Qobiliyat borasidagi nazariyalar,qobiliyatlarning tabiiy asoslari. Iste’dodlilik darajasiga erishgan shaxsda aql, idrok, xotira, xayol, tafakkur kabi ruhiy jarayonlar ancha rivoj topgan, iroda sifatlari barqarorlashgan, nutq rivojlangan bo`ladi. Shuning uchun ularning kuzatuvchanligi, bilimlarni o`zlashtirishi, olingan bilimlarni amalda qo`llashi, o`z sohasi bo`yicha yangilik yaratishga moyilligi boshqalardan farq qiladi. O`z navbatida olingan bilim va hosil qilingan ko`nikmalar shaxsdagi iste’dod darajasining yanada o`sishiga xizmat qiladi.
Talantli shaxslar yirik hajmdagi amaliy va nazariy masalalarni hal etadilar, ilg`or harakterga ega bo`lgan yangilik va ijodiy ishlarni amalga oshiradilar.
Talantli shaxslarda sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur, hissiyot, iroda kabi ruhiy holatlar taraqqiy etgan bo`ladi. Bu xoll shaxsni yanada faollashtiradi, uning talantini kengroq namoyon etadi.
Talantli shaxslar o`z kasbining ustalari bo`ladilar, ularning faoliyatlariga ibrat-namunaviylik xosdir. Talantli pedagog, talantli san’atkor, talantli olim, talantli shoir deganda, o`z faoliyati nuqtai nazaridan boshqalarga o`rnak bo`luvchi oshaxslar nazarda tutiladi. Talantli bo`lishning yagona sharti shaxsning o`z ustida sistematik tarzda ishlashidir. Agar inson o`z ustida muntazam ishlashni davom ettirmasa, undagi talantlilik sifati susaya boradi va sunadi.
Talant o`zining geniy, genal kabi darajalariga egadir. Har tomonlama taraqqiy etgan avlodlar tajribasini ijodiy o`zlashtiradigan, uni o`z davriga tadbiq etib yangi bilim va tajriba bilan boyitadigan, mustaqil fikrlash asosida yaratuvchilik, ijodkorlik, xususiyatlariga ega bo`lgan optimistik g`oya bilan sug`orilgan, Vatan va jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan ish tutadigan ilg`or dunyoqarash egasi bo`lgan o`zining ijtimoiy burchiga hamma vaqt sodiq bo`lgan shaxslar geniy shaxslardir.
Geniy shaxslar garmonik rivojlangan shaxslar bo`lib, ijtimoiy hayot voqealarini va ilm-fanni chuqur o`zlashtirgan bo`ladilar. Ular fan sohalariga, hayot voqealariga ijodiy yondoshib, uni yanada boyitadilar, voqealar rivoji, kelajagani oldindan ko`ra biladilar. Geniy shaxslar o`ta mehnatsevar va kuchli irodali bo`ladilar. Ular uchun xalq, manfaati, Vatan kelajaga har narsadan ustun turadi.
Geniy shaxslarning ijtimoiy hayotni o`rganish sohasida to`plagan tajriba va bilimlari insoniyat tarixida misli ko`rilmagan o`zgarishlarga olib keladi. Ular o`z xalqlari va vatanlari uchun baxtli farovon hayotni xadiya etish bilan birga bu hayotni kelajagi, istiqboli va taraqqiyot qonunlarini ham kashf etadilar.
Geniylikning yana bir muhim tomoni shundaki, bunday shaxslar tabiiy va ijtimoiy fanlar sohasida kelguvsi avlod uchun bitmas-tuganmas nazariyalar yaratadilar. Bu nazariyalar kelgusi avlod qo`lida g`oyaviy qurol bo`lib hizmat qiladi.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, geniylik darajasiga ko`tarilgan shaxs o`z faoliyatida jamiyat uchun katta yutuqlarning qo`lga kiritilishiga sabab bo`ladi va bu xol o`sha shaxsning shaxsiyatini yanada, ulug`lab, nomini abadiylashtiradi.
Imom Buxoriy, Maxdumi A’zam yoki Alisher Navoiy. yoki L.S.Pushkin, I.P.Pavlovning geniyligi fan sohasida, Michurinning geniyligi tabiatni o`zlashtirishda, K.E.Tsialkovskiyning geniyligi planetalararo kosmik uchish masalalarida namoyon bo`ladi. Yuksak talant egasi bo`lgan bu daholarning fan sohasida yaratgan yangiliklari keyingi avlodlar uchun abadiy bilim manbaidir.
O`rta Osiyoning mashhur mutafakkirlari Abu Ali ibn Sino, Forobiy, Beruniy, Al-Xorazmiy kabi mashhur olimlar fan olamida geniylikning yuksak cho`qqisiga ko`tarildilar
Shunday qilib, shaxsning geniy yoki geniylik sifati uzoq muddat moboynida o`z ustida samarali mehnat qilishning, o`qib-o`rganishning natijasidir.