Aqlning pishiqligi vazifalarni tez yechishda, yechish paytida yangi usul va vositalarni o’z o’rnida aniq qo’llashda, tafakkurga aylangan eski yo'1 va usullardan foriq bo’lishda va boshqa jarayonlarda ifodalanadi.
Tafakkuming tanqidiyligi ob'ektiv va sub'ektiv ravisiida ifodalanishi mumkin. Mazkur sifat insonni bahoiash, o’z-o’zini baholash kabi tafakkurning individual xususiyatlari bilan bog’liq ravishda namoyon bo’ladi. Agar tanqidiylik oqilona, muhim beigilanga, muammo mohiyatining to’g’ri ochilishiga, ba'zan etalonga asoslanib amalga oshsa, unday tanqidiylik ob'ektiv tanqidiylik deb ataladi. Mabodo tafakkurning tanqidiyligi sub'ektiv xatoiafga, umuman sub'ektivizmga oqib ketsa, bunday holda sub'ektiv tanqidiylik deyiladi. Sub'ektiv tanqidiylik salbiy oqibatlarga olib keladi, shuningdek, insonlar o’rtasida anglashilmovchilik vujudga keltiradi, ikki shaxs o’rtasida kutilmaganda ziddiyat paydo bo’ladi. Insonda tafakkuming tanqidiyligi oqilona rasional tarzda vujudga kelsa, unda shaxs rnuhim sifat bilan boyiydi deb atash mumkin.
Tafakkur ixchamligi deganda muammoni hal qilishning dastiab tuzilgan rejasi mazkur jarayonda masala yechish shartini qanoatlantirmay qolsa, nomutanosiblik hosil bo’isa, hech ikkilanmay elastik ravishda o’zgartirishlar kiritishdan iborat fikr yuritish faoliyatini tasavvur qilmoqimiz shart. Fikrning operativ jihatdan tezkorlik bilan o’zgartirishdan va to’g’ri yo’nalishga yuborishdan iborat tafakkur sifati uning ixchamligi deyiladi. Masalan, talaba imtihonda avval g’oyani noto’g’ri yoritayotib, o’z-o’zicha birdaniga xatosini anglab to’g’ri javob bera boshlashi kabilar. Demak, tafakkurning mazkur sifati fikrlami, axborotlami tinglovchilarga xato va kamchiliklarsiz yetkazib berish garovidir.
Tafakkurning tezligi qo’yiigan savolga va muammoga to’liq javob olingan vaqt bilan beigilanadi. Uning tezligi qator otnillarga, jumladan fikrlar uchun zarur materialni tez yodga tushira olishga, muvaqqat bog’lanishlaraing tezligi, turli hislaming mavjudligiga, insonning diqqatiga, qiziqishiga bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari tafakkurning tezligi boshqa shartlarga - insonning bilim saviyasiga, fikrlash qobiliyatiga, mavjud ko’nikma va malakalariga ham bog’liq ekanligi isbotlangan. Xulosa qilib aytganda, tafakkur jarayonlarining teziigi va jarayonlaming maiurn fiirsat ichida qanchalik samara berganiigi bilan baholanadi.
5.Tafakkurning turlari, shakliga ko’ra tafakkur turlari, topshiriq xarakterga ko’ra tafakkur turlari, fikr yoyiqligiga ko’ra tafakkur turlari, fikrning originallik darajasiga ko’ra tafakkur turlari. Tafakkur quyidagi turlarga bo`linadi:
1.Ko`rgazmali – xarakat tafakkur.
2.Ko`rgazmali – obrazli tafakkur.
3.Ixtiyorsiz va ixtiyoriy tafakkur.
4.Konkret va abstrakt tafakkur.
5.Ijodiy tafakkur.
Inson tomonidan bevosita idrok qilinayotgan predmetlar emas, balki tasavvur qilinayotgan obrazlar haqida fikr yuritish KO`RGAZMALI – OBRAZLI tafakkur deyiladi.
Bog`cha yoshidagi bolalar ilmiy tushunchalarga ega bo`lmaganligi uchun bilish faoliyatida asosan kurgazmali – obrazlarga suyanib fikr yuritadilar, muloxaza bildiradilar, xukm chiqaradilar.
IXTIYORSIZ tafakkur deb mantikiy tafakkur yordamida ko`p vaqtlar davomida xal qilinmagan aqliy vazifalarning tusatdan, kutilmaganda xal qilinib qolishi prosessiga aytiladi.
IXTIYORIY tafakkur jarayoni muloxaza, muxokama, isbotlash, gipoteza qilish kabi shakllarda kamoyon bo`ladi. Matematika, fizika, ximiya, psixologiya va boshqa fanlardagi muammo va masalalarni echish jarayonlari bunga yorqin misol bo`la oladi.
ABSTRAKT tafakkur narsalarning moxiyatini aks ettiruvchi va so`zlarda ifodalovchi tushunchalarga tayanib fikr yuritishdir.
Fikr yuritilishi lozim bo`lgan narsa va xodisalarni idrok va tasavvur qilish mumkin bo`lsa, bunday tafakkur KONKRET tafakkur deyiladi.
Nazariy tafakkur deb xodisalarni izoxlashga faraz qilishga qaratilgan tafakkur turiga aytiladi.
Vokelikni o`zgartirish vositasi bilan real narsa va xodisalarni yaratishga yo`naltirilgan fikr yuritish seminar tafakkur deyiladi. Amaliy tafakkur «Qanday qilib?», «Qaysi yo`l bilan?» kabi savollarga javob berish jarayonidir.
IJODIY tafakkur murakkab bilish faoliyatidan biri bo`lib tadrijiy ravishda, izchil o`zaro bog`langan jarayonlardan tashkil topadi: dastavval savollar tug`iladi, vazifa aniqlanadi, masala echish uchun savollarga javob qidiriladi. Ijodiy tafakkurning navbatdagi komponentlari quyidagicha aks ettiriladi: quyilgan savollarga javob izlash, masalani echishga yordam beradigan yo`llar, usullar, vositalar, qoidalar va ko`nikmalarni qidirish, ularni tanlash va faoliyatga tadbiq qilish va boshqalar.