4. Ta'm bilish (maza) sezgilari. Ta'm bilish sezgilari shirin, achchik, nordon, Shur singari mazalarni xis qilish bilan tavsiflanadi. Ular muayyan turkumga kiritilgan va kirtilmagan xilma-xil turlarga ega bo`lib, narsalarning, moddalarning nomlari bilan yuritiladi: nonning mazasi, kovunning mazasi kabilar.
Ta'm bilish sezgilarining organi tilning yuzasi va tanglayning yumshok qismidan tashkil topgandir. Tilning shillik pardasida maxsus ta'm bilish «kurtaqlari» («sugonlari»)ga ega. O`ziga xos xususiyatlari, sifatlari bilan tafovutlanuvchi ta'm bilish sugonlari til yuzasida bir tekis taksimlanganligi uchun uning orka qismi achchik mazani, uchi shirin mazani, chetlari esa nordon mazani aniq sezadi, lekin uning urtasi bo`lsa ta'm bilish organidagi ko`zgalishni bosh miyaga o`zatib turadi, uning markazlari xid bilish markazlariga yakin joydadir.
5.Teri sezgilari. Teri sezgilari tarkibi tuyish va xakorat turlaridan iborat bo`lib, ularning bunday nomlanishining bosh omili – bu retseptorlarning ter iva organizmning tashki shillik pardalarida joylashganligidir.
6. Muskul-harakat sezgilari va satik sezgilar. Muskul-harakat sezgilari motor sezgilari, goxo kinetsetik sezgilar deb nolanib, ularga ogirliqni, qarshilikni, organlar harakatini bilish sezgilari kiradi. Ularning organlari –gavda muskullari, paylar, bugumlardan iboratdir. Organlarning tarkibida sezuvchi nervlarning cheka tarmoqlari mavjud bo`lib, ularning ta'sirida harakat va satik sezgilar vujudga keladi.
7.Organik sezgilar.
Organik sezgilarning retseptorlari ichki organlarda: kizillungach, me'da, ichak, kon tomirlari, o’pka va shu kabilarda joylashgan bo`ladi.
Ichki organlardagi jarayonlar organiksezgilar retseptorlarining ko`zgatuvchilaridir. Ular quyidagilardan iboratdir:
a) og`riq sezgilari;
b) xush tuyg`ular;
v) noxush tuyg`ular.
Adaptatsiya Sezgi organlarining o‘ziga ta’sir etadigan qo‘zg‘ovchilarga moslanishi, ko‘nikishi adaptatsiya deb ataladi. Qo‘zg‘ovchining ta’siri o‘zgarishi bilan sezgirlik ham o‘zgaradi. Qo‘zg‘ovchilar sust ta’sir etganda sezgirlik oshadi, kuchli ta’sir etganda sezgirlik kamayadi. Shu sababli, musbat va manfiy adaptatsiya farq qilinadi.
Adaptatsiya ko‘rish sezgilarida, ayniqsa, yorug‘ joydan qorong‘i joyga kirganda va aksincha – qorong‘i joydan yorug‘ joyga chiqqanda yaqqol ko‘rinadi. Masalan, yorug‘ joydan qorong‘iroq binoga kirganimizda avvaliga hech narsani ko‘rmaymiz. Ko‘rish organimiz kuchsiz yorug‘likka
moslashguncha bir necha vaqt o‘tadi. Bu – qorong‘ilik adaptatsiyasidir.
Eksperimental tekshirishlardan olingan ma’lumotlarga qaraganda, qorong‘ida yorug‘likka sezgirlik yorug‘ joydagi sezgirlikka nisbatan 200 ming marta (bir soat mobaynida) oshadi. Qorong‘idan yorug‘ga chiqqanda ham ko‘rish organlari yorug‘likka yana moslashuvi uchun bir necha vaqt (taxminan 4 daqiqadan 5 daqiqagacha fursat) kerak. Bu yorug‘lik Qorong‘ilik adaptatsiyasida sezgirlikning juda ham ortib ketish sababi sathi 17 marta kengayadi, binobarin, ko‘z qorachig‘i yorug‘ni 17 marta ko‘proq o‘tkazadi. Ammo sezgirlikning 200 ming marta ortish sababini tushuntirib berish uchun bu kamlik qiladi, albatta. Bu yerda kolbachalar vositasi bilan ko‘rishdan tayoqchalar vositasi bilan ko‘rishga o‘tishning katta ahamiyati bor. Tayoqchalar yorug‘likni kolbachalarga qaraganda yaxshiroq sezadi. Qorong‘ida ko‘rish purpuri ko‘proq turadi, natijada yorug‘likni ko‘rish sezgirligi oshadi.Adaptatsiya harorat sezgilarida ham bor. Biz cho‘milish uchun suvga tushganimizda yoki dush tagida turganimizda dastlabki paytda suv sovuqroq tuyuladi, bir necha daqiqadan keyin esa o‘sha suv unchalik sovuq sezilmaydi va hatto iliqroq seziladi.Hid bilish sezgilarida adaptatsiya tezroq boshlanadi. Masalan, biron hidi bor uyga kirganimizda avvaliga shu hidni sezamiz, bir necha vaqtdan so‘ng hidni sezmay qolamiz. Qilingan tajribalar hid sezilmay qoladigan darajada to‘liq adaptatsiya, chunonchi: yodning hidiga 50–60 soniyadan keyin, kamfaraning hidiga 1, 5 daqiqadan keyin hidi o‘tkir sirga (pishloqqa)8 daqiqadan keyin paydo bo‘lishini ko‘rsatadi. Hid bilish sezgirligi adaptatsiyadan keyin to‘la tiklanishi uchun 1 daqiqadan 3 daqiqagacha tanaffus kerak bo‘ladi.Tegish yoki zaif tazyiq sezgilarida adaptatsiya kuchliroq ko‘rinadi.Ko‘pincha biz kiyim-kechakning badanimizga tegib va tazyiq qilib turganini sezmaymiz, doim taqib yuradigan ko‘zoynagimiz chakkamizga botayotganini sezmaymiz. Narsa badanimizga tekkandan 3 soniya keyinroq sezgi kuchi qo‘zg‘ovchining ta’siri bilan hosil bo‘ladigan sezgi kuchiga nisbatan beshdan biricha kamayishi tekshirishlardan ma’lum.Adaptatsiya ko‘rish, harorat, hid bilish sezgilarida kuchliroq, eshitish
va og‘riq sezgilarida kamroq bo‘ladi. Boshqa sezgi organlari ishlab turganda ayrim sezgi organlarining adaptatsiya jarayoni tezlashuvi mumkin.
Masalan, harorat (sovuq), ta’m bilish, muskul retseptorlari va ichki organlardagi retseptorlar ta’sirlanganda ko‘rish va eshitish sezgirligi tezroq kuchayadi. Olimlar o‘tkazgan bir qancha tajribalar shuni ko‘rsatadiki, sovuq suvga latta xo‘llab yuz va bo‘yinni artganda (issiq faslda), jismoniy tarbiya mashqlariga o‘xshash tipdagi yengil ishda – nafas olish tezlashganda va kuchayganda eshitish va ko‘rish sezgirligi oshadi, musbat adaptatsiya tezlashadi. Shunday vositalardan foydalanib, qorong‘ilik adaptatsiyasini odatdagidek 40–50 daqiqada emas, balki 5–6 daqiqada tezlatish mumkin.
Sinesteziya
Ba’zi kishilarning sezgilarida sinesteziya degan hodisa ko‘riladi. Sinesteziya– ikki sezgining yaxlit bir sezgi bo‘lib qo‘shilishi demakdir. Sinesteziyada sezgilardan birontasi muayyan paytda bevosita ta’sir etuvchi qo‘zg‘ovchiga ega bo‘lmaydi, balki qaytariladi. Sinesteziyaning ko‘proq
uchraydigan shakli «rangdor eshitish» deb ataladigan hodisadir. Bunda tovush sezgisi (shovqin, ton, musiqali akkord) ko‘rish obrazini, ya’ni yorug‘lik yoki rang tasavvurini uyg‘otadi.
Kompozitorlardan A. Skryabin, F. List, N. Rimskiy-Korsakovda «rangdor eshitish» qobiliyati bo‘lganligi ma’lum. Ularga har bir tovush muayyan rangli bo‘lib tuyulgan. Masalan, Skryabin «do»da «iroda baxsh etuvchi qizil rang» bor, «re»da «nurafshon sariq rang» bor, «mi»da «havo
rang» bor deb hisoblagan va hokazo.Sinesteziya kishilarning taxminan 12 foizida uchraydi, «rangdor eshitish» kishilarning 4 foizida ko‘riladi. Sinesteziya hodisalarini ko‘rsatadigan ayrim so‘zlarni adabiy tildan topish mumkin. Masalan, «istarasi issiq»,«basharasi sovuq», «yumshoq ko‘ngil», «tosh yurak», «shirin so‘z», «sassiq so‘z» deb gapiradilar va hokazo.
Sinesteziyaning mohiyati hali to‘liq aniqlanganicha yo‘q. Sezgilarning har xil turlariga xos bo‘lgan hissiy (emotsional) momentning umumiyligi tufayli sinesteziya ro‘y beradi, deb hisoblanadi. Qanday bo‘lmasin biron sezgi (masalan, tovush sezgisi) bo‘lganda umumiy hissiy moment assotsiatsiya yo‘li bilan boshqa bir tasavvurni, masalan, rang tasavvurini tug‘diradi.
Sinesteziyaning fiziologik negizi, aftidan, shunda bo‘lsa kerakki, bosh miya po‘stining ayrim markazlari o‘rtasida shartli bog‘lanish hosil bo‘lib, mustahkam o‘rnashib qoladi.
1) Faoliyat mazmuni hamda odam kasbining maxsus talablari bilan yuzaga keltirilgan sensibilizatsiya. (M: yaxshi zargar bo‘lish uchun tinmay mashq qilish orqali kasbni takomillashtirish) va 2) sezgi a’zolarining nuqsonini qoplashga stixiyali tarzda olib keladigan sensibilizatsiya. Masalan: ba’zan ba’zilar onadan tug‘ma ko‘r, kar kabi kamchiliklar bilan
tug‘iladilar. Bunda shu kamchilik bo‘lgan a’zoning ishini ma’lum darajada boshqa sezgi a’zolari to‘ldiradi. Ko‘zdan mahrum bo‘lgan kishida tuyish (tekkanni sezish) sezgisi, eshitish sezgisi yuksak darajada rivojlangan bo‘ladi. Eshitish sezgisidan mahrum bo‘lgan kishilarda havo tebranishini sezish shu darajada rivojlangan bo‘ladiki, ulardan ba’zilari hatto musiqa «eshita» oladilar. Bunday paytda ular qo‘llarini musiqa asbobining ustiga qo‘yib turadilar yoki orkestrga orqalarini o‘girib o‘tiradilar. Qulog‘i kar, ko‘zi ko‘r Diffektologiya institutining sobiq dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi Olga Skoraxodova ham konsert, kino va teatrlarga borib orqasini sahnaga qaratib o‘tirib ularni sog‘ kishilar qanday idrok qilsa u ham shunday idrok qilgan, undan ijobiy tuyg‘ular hosil qilib, maroq bilan tinglagan. Uning oldiga bir qancha ro‘znoma (gazeta)lar qo‘yib, ular qanday gazeta deb so‘ralganda u ro‘znomalarni barmoqlari bilan paypaslab ularni nomini aytib bergan. Demak, kar, ko‘r va boshqa sezgilardagi kamchiliklarni o‘rnini yana boshqa sezgilar to‘ldiradi. Buni psixologiyada kompensatorlik hodisasi deb ataladi