliyatning faol shakllanish davrini tahlil qilish.
3. Pedagogik jarayonga yangilik kiritilib boʻlgandan keyingi davrdagi faoliyatni tahlil qilish.
Ma’lumki, Shaxsning xislat va fazilatlari faoliyat koʻrsatish jarayonida shakllanadi va faoliyatning natijasi hisoblanadi. Shu sababli oʻqituvchilarda yangilikka intiluvchanlik va mustaqil mutolaa qilishga doimo zaruriyat sezish psixologiyasini singdirish lozim. Chunki yangilik - insonga ulug‘vorlikdan koʻra koʻproq zavq bag‘ishlaydi.
Innovatsion faoliyatning asl mazmuni amalda yangi texnologiyaning paydo boʻlishi demakdir.
Oʻqituvchi innovatsion faoliyatining shakllanish bosqichlari quyidagilar:
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini qoʻllashga boʻlgan e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Buning sabablaridan biri shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda oʻquvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga oʻrgatilgan boʻlsa, zamonaviy texnologiyalar ular egallayotgan bilimlarni oʻzlari qidirib topishlariga, mustaqil oʻrganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham oʻzlari keltirib chiqarishlariga oʻrgatadi. Oʻqituvchi bu jarayonda Shaxsning rivojlanishi, shakllanishi va bilim olish orqali tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan birga boshqaruvchilik va yoʻnaltiruvchilik vazifasini bajaradi.
Innovatsion texnologiyalarning asosiy negizi - bu oʻqituvchi va oʻquvchining belgilangan maqsaddan kafolatgan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun oldindan ta’lim jarayonini loyihalashdir. Demak, innovatsiya oʻquv jarayoniga yangilik olib kirish, oʻquv jarayonini oʻquvchi ehtiyoji, xohishi va istaklariga moslashtirish, oʻquvchini mustaqil mutolaaga oʻrgatish, bilimlarni tayyor holda berish emas, oʻquvchilarning bilim olish malakalarini shakllantirishga harakat qilish demakdir.
Ta’lim tizimidagi islohotlarning taqdiri DTS ishlab chiqilib, yangi darsliklar avlodi yaratilgan, dastur va metodik qoʻllanmalar, tavsiyalar ishlab chiqilgan bugungi kunda asosan oʻqituvchi faoliyatiga bog‘liq boʻlib qolmoqda. Chunki oʻqituvchi faoliyati yangilanmasa ta’limda samaradorlikka erishib boʻlmaydi.
Ma’lumki pedagogik mahorat tug‘ma talant emas, yoki nasldan-naslga oʻtuvchi xususiyat emas, balki uning asosida izlanish, ijodiy mehnat yotadi.
Ta’lim-tarbiya jarayonidagi innovatsiyalar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar, yangiliklar, dars oʻtishning interfaol usullari oʻz-oʻzidan yoki yuqoridan buyruq, koʻrsatma bilan ta’lim jarayoniga kirib kelmaydi, bu oʻqituvchi faoliyati va uning motivatsiyasiga bog‘liq boʻlgan jarayondir.
«Innovatsion faoliyat» bu – ma’lum doiradagi muammolarni yyechish uchun yangilikni kiritishga yoʻnaltirilgan harakatgina emas, balki har qanday vaziyatdagi muammolarni yyechish uchun motivatsion tayyorgarlikka ega boʻlish hamdir”.
“Motivatsiyaning turli xil koʻrinishida Skot Barmen 4 ta asosiy kategoriyani aniqlaydi: