Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə244/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

6-rasm. Tyutor.
Supervayzer (ingliz “supervise” – kuzatish ma’nolarini bildiradi) – kuzatuvchi. U ta’lim jarayonidagi kamchilik va yutuqlarini kuzatadi. Shuningdek, adminstator savollarini yechishga harakt qiladi u kreativ, ambitsioz, kuzatuvchi, kommunikativlik, analitik, ijrochi, mas’uliyatli, strategik fikrlovchi xususiyatlariga ega shaxs. Uning vazifalari:

  • shaxsni tanlash va oʻqitish;

  • ta’lim oluvchilar oʻrtasida topshiriqlarni boʻlib berish;

  • ta’lim oluvchilar bilan oʻzaro munosabatga kirisha olish;

  • ta’lim sifatini nazorat qilish;

  • ta’lim oluvchilar faoliyatidan xabardor boʻlish.

Moderator – axborotlarni tekshiradi, oʻrnatilgan tartibda taxrir qiladi yoki oʻchirib tashlaydi.
Talabalarning umumiy-madaniy kompetentligini baholashda assesment baholash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

  1. talabalardagi baholanishi lozim boʻlgan kasbiy kompetentlik sifatlari roʻyxatini tuzish;

  2. kasbiy kompetentlik sifatlari namoyon boʻladigan faoliyat turlarini modellashtirishga imkon beruvchi, muammoli vaziyat vazifasini ishlab chiqish;

  3. ma’lum bir kompetensiyalarning shakllanglanlik darajasini belgilar beruvchi mezonlarni ishlab chikish; ekspertlar uchun baholash varaqalarini tayyorlash;

  4. soʻrov anketalarinni ishlab chiqish; assessmentdan imtihon shakli sifatida foydalanish;

  5. savol-javob anketasini tuzish;

  6. xulosa chiqarish.

  1. Vebinar texnologiyalar

Vebinar texnologiyalar va ularni ta’lim jarayonida qoʻllash. Zamonaviy sharoitda ta’lim tizimida vebinar texnologiyalar tobora keng qoʻllanilmoqda.

Vebinar texnologiyalar (ingl. “webinar” – web-based seminar) – 1) web-texnologiyalari va an’anaviy ta’limning о‘zaro birligi asosida tashkil etiladigan seminar; 2) Internet texnologiyalari va maxsus dasturlar qо‘llanilgan holda talaba (tinglovchi)lar bilan interfaol о‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish shakli

Garchi “vebinar” tushunchasi shu ma’noni anglatsa-da, biroq, ta’lim amaliyotida keng ma’noda qoʻllanilib, turli onlayn tadbirlar (seminar, konferensiya, bahs-munozara, uchrashuv, taqdimot, ayrim holatlarda trening, turli hodisalar boʻyicha tarmoq translyatsiyalari (kompyuter yoki Internet tarmog‘ida namoyish etiladigan lavhalar) va ta’lim vositalarini anglatishga xizmat qiladi. Ushbu texnologiyalarni oʻzlashtirish orqali pedagoglar interfaol oʻquv mashg‘ulotlarini tashkil etish imkoniyatiga ega boʻladi. Talabalar uchun esa bu texnologiyalar vaqtni va boshqa resurslarni tejash imkoniyatini yaratadi. Chunki ushbu interfaol ta’lim jarayoni bilan qulay vaqt va qulay joyda tanishish imkoniyati mavjud. Bu esa pedagoglardan vebinar texnologiyalar asosidagi mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish uchun muayyan koʻnikmalarga ega boʻlish, bir qator shart va qoidalarga rioya etish talab qilinadi. Bu turdagi texnologiyalarning yaratilish tarixi 1980-yillardan – birinchi marta matnli xabarlarni almashish tizimi yaratilgan vaqtdan boshlangan. Oʻtgan asrning 90-yillarida yanada takomillashgan muloqot tizimi veb-chat hamda juda qisqa vaqtda xabarlarni almashish tizimlari payo boʻldi. 90-yillarning oxirlariga kelib, birinchi konferens- aloqalarni tashkil etish tizimi ishlab chiqildi.


Shundan soʻng koʻplab boshqa muloqot tizimlari, jumladan, Internet tarmog‘idagi konferensiya aloqalarni amalga oshirish imkoniyati yuzaga keldi.
Odatda vebinar mashg‘ulotlar turli shakllarda tashkil etiladi. Jumladan (7-rasm):


Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin